5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet9/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Ta`limiy maqsadi : O`quvchilarga pazandachilikda ishlatiladigan texnologik jihozlar va ulardan foydalanish haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsadi : O`quvchilarga oshxona ishlarini bajarishda x.t.q va orastalikni o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsadi : O`quvchilarda pazandachilikka bo`lgan qiziqishlarini rivojlantirish.
Darsning kasb hunarga yo`naltiruvhi maqsadi : O`quvchilarni kasb hunarga yo`naltirib borish va qiziqtirish.
Dars jihozi: Rasmli ko`rgazmalar.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi.
Darsning uslubi: Amaliy mashg`ulot, takrorlash
Darsning borishi:
1. Tashkiliy davr.
2. O`tilgan mavzuni tekshirish.
3. Ma`naviyat daqiqasi.
Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi.
O`tilganlarni takrorlash:

  1. O`zbek milliy oshxonasi haqida nimalarni bilasiz?

  2. Sabzavotlardan qanday salatlar tayyorlash mumkin?

  3. Sabzavotlarga birinchi ishlov berish nimalardan iborat?

  4. O'zbek milliy pazandachiligining o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarini ayting.

  5. O'zbek milliy pazandachiligida taomlarni dasturxonga qanday tortiladi?

  6. Sabzavotlarni to'g'rashda nechta asosiy usullardan foydalaniladi?

  7. Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish jarayoni qanday amalga oshiriladi?

Yangi dars bayoni:
Jihozlar va ulardan foydalanish haqida umumiy tushuncha
Pazandachilikda uy sharoitida ishlatiladigan texnologik jarayonlarni bajaruvchi jihozlar quyidagi turlarga bo'linadi:

  1. Taom va pazandachilik mahsulotlarni pishirishda va isitishda ishlatiladigan jihozlar: gaz yoki elektr plita va duxovkalari, elektr tovalar, elektr suv qaynatkich, mikroto'lqinli pech, toster, tuxum qaynatkich va boshqalar.

  2. Oziq-ovqat mahsulotlariga mexanik ishlov beradigan jihozlar: go'shtqiymalagich, sabzavot tozalagich va to'g'rash moslamasi, sharbat siqgich va boshqalar.

  3. Oziq-ovqat mahsulotlariga nomexanik ishlov beradigan jihozlar: idish-tovoqlarni saqlaydigan shkaflar, stollar, taxtakachlar, pichoqlar, bolg'achalar, idish-tovoqlar va oshxona anjomlari.

  4. Dasturxon tuzash uchun zarur bo'lgan jihozlar, asbob- anjomlar: stol-stullar, oshxona servislari va asbob-anjomlari, dasturxon va sochiqlar.

Oshxonada ishlatiladigan jihozlar, asbob va idish-tovoqlar harorat o'zgarishiga, yuvuvchi moddalarga, dezinfeksiya vositalariga chidamli bo'lishi, sirti silliq, tiniq bo'lishi lozim. Oshxonada ishlatiladigan nomexanik jihozlarga stollar, idish-tovoqlar, mahsulotlar yuvadigan vannalar va boshqalar kiradi. Stollar usti suv o'tkazmaydigan materiallar bilan qoplanadi.
Idishlarni issiq suvga biroz iste'mol sodasi, yuvish vositalari solib, tegishli moslamalar yordamida yuviladi. Bu vositalar idishlarni yaxshi tozalaydi. Og'zi tor idishlarning ichi maxsus cho'tkada yuviladi. Ruxlangan choynaklarning ichini esa iste'mol sodasi bilan qaynatib, so'ng yuviladi.
Taomlarni tayyorlashda turli o'lchamdagi qozonlar va tovalardan, kastrulka hamda sirlangan tog'arachalardan foydalaniladi. Mahsulotlarga ishlov berish uchun esa o'ziga xos bo'lgan max­sus moslamalardan, asboblardan foydalaniladi. Bunday moslamalarga turli xil taxtakachlar, taxta-o'qlovi, juva, g'alvir, elak, ko'pirtirgich, turli kattalikdagi tog'orachalar, shakldor keskich, shirinlik qoliplari kirib, hozirgi davrda bunday moslamalarning zamonaviy turlari ham ishlatilmoqda: turli idish-tovoqlar, qasqonlar, kastrulkalar, chovgum, salat idishlari, suv qaynatkich, mikrovolnovka, zamonaviy choynak, turli o'lchamdagi pichoqlar, sharbat tayyorlagich va hokazolar keltirilgan bo'lib, bularning barchasidan mashg'ulotlarda foydalanilsa, mashg'ulotlar qiziqarli olib boriladi hamda yoshlarni asbob-uskunalar bo'yicha yangiliklar bilan tanishtirib, ulardan foydalanish bo'yicha malakalarini oshiradi.
Taxta bilan ishlashda alohida e'tibor kerak. Xom go'slit kesadigan taxtalar, pichoqlar alohida ajratilib belgilab qo'yiladi, ya'ni «XG» (xom go'sht uchun). Pishgan go'sht, kolbasa, pishloq, non va hokazolarni kesish uchun ham alohida belgilangan taxta va pichoqlar ishlatiladi, ya'ni «XZ» (xom sabzavot), «PG» (pishgan go'sht), «PS» (pish­gan sabzavot), «N» (non) va boshqa xarflar bilan belgilanadi.
Zamonaviy oshxona jihozlari

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling