5-sinf Servis xizmati yo'nalishi
Amaliy mashg'ulot: Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish, to'g'rash usullaridan foydalanib salatlar tayyorlash, dasturxonga tortish
Download 1.39 Mb.
|
5-sinf yillik konspekt qizlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qayta yuvish.
Amaliy mashg'ulot: Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish, to'g'rash usullaridan foydalanib salatlar tayyorlash, dasturxonga tortish
Sabzavotlarning ahamiyati Kishining organizmi normal rivojlanishi uchun vitaminlar, oqsil moddalar, mineral tuzlar, yog'lar, shirin moddalar bilan ta'minlanib turishi kerak. Oqsil moddalar asosan o'simliklarda, sabzavotlarda, donlarda bo'ladi. Oqsil moddalar organizmda yangi hujaynilami hosil qiladi. Yog'lar—o'simlik, hayvonlardan olinadi. Yog'lar organizmda energiya ajralib bcradi. Eng yaxshi yog' sut mаhsulotlaridan olinadi. O'simlik yog'lari ham har xil taomlar va salatlar tayyorlashda ishlatiladi. Uglevod (shirin modda) sabzavotning deyarli hamma turlarida, non, meva, rezavor mevalarda bo’ladi. Bu mahsulotlarda uglevodlar shakar va kraxmal holatida bo’ladi. Shakar suvda va suvli muhitda tez eriydi, qonga yaxshi singadi. 100 g sabzavot tarkibida bo'ladigan vitaminlar miqdori jadvalda berilgan. (1-jadval)
Sabzavotlarni ovqatga ishlatishdan oldin ularning sifati tekshirib olinadi ham-da ularga birlamchi ishlov beriladi. Sabzavotlarga birlamchi ishlov berish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: saralash —► yuvish —►archish —► qayta yuvish —► to'g'rash Saralash. Sabzavotlardan unumli va tejamkorlik bilan foydalanish maqsadida har bir taom uchun sifatiga, katta-kichikligiga, me'yoriga ko'ra saralanadi. Yuvish. Sabzavotlar ishlatishdan avval sirtidagi tuproqlardan, qumlardan yuvib tozalanadi. Archish. Sabzavotlar ustki po'stloqlaridan maxsus yoki oddiy pichoqlarda va qirg'ichda archib tozalanadi. Qayta yuvish. Sabzavotlar ustki po'stlog'idan tozalangandan so'ng oqib tur-gan sovuq suvda yuviladi. Sabzavotlarni to'g`rash usullari. Sabzavotlarni asosiy va murakkab usullarda to'g'-rash mumkin. Ularni to'g'rash uchun oddiy, maxsus pichoqlardan va moslamalardan foydalaniladi. Sabzavotlarni tayyorlanadigan taomga moslab, asosan tegishli shakllarda to'g'rash mumkin (2-jadval). Asosiy usullar sabzavotlardan taomlar va salatlar tayyorlashda qo'llaniladi. Murakkab usullar sabzavotlardan turli xil bezaklar tayyorlash uchun ishlatiladi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling