5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi


Download 1.39 Mb.
bet84/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni turli kasb-hunarlar bilan tanishtirib borish.
Darsning jihozi: Darslik, to`qimachilik iplari, qaychi, to`qish asboblari.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: Savol-javob, suhbat, guruhlarda ishlash, amaliy mashg`ulot.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy davr.
2.Ma`naviyat daqiqasi.
3.Qiziqarli savol –javoblar.
Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi.
O`tilgan darslar bo`yicha savol-javoblar o`tkazish.

  1. Qo'g'irchoqning ko'ylagiga oxirgi ishlov berish qaysi tartibda bajariladi?

  2. Lozimga oxirgi ishlov berish bosqichini aytib bering.

  3. Qo'g'irchoqqa do'ppini qanday tayyorlash mumkin? Yangi mavzu bayoni: To'qish haqida ma'lumot. Chok turlarini to'qish

To'qish uchun tabiiy tolali: jun, paxta, ipak va sun'iy tolali iplar­dan foydalaniladi. Paxta ip, xom iplardan to'qilgan mahsulotlar tez sitiluvchan, qayishqoqligi past bo'ladi. Shuning uchun, bunday iplarni sintetik iplar qo'shib to'qish yaxshi natija beradi.
Qo'lda to'qish jarayonini spitsa bilan bir qatorda ilmoq yordamida ham bajarish mumkin. Ilmoqdan foydalanish bajarayotgan ishning chiroyli va betakror chiqishi uchun imkoniyatlarni yanada kengaytiradi, ijodkorlikka, mukammallikka chorlaydi.
To'qishni boshlash oddiy halqa qilishdan boshlanadi (1-rasm, a). Ilmoqni ushlab turib, ilmoq uchini chalishma orasiga kiritiladi va kalavadan kelayotgan ipni shu chalishtirma oralig'idan tortib chiqiladi. Shu tariqa havoyi halqa hosil qilinadi (1-rasm, b).
Ketma-ket yuqoridagi tartibda olingan havoyi halqalar zanjir deb ataladi va to'qima polotnoning asosini, boshlang'ich qatorini tashkil etadi (49-rasm, d va e).




Chala ustunchani to'qish uchun 20 ta halqalardan iborat zanjir to'qib olinadi. Eng so'nggi birinchi halqani qoldirib, undan keyin-gi ikkinchi halqa orasiga ilmoq uchi kiritiladi va koptokdan kela-yotgan ishchi ip ilmoq uchi bilan ilintirib, shu oraliqdan va birinchi halqa oralig'idan tortib chiqariladi. Ilmoqda yangi bitta halqa hosil bo'ladi. Yana ilmoq uchi keyingi uchinchi halqa oralig'iga kiritilib, ishchi ipni shu va ilmoqdagi halqa orasidan tortib chiqiladi va hokazo (1-rasm, f).

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling