5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet33/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Gazlamani to'qish. Bo'ylama va ko'ndalang iplar chatishib gazlamalar hosil bo'ladi. Eng oddiy to'qish polotno to'qilishidir .
Polotno to'qilishi -gazlamalarning to'qilishi ichida keng tarqalgan to'qilish bo'lib, bunda bo'ylama (tanda) va ko'ndalang (arqoq) iplari navbatma-navbat keladi, gazlama o'ngiga bir gal arqoq ipi, bir gal tanda ipi chiqadi. Iplajhar bir yo'nalishda o'rin almashadi. Bunday to'qishda gazlamaning o'ng va teskarisi bir xif bo'ladi.
Polotno to'qilishi keng tarqalgan gazlama to'qilishlaridan bo'lib, u deyarli hamma tolali tarkibdagi gazlamalarda uchraydi. Masalan, paxta ipidan to'qilgan gazlamalardan: chit, bo'z, surp, markizet, batist, maya va hokazolar; zig'ir tola­li gazlamalardan: polotno, bortovka, brezent va hokazolar. Polotno to'qilishida ishlab chiqarilgan gazlamalar, boshqa to'qilishdagi gazlamalarga nisbatan pishiq, gazlamaning tuzilishi zich, to'qilganda qattiq bo'ladi.
Sarja to'qilishdagi gazlamalarning polotno to'qilishdagi gazlamaga nisbatan farqli tomoni shundaki, gazlamaning o'ng sirtida chapdan o'ngga, pastdan yuqoriga diagonal bo'ylab ketgan yo'llar bo'ladi. Ba'zi hollarda bu yo'llar o'ngdan chapga ham bo'lishi mumkin. Sarja o'rilishli gazlamalar elastik, mayin, lekin po­lotno to'qilishli gazlamalarga qaraganda pishiqligi pastroq bo'ladi.


Amaliy ish. Polotno va sarja to'qish namunalarini tayyorlash. Asbob va moslamalar: rangli qog'oz, qaychi, yelim, cho'tka, chizg'ich, santimetr, albom, ish qutichasi.
Ikki xil qog'ozdan polotno to'qishni ko'rsatish. Gazlama to'qishda bo'ylama qog'oz - tanda va ko'ndalang qog'oz - arqoq hisoblanadi .
Polotno qog'ozdan to'qish odatda quyidagi bosqichda amalga oshiriladi:

  1. O'lchamlari 105x150 mm li oq qog'oz olib, uzunasiga oralarini bir xil qilib chizg'ichda chizib olinadi, so'ngra to'g'ri qilib kesib chiqiladi (kesiklar soni juft bo'lsin). Shunda ularning oralaridan to'qib o'tkaziladigan qog'oz lentalaming ikkala uchini ham oq qog'ozning orqasiga keltirish mumkin .

  2. Rangli qog'ozdan lentalar qirqiladi. Lentaning eni oq qog'ozdagi ikki kesik o'rtasidagi masofaga teng bo'ladi. Uzunligi esa oq qog'ozning bo'yi bilan barobar bo'lsin. Oq qog'ozdagi kesiklar bo'ylama (tanda), rangli qog'ozli lentalar esa ko'ndalang (arqog'i) bo'ladi.

3. Rangli lentalarni oq qog'ozning orqa tomonidan o'tkaziladi. Ularni navbatma-navbat, goh tanda ostidan, goh ustidan o'tkazib to'qiladi. Har bir lentaning uchi oq qog'ozning orqa tomonidan kirib to'qib borilib, oxirida yana orqa tomoniga chiqib tugasin. Ularning har ikkala uchini oq qog'ozga yelimlab qo'yiladi.


4. Tayyorlangan namuna albomga yopishtiriladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling