Qo'l choklarni tikish qoidalari: 1.Gazlamadagi bo'r chizig'ining qalinligi 0,1 sm dan oshmasligi kerak.
2.Vaqtincha birlashtirish uchun tikilgan qaviqqator ochiq rangli ipda tikiladi (ko'rinib turishi uchun).
3.Qaviqning uzunligi 1 sm ichida 3-4 chok bo'ladi.
4.Qaviqqator tikilgandan keyin mustahkamlanadi.
5. Solqi qaviqqatorni ko'klash chokidan keyin, mashina baxya qatori chokidan oldin so'kib tashlanadi.
Ko'klash qaviq qatori baxya qatordan keyin so'kib tashlanadi
NI-3 savollar: 1.Qo’l ishlarini bajarish turlari. 2.Qo’l ishlarini bajarishda ishlatiladigan asbob-uskuna, moslama turlari. 3.Qo’l ishlaridan chok namunalarini tikish. 4.Qo’l ishlarini bajarishda asbob-uskunalardan foydalanishda XTQ va sanitariya-gigiyena talablari. 5. Ish o’rnini tashkil etish va yig’ishtirish.
Mustahkamlash uchun savollar:
Qo'l ishlarini bajarishda qanday talablar qo'yiladi?
Qo'l ishlari qanday guruhlarga bo'linadi?
Ish o'rniga qanday talablar qo'yiladi va qanday tashkil qilinadi?
Qo'l ishlarini bajarishda - bichishda va qo'l ishlarida qanday asbob-uskunalar ishlatiladi?
Qo'l ishlarini bajarishda qanday xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinadi?
Qo'l choklarining turlarini sanab bering.
Qo'l choklarini tikish qoidalarini izohlang.
Qo'l choklarini tikish qoidalarini aytib bering.
Baxyaqator deb nimaga aytiladi?
Dars yakuni.
Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
Uyga vazifa: Qo’l ishlarida XTQoidalarini o`rganib kelish.
_________________20__-yil O’IBDO’:___________________
_________________20__-yil 5-sinf 25-26-dars
Mavzu : Amaliy mashg'ulot. Qo'l choklaridan namunalar tayyorlash. Ushlagich tayyorlash. Dazmol bilan ishlash. Dazmollash usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |