5-sinf tarixdan hikoyalar darslarini loyiha metodi asosida tashkil etish


Download 42.59 Kb.
Sana10.05.2020
Hajmi42.59 Kb.
#104803
Bog'liq
5 sinf tarixdan hikoyalar darslarin


Aim.uz

5-sinf tarixdan hikoyalar darslarini loyiha metodi asosida tashkil etish

Reja:


1. “5-sinf tarixdan hikoyalar darslarini loyiha metodi asosida tashkil etish” mavzusidagi laboratoriya ishining qisqacha tavsifi

2.Laboratoriya ishini bajarish jarayoni

3.Laboratoriya ishining yakunlari

Loyihalar usuli bilim va malakalarni amaliy qo’llash, tahlil va baholashni nazarda tutuvchi majmuali o’qitish usulini amalga oshiradi. Ta’lim oluvchilar yuqori darajada, boshqa o’qitish usullaridan foydalanishga qaraganda, rejalashtirishda, tashkillashtirishda, nazoratda, tahlil qilish va vazifani bajarish natijalarini baholashda ishtirok etadilar. Loyihalash asosida o`qitish ta’lim-tarbiyaning ma`lum bir vazifalarini hal qiladi: loyiha asosida o`qitiladigan har bir ishtirokchida shaxsiy ishonchni o`sishiga yordam berish, uni o`z-o`zini ro`yobga chiqarishi va refleksiyasiga yordam berish: Ko`rsatilganlar “yutuq vaziyati”ni darsda (yoki darsdan tashqari) so`zda emas amalda his qilish orqali, o`quvchi o`zini kerakligi, omadli ekanligini va turli muammoli vaziyatlarni bartaraf qila olish qobilyatiga ega ekanligini bilishiga olib keladi.

Loyiha ilmiy metodik jihatdan anglangan, umumlashtirilgan, turkumlangan va uni samarali qo`llash doiralari belgilangan bo`lishi kerak. Pedagogikada innovatsiyalarning kuchli rivojlanishi loyihalash metodini keng qo`llash imkoniyatini beradi va o`quv loyihalarini turkumlash, ularni metodik bajarish, ta`lim tizimiga o`quv loyihalarining kiritilishi bilan yangi kurslarni shakllanishi bilan zarur bo`ladi.

Laboratoriya ishining ta’limiy maqsadi: Bo’lajak tarix o’qituvchisida “5-sinf tarixdan hikoyalar darslarini loyiha metodi asosida tashkil etish ”mavzusini o’qitishda darsni loyiha metodi asosida o’qitishning o’quv va ko’nikmasini shakllantirish, dars o’tishda foydalaniladigan vositalarni bilish va aniqlashtirish. Darsni loyiha metodi asosida o’tish uquvini shakllantirish. 5-sinf tarixdan hikoyalar darsligida Vatanimiz va jahon tarixiga oid qisqa hikoyalar bilan tanishib, tarix fani haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Tarixda odam paydo bo’lganidan to hozirga qadar insoniyat juda ko’plab kashfiyotlarni amalga oshirdi, turli xil sivilizatsiya o’choqlariga asos solib, ularni rivojlantirdi va rivojlantirib kelmoqda. Jahon xalqlarining hayoti, dunyoda sodir bo’lgan tarixiy voqealar hodisalar umumiy va o’zaro bog’liq holda kechgan. Har qaysi mamlakat, har bir xalqning o’z tarixi, o’ziga xos xususiyatlari mavjud, xususan O’zbekiston tarixi ham jahon tarixining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Bu darslikda turli xalqlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-madaniy hayoti va ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlar yoritilgan.

Tarbiyaviy maqsad: Tarixiy, madaniy-estetik tarbiya berish asosida o’quvchilar dunyoqarashini kengaytirish, madaniy, ma’naviy merosni asrash ruhida tabiyalash

Rivojlantiruvchi maqsad: - Bo’lajak o’qituvchida 5-sinf tarix darslarni o’qitishda loyiha metodidan foydalanish ko’nikmasini hosil qilish.

- Bo’lajak o’qituvchida ushbu mavzu bo’yicha foydalanidigan manba, adabiyot va boshqa vositalar bo’yicha tushuncha hosil qilish;

-Tarix fani sohalarini solishtirish malakasiga ega bo’lish;

- Darsni tashkil etish metodikasi bo’yicha zaruriy bilimlarni kengaytirish;

- Bo’lajak tarix o’qituvchisi ushbu mavzu bo’yicha laboratoriya ishini bajarishda “5-sinf tarixdan hikoyalar darslarini loyiha metodi asosida tashkil etish” mavzusini o’qitishda o’quvchining tarixiy ongini rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirish ko’zda tutiladi.

Talabalarga laboratoriya ishini bajarish uchun tavsiya etiladigan 5-sinf tarixdan hikoyalar darslarini loyiha asosida o’tiladigan dars mavzulari:

1. Eng qadimgi odamlar

2. Saklar,massagetlar , so’g’dlar

3. Qadimgi Yunoniston va Rim davlatlari

4. Buyuk Ipak yo’li

5. Hindiston va Bobur

6. Amerika Qo’shma Shtatlari

7. O’zbekistonning g’alabaga qo’shgan hissasi

8. Davlatimiz ramzlari

9. Birlashgan Millatlar Tashkiloti



Talabalarga laboratoriya ishini bajarish uchun tavsiya etiladigan loyiha taqdimoti shakllari:

- loyiha ishi bo’yicha yozma hisobot

- loyiha yuzasidan ma’ruzaning ko’rgazmali taqdimoti (prezintatsiyasi)

- rasmlar, bukletlar ko’rgazmasi

- intervyu namoyishi

- sahna ko’rinishi

- kinofilm namoyishi

- referat himoyasi

- maket tayyorlash

- slayd tayyorlash

- publistik maqola yozish

- ilmiy maqola yozish

- hikoya yozish

- jadval, sxema tayyorlash

Bo’lajak tarix o’qituvchisi 5-sinf tarixdan hikoyalar darslarini o’qitishda loyiha metodi asosida o’qitishni tashkil qilishi ta’lim tizimini mazmun mohiyatini yoritib berishda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bu yoshda o’quvchilar tarix haqida ilk ma’lumotlarni ola boshlashadi. Xuddi shu davrdan boshlab o’quvchi yoshlarni mustaqil ishlashga o’rgatish ularning tafakkuri va dunyoqarashini har tomonlama o’stiradi. O’rta maktab ta’lim standartlaridan kelib chiqqan holda mavzularning ma’lum bir qismini loyiha metodi asosida tashkil qilish o’quvchilarda tarix faniga qiziqishlarini yanada oshiradi. Laboratoriya mashg’ulotida namuna sifatida 5-sinf Tarixdan hikoyalar darsligidan “O’zbekistonning g’alabaga qo’shgan hissasi” mavzusini loyiha metodi asosida o’rganish uchun metodik tavsiya beriladi. Maktab o’quvchilari ushbu mavzular yuzasidan loyihani bajarishda maktabning boshqa fan o’qituvchilari, shuningdek, mahalliy olimlar, madaniyat xodimlaridan ham metodik yordam olishlari mumkin

PEDAGOGIK ANNOTATSIYA

Mavzuning nomi: O’zbekistonning g’alabaga qo’shgan hissasi”

Ishtirokchilar: “Tarix o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabalari.

O’qitishning maqsadi: O’zbekistonning Ikkinchi jahon urishida g’alabaga qo’shgan hissasi haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish, mavzu yuzasidan bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lish

Rejalashtirilayotgan o’quv natijalari: O’quvchilarning chuqur va zamonaviy bilimga, keng dunyoqarashga, mustaqil fikrlash salohiyatiga ega bo’lishi kadrlar bo’lib yetishish

Loyihalashtirish faoliyati bo’yicha quyidagi amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladi:

- muammoni shakllantirish va vazifalarni aniqlash;

- vazifalarni amalga oshirishdagi usullarni tanlash va ulardan foydalanish;

- o’z faoliyatini rejalashtirish, ma’lumot manbalarini aniqlash, tizimga keltirish va tahlil etish;

- natijalarni talab darajasida rasmiylashtirish va kerakli ko’rinishda taqdim etish.

Talabalar loyihani muvaffaqiyatli bajarishlari uchun bilishlari lozim bo’lgan tayanch bilim va ko’nikmalar quyidagilardan iborat:

Quyidagi tayanch bilimlarni bilishi kerak: O’zbekistonning Ikkinchi jahon urushida g’alabaga qo’shgan hissasi haqida tayanch bilimlarga ega bo’ladilar

Quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerak: Ikkinchi jahon urushida O’zbekistonning g’alabaga qo’shgan hissasi, janglarda qahramonlik ko’rsatgan yurtdoshlarimiz jasorati, front ortida esa urushda yengib chiqish uchun amalga oshirilgan ishlar haqidagi turli ma’lumotlarni aniqlash, tahlil qilish, ma’lumotlar yig’ish, qayta ishlash va taqdim etish, mavzuni ochib berish uchun savol javob, mavzuga doir hikoya tayyorlash, mavzuga doir buklet tayyorlash ko’nikmalariga ega bo’ladi.

Turlanish belgilari bo’yicha loyihaga tavsif:

Turi: ilmiy -tadqiqotga asoslangan;

predmet va mazmun jihatdan ko’lami: bir fan bo’yicha foydalaniluvchi monoloyiha;

talabalar o’quv loyiha faoliyatlarini muvofiqlashtirish xarakteri: bevosita;

ishtirokchilar soni: guruh talabalari 2-3 ta ishchi guruhga bo’linib, har bir ishchi guruhda 8 tagacha ishtirokchi bo’lishi mumkin (talabalar ko’proq bo’lsa, loyiha yo’nalishlarini ko’paytirish mumkin);

bajarish muddati: uzoq muddatli – 1 oy.

Loyihani bajarish tartibi: talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil faoliyatlarida bajariladi. Laboratoriya mashg’ulotini bajarish jarayonida talabalar kichik guruhlarga bo’linib, mavzu yuzasidan loyiha mavzularini tanlaydilar, reja tuzadilar. Rejaga ko’ra har bir ishtirokchining aniq vazifasi belgilanadi va loyiha mahsuli oy oxirida, talabalar va pedagog o’rtasida belgilangan kunda amalga oshiriladi.

Loyihaning baholanishi: ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan loyiha quyidagicha baholanadi (guruhning har bir a’zosi uchun): talabalar tomonidan bajarilgan loyihaning alohida qismlari (maks. ball – 5); hisobot (maks. ball – 5); loyiha taqdimoti va himoya etish jarayoni (maks. ball – 10).

Loyiha asosida o’qitish bosqichlari.

Tayyorlov bosqichi: loyiha bilan tanishish, auditoriyadagi mashg’ulot vaqtida talabalar faoliyatini tashkil etish.

Loyihani bajarish bosqichlari: auditoriyadan tashqari faoliyat davrida.

Yakuniy bosqich: loyiha taqdimoti, loyiha va auditoriya mashg’ulotida talabalarning loyihalashtirish faoliyatini baholash.

Loyiha asosida o’qitishni boshqarish: auditoriyadan tashqari faoliyatda.

O’qitish modeliga qisqacha tavsifnoma.

Loyiha asosida o’qitish jarayonida quyidagilar qo’llaniladi:

- matn va axborot manbalari bilan ishlash

- mavzu yuzasidan savol-javob tayyorlash

- buklet tayyorlash

- hikoya yozish

- hisobot tayyorlash

- taqdimot;



o’qitish shakllari: ommaviy, alohida, guruhiy;

Laboratoriya ishini amalga oshirish vositalari va jihozlari:



loyiha topshirig’i, uslubiy ko’rsatmalar, doska, karton qog’oz, rangli rasmlar, flomaster, skotch, qog’oz

Aim.uz


Download 42.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling