Amaliy mashg'ulot. Qo'l choklaridan namunalar tayyorlash. Ushlagich tayyorlash. Dazmollash usullari
Qo`l choklarini bajarish. Asbob va materiallar: ish qutisi, namuna tayyorlash uchun gazlama, maxsus chizg'ich, bo'r, qaychi, igna, ip.
Qo'l choklarini bajarish uchun 5x8 sm o'lchamdagi gazlama bo'laklari 7 dona bichib olinadi. Bunda chizg'ich, bo'r, qaychidan foydalaniladi. Bu ishni bajarishda qo'l choklarini jadvalda ko'rsatilgan tarzda amalga oshiriladi va bajarilgan ishlar albomga yopishtiriladi.
Qo`l chokining turlari. Qo`l choklarining bajarilish texnologiyasi j a d v a 1
Nomla-nishi
|
Qo'llanish sohasi
|
Chizmasi
|
Baxyaning
bajarilish
tartibi
|
l.Vaqtincha
birlashti-
rish uchun
to'g'ri
ko'klash
qavig'i
|
Osongina so'kiladigan bo'lib, kiyim bo'lak-larini vaqtincha ko'klashda, bo'laklarda burma hosil qilishda, yo'1-yo'l yoki katak gazlama guli to'g'ri tushishi uchun ishla-tiladi. Kiyimlarning yon, yelka qirqimlarini ulash, yenglarni yeng o'miziga o'tkazishda ishlatiladi.
|
|
Qaviq uzunligi ko'klaganda Lq 2-3 sm ga teng
|
2. Yo'rma qaviq
|
Bo'laklar qirqimlarini titilishdan saqlash uchun ishlatiladi. Yo'rma qaviqni bajarishda igna gazlama tagi tomondan sanchilib, gaz-lama ust tomoniga chiqariladi. Qaviqni tarang tortmasdan gazlama qirqimidan aylan-tirib o'tkazib, o'ngdan chap tomonga qiya qilib joylashtiriladi. Yo'rma qaviqning yirik-ligi gazlama zichliligiga bog'liq.
|
|
Igna sanchil-
gan joydan
gazlama
qirqimigacha
bo'lgan
masofa
0,5-0,7 sm
|
3. Salqi (nusxalama) qaviq
|
Bir bo'lakdan bo'r yoki belgi chiziqlarini ikkinchi bo'lakka ko'chirish uchun ishlatiladi. Solqi qaviqni bajarish uchun belgi chiziq bo'ylab to'g'ri sirma qaviq singari qaviq tushirilib, iplarni tortmay bo'sh ya'ni solqi qilib qoldiriladi. Solqi ipning uzunligi 0,5-0,7 sm, qaviq takrorligi esa 5 sm da 4-5 tadan bo'ladi. So'ngra bo'laklarni so'rib, qaviq iplari tortiladi. O'ngi ichkari tomonga qaratib qo'yilgan detallar orasida ko'ringan solqi qaviq iplari qaychi bilan qirqiladi.
|
|
Solqi ipning uzunligi
0,5-0,7 sm, qaviq uzunligi
1,0-1,5 sm
|
4. Iroqisi-mon birik-tirma qaviq
|
Titiladigan gazlamadan tikiladigan bo'laklar chetini hamda bo'laklar chetini bukib tikishda ishlatiladi. Iroqsimon qaviq chapdan o'ngga qarab tikiladi, igna o'ngdan chapga qadaladi. Ustki bukilgan bo'lak to`la teshilib, ostki asosiy bo'lak gazlamasi yarim qalinlikda ilib olinadi. Gazlama zichligiga qarab, qaviq yirikligi 0,5 dan 0,7 gacha.
|
|
Qaviq yirikligi 0,5-0,7 sm, qaviq qator kengligi esa 0,3-0,7 sm bo'ladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |