Dazmollash usullari:
Dazmollash – gazlamani yoki tayyor kiyimni silliqlash, tekislash;
Yorib dazmollash – choklarning orasini ochib, ikki tomonga yotqizib dazmollash;
Bostirib dazmollash – choklarni bir tomonga yotqizib dazmollash;
Siqib dazmollash – suvlab, bir tomonga siqib dazmollanadi.
Amaliy mashg`ulot.
Oquvchilar bilan dars davomida kiyimlarni qanday gazlamalardan tikilganini aniqlab so`ngra dazmollash usullarini bajarish.
NI-6. Amaliy mashg’ulotda bajarilgan ishlarni ketma-ketlikda daftarga yozish.
Dars yakuni.
Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
Uyga vazifa: Xavfsizlik texnikasi qoidalarini yod olish.
_________________20__-yil O’IBDO’:___________________
_________________20__-yil 5-sinf 49-50-dars
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
Mavzu : Amaliy mashg'ulot: Kashtachilikda ishlatiladigan naqshlar, naqsh elementlari. Naqshlar chizish.
Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga kashta ishlatiladigan naqshlar,ularning elementlari va turlaridan namunalar tikishni o`rgatish.
Tarbiyaviy maqsadi: Mavzu bo`yicha o`quvchilarga estеtik va badiiy tarbiya bеrish
Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning kashta tikishga oid bilimlarini kеngaytirish.
Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni kashtachilik kasbiga qiziqtirib borish.
Darsning jihozi: Darslik, igna, kaychi, gazlamalar.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: Savol-javob, suhbat, guruhlarda ishlash, amaliy mashg`ulot.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy davr.
2.Ma`naviyat daqiqasi.
3.Qiziqarli savol –javoblar.
Tashkiliy qism.O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi.
O’tilganlarni takrorlash:
1.Dazmollash usullari nechta va nomlarini ayting?
2.Dazmollash ishlarini bajarish qoidalarini ayting?
3.Elektr dazmol bilan ishlaganda XTQ nimalardan iborat?
4.Dazmol bilan ishlaganda ish o’rni qanday tashkil etiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |