Ushlagich tayyorlash. Asbob va moslamalar: ish qutichasi, ushlagich uchun gazlama (16x31 sm), chizg'ich, qalam, igna, ip.
1. Gazlamani tayyorlash: o'ngini ichiga solib ikkiga buklanadi (8x31 sm) va 3 tomon chetidan 0,5 sm ko'klab chiqiladi, hamda o'ngiga ag'darish uchun 3-4 sm joy tikilmay qoldiriladi. Qo'l ishini bajarishda o'rta barmoqqa angishvona tutiladi.
Qoldirilgan qismidan o'ngiga ag'darilib, choklari to'g'rilanadi va dazmollanadi.
Tayyorlangan gazlama teng uch bo'lakka (7x10 sm) bo6lib parallel chiziqlar o'tkaziladi.
Gazlamani hamma chiziqlar ustidan qo'lda ko'klash qavig'ida tikib chiqiladi.
Ushlagichning atrofini tekislab, dazmollanadi. Bir uchiga ipdan ilgak chatiladi.
Gazlamalarni silliqlash, tikilgan buyum choklarini tekislash uchun dazmol qilinadi. Kiyimni tikishda dazmoldan to'g'ri foydalanilsa, ish sifatli chiqadi. Dazmol yengil, o'rta, og'ir vaznli bo'ladi. U 1 kg dan 10 kg gacha bo'lib, 1-3 kg li yengil, 4-8 kg gacha ustki kiyimlarni dazmollashda ishlatiladi. Choklarni, kiyimlarni, gazlamani teskari tomonidan dazmollash kerak.
Elektr dazmolda ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari
Dazmolni elektr tarmog'iga ulashdan oldin shnur izolatsiyasi tekshirilishi, ulashda va uzishda qo'l quruq bo'lishi kerak.
Elektr dazmol qiziganini barmoq tegizib tekshirmaslik kerak.
Elektr dazmol qizib ketishiga, simini aylanib ketishiga yo'l qo'ymaslik kerak.
Ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak.
Dazmolda ishlayotganda oyoq tagida rezina to'shama bo'lishi kerak.
Ish tugagandan keyin dazmol shnurlarini elektrdan uzib qo'yish lozim.
Dazmolning elektr quvvatiga ulaydigan simlari nosoz bo'lsa, usta chaqirib sozlatish lozim.
Dazmolni tik holda qo'yish yoki maxsus taglik ustiga qo'yish lozim.
Dazmolni bekorga yoqilgan holda qoldirmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |