5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet22/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Vinegret tayyorlash
Idish va asboblar: kastrulka 2 ta, tog'oracha 2 ta, tax­takach, pichoq, qoshiq, maxsus idish, alohida taxtacha va pichoq.
Mahsulotlar miqdori: 1 kishi uchun (g): kartoshka—40,lavlagi—30, sabzi—20, tuz-langan bodring—30, tuzlangan karam—3, piyoz—3, ko'kat—2, o'simlik moyi—20.
Ishning tartibi. Qaynatib pishirilgan kartoshka, lavlagi va sabzining po'stlog'i archiladi va maydalab bo'laklanadi. Yuvilib tayyorlangan bodringni yupqa qilib bo'laklanadi, tuz­langan karamning suvi silqitiladi, piyozni to'g'rab g'ijimlanadi.
Tayyorlangan sabzavotlarni aralashtirib, ta'bga qarab tuz sepib, o'simlik moyi qo'shiladi. Sabzavotlar 0,7 sm kattalikda bo'laklanadi.
Vmegretni bezash. Viriegretni maxsus idishga solib, ustiga ko'k piyoz yoki osh ko'katlar sepiladi va ichida bor turli sab­zavotlar bilan bezatiladi.
Savol va topshiriqlar:
1.Tayyorlangan vinegretning sifatini aniqlang.
2.Ko'k piyoz va tuxumdan tayyorlangan salatni tayyorlashdagi ishlarning tartibini ayting.
3.Mahsulotlarning to'yimliligini yo'qotmaslik uchun nima qilish kerak?
4.Vinegret boshqa salatlardan nimasi bilan farqlanadi?
Sabzavotli va go'shtli yaxna taomlar tayyorlash
Kerakli asbob va idishlar: elektr yoki gaz plitasi, 3l kastrulka yoki qozon, turli kattalikdagi tog'orachalar, taxtakachlar, pichoqlar maxsus aralashtirgich, likopchalar, salat idishlar, qoshiq, sanchqi.
Sabzavotli vinegret. Kerakli masalliqlar: kartoshka 300 g, qizil lavlagi 200 g, sabzi 150g, tuzlangan bodring 200 g, tuzlangan karam 200 g, ko'k piyoz 200 g, salat moyi 100 g.
Ishning tartibi:
1. Pishirilgan qizil lavlagi, kartoshka, sabzining po'stini artib tozalanadi, kubcha
usulida maydalab to'g'raladi.
2. Ko'k piyoz, bosh piyoz mayda qilib to'g'raladi.
3. Tuzlangan bodring va tuzlangan karamni maydalab to'g'raladi.
4. Lavlagidan boshqa hamma sabzavotlar aralashtiriladi.
5. Salat yog'i solinib, tuzi rostlanadi.
6.Tayyor bo'lgan salatga qizil lavlagini oxirida aralashtiriladi. Salatni idishlarga solib, ichiga solingan masalliqlardan bezaklar yasab bezatiladi va dasturxonga tortiladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling