5-sinf Servis xizmati yo'nalishi


Yaxlit bichiqli fartukni tikish


Download 1.39 Mb.
bet64/88
Sana28.12.2022
Hajmi1.39 Mb.
#1070874
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88
Bog'liq
5-sinf yillik konspekt qizlar

Yaxlit bichiqli fartukni tikish
Ko'krakpech qismi yaxlit bo'lgan fartukning ko'krakpech qismining yon tomoni va bo'yinbog'ini hamda belbog'ini mag'iz (qiya tasma) bilan ishlov berib tikish mumkin. Fartukning etak qismini bukib, qiya tasma, to'r yoki burma bilan bezab tikiladi. Qoplama cho'ntakka ham xuddi shunday ishlov berish kerak.
Yaxlit bichiqli fartukni tayyorlash quyidagi tartibda olib boriladi
Asbob va moslamalar: ish qutichasi, fartukning bichilgan detallari, to'r, qaychi.
Ishni bajarish tartibi:
1. Fartukning o'rtasiga ko'klab, qaviqqator solish.
2. Fartukda cho'ntak o'rnini belgilash uchun salqi qaviqqator solish.

  1. Salqi chokning o'rtasini qirqish - cho'ntak o'rnini belgilash (36-rasm).

  2. Belgi va salqi choklarining to'g'riligini tekshirish.

  3. Nazorat chizig'ining aniqligini tekshirish.

Yaxlit bichiqli fartukni etak qismini tikish:

  1. Fartukning etak qismi qirqimining uzunligidan bir yarim baravar ko'proq bezak detal, ya'ni to'r yoki qiya burma olinadi.

  2. Agar bezak detal burmadan iborat bo'lsa uning bir tomoniga niashinada yo'rma qaviq bilan ishlov beriladi (1-rasm, a).

  3. Bezak detallarning ikkinchi tomoniga mashinada 4 mm baxya yirikligida mashina choki yuritiladi (1-rasm, a) va bu bezak detal far­tukning etak qismi uzunligiga teng bo'lguncha tortib, burma yig'iladi (1-rasm, b).

4. Tayyor bo'lgan burma yoki to'rning o'ng tomonini fartuk etak
qismining o'ng tomonining qirqimiga qo'yib, avval qo'lda 1 sm chok
haqida ko'klab chiqiladi.

  1. Ko'klov choklaridan 0,1 sm oraliqda mashinada baxyaqa­tor yuritiladi va ko'klov iplari sug'urib olinadi, chok haqi yo'rmab qo'yiladi (1-rasm, v).

  2. Burma o'ngiga ag'darilib to'g'rilanadi va ustidan bezak baxyaqator tikib chiqiladi (1-rasm, g). Choklariga namlik-issiqlik ishlovi beriladi.




Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling