Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning milliy hunarmandchilik turlariga oid bilimlarini kеngaytirish.
Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni o`zlari qiziqqan kasb-hunarga yo`naltirib borish.
Darsning jihozi: Darslik, to`qimachilik iplari, qaychi, to`qish asboblari.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: Savol-javob, suhbat, guruhlarda ishlash, amaliy mashg`ulot.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy davr.
2.Ma`naviyat daqiqasi.
3.Qiziqarli savol –javoblar.
Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi.
O`tilgan darslar bo`yicha savol-javoblar o`tkazish.
1.Ilmoq yordamida qanday buyumlarni to'qish mumkin?
2.Halqa qanday hosil qilinadi?
3.Ilmoqda zanjir qanday to'qiladi?
4.Chala ustuncha qanday to'qiladi?
5.Xomaki halqasiz ustunchalar qanday to'qiladi?
Yangi mavzu bayoni: Ko'zoynak uchun g'ilof to'qish.
Ko'zoynak g'ilofini to'qish uchun jun, paxta, ipak va sun'iy tolali iplardan va 2-3 raqamli ilmoqlardan foydalanish mumkin.
Asbob va moslamalar: 50 g jun tolali ip va 3 raqamli ilmoq. Ishning tartibi:
16 ta havoyi halqadan iborat zanjir to'qib olinadi.
Ikkinchi qatorda xomaki halqasiz ustunchalar to'qiladi.
Qatorning oxiriga kelganda ishni teskari tomonga o'girmasdan birinchi to'qilgan zanjir atrofida aylantirib xomaki halqasiz ustunchalar bilan to'qiladi.
Shu tariqa ko'zoynak g'ilofi aylana tarzda 15-18 sm uzunlikda to'qiladi (ko'zoynak uzunligiga mo'ljallanadi).
G'ilofning kirish qismiga qopqog'ini to'qish uchun g'ilofni aylana qismining yarmini konus shaklida to'qib tugatiladi, ya'ni 16 ta halqa har qatorda 2 tadan kamaytirib boriladi.
Ishning so'ngida g'ilofning qopqog'i yopiq tu-rishi uchun 10 ta zanjir to'qilib petlya hosil qilinadi.
Ko'zoynak g'ilofining ikkinchi tomoniga ilmoqdan foydalanib tugma to'qilishi yoki bezak sifatida ip rangiga moslab tugmacha tikib qo'yilishi
mumkin (1-rasm).
8. Ko'zoynak g'ilofi qattiqroq bo'lishi uchun tayyor g'ilof ichiga g'ilof kengligiga va ko'zoynak uzunligiga moslab yumshoq karton qo'yish mumkin.
NI-8 uchun savollar: 1. Ko’zoynak g’ilofini to’qish uchun kerakli asbob va moslamalar. 2. Ko’zoynak g’ilofini to’qish tartibi. 3. Ko’zoynak g’ilofini bezash. 4. Xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari. 5. Ish o’rnini tashkil etish va yig’ishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |