5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Quymoq tayyorlash va dasturxonga tortish tartibi


Download 1.39 Mb.
bet27/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Quymoq tayyorlash va dasturxonga tortish tartibi
Xamir mahsulotlari unga sut yoki suv, shakar, yog', tuxum va boshqa mahsulotlar qo'shib tayyorlanadi. Quymoqlar ham xamir mahsulotlarining bir turi hisoblanadi.
Xamir tayyorlash uchun avval un elanadi, sut ilitiladi, tuxumni usti iliq suvda yuviladi.
Kerakli asbob va idishlar. Elektr yoki gaz plitasi, sirli kastrulka, tova, ko'pirtirgich, likopchalar, sanchiq.
Tvorogli quymoq tayyorlash.
1 kg quymoq uchun kerakli masalliqlar me'yori: un 400 g, sut 1 l , tuxum 4 dona, shakar 25 g, tuz 8 g, o'simlik moyi 20 g, tvorog 300g .
Ishni bajarish tartibi:
1.Sirli kastrulkaga tuxum, shakar,tuz solib aralashtiriladi va yaxshilab
ko'pchitiladi, unga sutning yarmini qo'shib, elangan un solib, suyuq xa­mir qoriladi.
2. Xamir bir tekis aralashgach qolgan sut va o'simlik moyi qo'shib yaxshilab aralashtiriladi.
3.Tovani qizdirib o'simlik moyi surtiladi va tayyorlangan suyuq xamir cho'michda olinib, bir tekis qilib tovaga quyiladi.
4.Tovadagi xamirni o'rtacha olovda avval bir tomoni, keyin ikkinchi tomoni pishiriladi.
5.Pishgan quymoqlar xamiri laganga solib taxlanadi.
6.Quymoq uchun tvorogli qiyma tayyorlanadi. Tvorogni yaxshilab ezib, unga ta'bga ko'ra shakar, sme­tana aralashtiriladi.
7.Quymoq xamiri yoyilib, o'rtasiga tvorogli qiyma qo'yiladi va konvert shaklida o'raladi.
8. Quymoqlarni dasturxonga tortish oldidan qizigan va yog` surtilgan tovaga o'ralgan quymoqlar qo'yilib, ikki tomoni qizartirib qovurib olinadi va likopchaga solinib, ustiga sariyog` yoki smetana quyilib dasturxonga tortiladi.


Murabboli quymoq tayyorlash
1 kg murabboli quymoq uchun kerakli masalliqlar: un 400 g, sut 1l, tuxum 4 dona, shakar 25 g, tuz 8 g, o'simlik moyi 20 g, murabbo 200 g.

  1. Murabboli quymoq tayyorlash uchun xuddi tvorogli quymoq kabi suyuq xamir tayyorlab olinadi.

  2. Xamir, yog` surtilgan tovada o'rtacha olovda ikki tomoni qizartirilib pishirib olinadi.

  3. Pishgan xamirlar laganga taxlanadi.

  4. Xamirlarni olib sirtiga murabbo surtiladi va to'rttaga buklab, likobchalarga taxlanadi.

  5. Murabboli quymoqlar sovuq holda dasturxonga tortiladi.


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling