Dazmollash usullari
Dazmollash - gazlamani yoki tayyor kiyimni silliqlash, tekislash (rasm, a).
Yorib dazmollash-choklar orasini ochib, ikki tomonga yotqizib dazmollash (rasm, b).
Bostirib dazmollash - choklarni bir tomonga yotqizib dazmollash (rasm, d).
Dazmollab yupqalashtirish - suvlab dazmollab yupqalashtirish (rasm, d).
5. Bug`lash - kiyimda hosil bo'lgan yaltiroqlikni yo'qotish.
O'qituvchi har bir usulni amalda ko'rsatib beradi.
Dazmollash moslamasi ishlash uchun qulay qilib qattiq yog'ochdan tayyorlanadi va ustiga paxmoq odeyal qo'yiladi (18-rasm). Uning ustiga oq surpdan g'ilof kiydiriladi. Dazmollar har xil: oddiy qizdiriladigan, issiqligi rostlanadigan, bug'li bo'ladi.
Elektr dazmol bilan ishlaganda xavfsizlik qoidasi
Dazmolni ishlatishdan avval shnurini tekshirish.
Dazmolni islilatishda vilkani quruq qo'l bilan korpusidan .ushlab yoqish va o'chirish.
Dazmollash ishlarini bajarish qoidalari
1.Gazlamaning xossasiga qarab dazmolning issiqlik rostlagichi to'g'rilanadi.
Dazmol bosishdan avval uning tagi tozaligini tekshirish kerak.
Tayyor kiyimni avval teskari tomonidan, o'ng tomonida esa avval mayda qismlaridan boshlab dazmollanadi.
Dazmollangan kiyimni to'g'rilab osib yoki taxlab qo'yish maqsadga muvofiqdir.
Mustahkamlash uchun savollar:
Qo'l choklarini bajarish tartibini aytib bering.
Ushlagichni tayyorlash bosqichlarini izohlang.
Namlik-issiqlik ishlovi berish jarayonini aytib bering.
Dazmollar haqida ma'lumot bering.
Dazmollash usullarini aytib bering.
Dazmoldan to'g'ri foydalanish qoidalarini izohlang.
Namlik - issiqlik ishlovi berishda rioya qilinadigan texnik shartlar nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |