5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet4/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarda pazandachilikka bo`lgan qiziqish , bilim va ko`nikma va malakalarini rivojlantirib borish.
Darsning kasb hunarga yo`naltiruvchi maqsad: O`quvchilarni kasb hunarga yo`naltirish bilan birga pazandachilik kasbiga xurmat va qiziqish uyg`otish.
Darsning turi: Bahs munozarali dars.
Darsning uslubi: Amaliy mashg`ulot, suhbat, savol-javob, guruhlarda ishlash.
Darsning jixozi: Rasmli ko`rgazmalar, sabzavotlar, pichoq, tarelka, taxtakach turli xil ko`katlar va x.k.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy davr.
2.Ma`naviyat daqiqasi.
3.Qiziqarli savol –javoblar.
I. Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. 2.Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi.
O`tilgan darsni mustahkamlash:

  1. Pazandachilik haqida nimalarni bilasiz?

  2. Pazandachilik ishlarida x.t.q sanab bering.

  3. Pazandachilikda sanitariya –gigiyena talablari nimalardan iborat.

Yangi darsning bayoni:
O'zbek milliy oshxonasining o'ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi
O'zbek pazandachiligining o'ziga xosligi - tansiq taomlarning lazzatli bo'lishi ikki omilga bog'liqligidir. Birinchi omil masalliqlarning yangi, sifatli, navlari yuqori bo'lishi, ikkinchi omil taomning tashqi ko'rinishi, xushbo'y hidi, ajoyib mazasi kabi sifatlarni ro'yobga chiqarishdir. Bu esa pazandaning mahoratiga bog'liqdir.
O'zbek taomlarini tayyorlashda xalq ko'p iste'mol qiladigan go'sht, un, guruch, mosh, no'xat, loviya, sabzavot va ko'katlardan foydalaniladi.
O'zbek milliy pazandachiligida go'shtli taomlar tayyorlash alohida o'rin tutadi. Qo'y, mol, ot, parranda go'shtlaridan turli xil lazzatli taomlar tayyorlanadi. Shuningdek, O'zbekiston aholisi sut va sut mahsulotlarini keng miqyosda iste'mol qiladi. O'zbekiston sabzavot va mevalarga boy o'lka hisoblanadi. Bu turfa mevalar va sabzavotlar o'zbek dasturxonida munosib o'rin egallagan.
Ichimliklardan, asosan, qora va ko'k choylar iste'mol qilinadi. Choyga o'zbek dasturxonida qand, parvarda, pashmak, novvot, asal, holva kabi sharq qandolat mevalari tortiladi.
Taom tayyorlashda milliy pazandachiligimizda o'ziga xos zira-vorlar, dorivorlardan, ko'katlardan foydalaniladi. Bundan tashqari taom sifati va tashqi ko'rinishiga ham katta ahamiyat beriladi.
O'zbek taomlari tagi yarim sharsimon qozonlarda pishiriladi. Bunda masalliqlami kovlab qovu rish qulay, ovqat tagiga olmaydi, qozon o'choqqa yoki gaz plitasiga ham yaxshi o'rnashadi.
O'zbek pazandachilik san'ati ham boshqa sohalar kabi hech qachon xolis taraqqiy eta olmaydi. O'zbekistonda yashayotgan turli millatlar va qo'shni mamlakatlar xalqlarining bir-biriga ta'siri davom etib kelaveradi. Masalan, o'zbek taomnomasiga qarasak, unda yevropacha, kavkazcha, tatarcha, uyg'urcha, qozoqcha, tojikcha va boshqa ko'plab taomlarning xillari rivojlanib borayotganini ko'ramiz. O'z navbatida, bizning palovlarimiz, xamir taomlarimiz, suyuq taomlarimiz boshqa xalqlarning dasturxonini bezab turibdi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling