5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Download 1.39 Mb.
bet68/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Dars yakuni.
Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
Uyga vazifa: Qoplama cho’ntak tikish.

_________________20__-yil O’IBDO’:___________________


_________________20__-yil 5-sinf 45-46-dars


Mavzu : Fartuk qismlarini birlashtirish va oxirgi ishlov.
Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarga fartukning qismlarini birlashtirish va ularga oxirgi ishlov berishni o`rgatish
Tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni mustaqil hayotga tayyorlab borish, bichish va tikishni qoidalarini o`rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarga fartuk tikishni o`rgatish bilan birga ularga sifatli ish bajarishni, orastalik bilimini berib borish.
Darsning kasb – hunarga yo`naltiruvchi maqsadi: O`quvchilarni o`zlari qiziqqan kasb-hunarga yo`naltirib borish.
Dars jihozi: Ish qutichasi, qaychi, santimetr lenta, ko`rgazma uchun rasmlar, tikuv mashinasi.
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: Amaliy mashg`ulot, guruhlarda ishlash, savol-javob.


Darsning borishi:
1. Salomlashib, davomatni aniqlash.
2.Ma`naviyat daqiqasi.
3.Qiziqarli savol –javoblar.


Tashkiliy qism. O`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.


Ma`naviyat daqiqasi. Mamlakatimizda bo`layotgan kunlik yangiliklar haqida suhbat o`tkaziladi.
O`tilgan mavzuni takrorlash:

  1. Qoplama cho'ntakni tayyorlab olishni tushuntirib bering.

  2. Qoplama cho'ntak fartukka qanday birlashtiriladi?

  3. Qoplama cho'ntak fartukka qanday joylashtiriladi?



Yangi dars bayoni: Fartukka oxirgi ishlov berish va dazmollash
Ko'krakpech qismi yaxlit bo'lgan fartukning belbog'i va bo'yin-bog'i qiya tasmadan tayyorlanadi. Qiya tasmani asosiy gazlamadan bichib tayyorlab olish yoki tayyor tasmalardan foydalanish mumkin. 220-230 sm tasma kerak bo'ladi. Bu tasma ikkiga bo`lib olinadi. Tasma fartukka quyidagi tartibda ulanadi:
1. Bo'lib olingan tasmaning bir bo'lagidan bo'yinbog' uchun 30 sm qoldirib, ko'krakpech qismining yon tomoniga mag'izning bir tomoni 0,5 sm chok haqida ko'klab olinadi va qolgan qismi belbog' uchun qoladi . ( 1 – rasm, a )



  1. Ko'klov choklaridan 0,1 sm oraliqda mashinada baxyaqator yuritiladi va ko'klov iplari sug'urib olinadi.

3.Tasmani bo'yinbog` va belbog` qismi mag'iz ko'rinishida, ko'krakpech qismining yon tomoniga mag'izning ikkinchi tomoniga ham mag'iz ko'rinishida ko'klab olinadi.

  1. Butun uzunligi bo'yicha mag'iz ko'klangan chok bo'ylab ma­shinada bostirib tikiladi, ko'klov iplari olib tashlanadi (1-rasm, b).

  2. Tayyor fartuk yaxshilab dazmollanadi va taxlanadi.

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Fartukning qaysi qismlariga bir xil ishlov beriladi?

  2. Qaysi choklar qismlarni vaqtincha birlashtirish uchun ishlatiladi?

  3. Fartukning qismlari qaysi chok bilan tikiladi?

  4. Fartuk uchun ishlatiladigan bezak turlarini yozing.


Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling