5-sinf uchun ona tili fanidan dars ishlanmasi


Download 37.74 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi37.74 Kb.
#1611871
  1   2
Bog'liq
5-sinf-ona-tilidan-dars-ishlanma

5-sinf uchun ona tili fanidan dars ishlanmasi


Mavzu: JUFT SO‘ZLAR
Maqsadlar :
a)ta’limiy -juft so‘zlar,ularning imlosi va turlari haqida ma’lumot berish;
b)tarbiyaviy- tabiatga ,ma’naviy qadriyatlarga hurmat hissini ,do‘stlik ruhida tarbiyalash;
s)rivojlantiruvchi-o‘quvchilar nutqini rivojlantirish,savodxonligini oshirish.

Dars tipi: yangi bilimni o‘zlashtirish darsi


Dars uslubi: ko‘rgazmali,ijodiy
Dars usuli: bahs-munozara
Dars jihozi: tabiat manzarasi tushirilgan rasm,savollar yozilgan kartochkalar,testlar
Darsning borishi:


I.Tashkiliy qism: psixologik iqlim yaratish
II.yangi mavzu bayoni.
Dars rejasi:
1.Juft so‘zlar haqida ma’lumot berish;
2.Juft so‘zlar imlosi ustida ishlash;
3.Juft so‘zlar tarkibi haqida ma’lumot berish;
4.Juft so‘zlarning ma’nolari haqida tushuncha berish;
5.Mustahkamlash.
Dars shiori: “Kitobdan yaxshi do‘st bo‘lmas”

Yangi mavzu yuzasidan ma’lumot aqliy hujum tarzida beriladi.


O‘qituvchi: -Aziz o‘quvchilar, siz ertak, hikoyatlarni juda yaxshi ko‘rasiz va sevib o‘qiysiz,to‘g’rimi? Sizlarga “Lison-ut tayr” (“Qush tili”) dan bir hikoyat aytib beraman.Ushbu hikoyatdan xulosa chiqarishga harakat qiling.
O‘qituvchi hikoyatni aytib beradi va undagi “mol-dunyo” , “oltin-kumush”, “savdo-sotiq”, “baqir-chaqir”, “talon-taroj” , “siym-u zar” kabi juft so‘zlarni yozuv taxtasiga yozib qo‘yadi.Hikoyatni tugatgach o‘quvchilarga hikoyatning tarbiyaviy ahamiyati haqida bir necha savollar beradi va fikrlar xulosalanadi.
Shundan so‘zg yozuv taxtasiga yozilgan so‘zlarning tuzilishi va ma’nosiga o‘quvchilar e’tibori qaratiladi.O‘quvchilar so‘zlarning ikki asosdan iborat ekanligini,ma’nosini izohlaydilar.
O‘qituvchi:- o‘quvchilar ,ko‘rib turganingizdek ushbu so‘zlar juftdir.Demak bugungi darsimiz mavzusi “Juft so‘zlar” (yozuv taxtasiga

mavzu yoziladi)O‘quvchilar,keling, bugungi darsimizda ona tili fanidan sayohatga chiqaylik.Bugungi sana va mavzuni daftaringizga yozib qo‘ying.”Ushbu sayohatimizdan maqsad “Bilimlar shahri”ga kirib borish.Bu yo‘lda turli xil to‘siqlarga duch kelamiz,albatta.To‘siqlarni esa o‘tgan darslarda egallagan bilimlarimiz,topqirligimiz,zukkoligimiz,hozirjavobligimiz bilan yengib,manzilga mardona yetib borishimiz mumkin.Sayohat davomida bir-birimiz bilan “Meni tushun” rukni ostida ishlab, do‘stona harakat qilgan va faollikni qo‘ldan bermagan guruhlarimizni sovg’alar kutmoqda.


Demak,avvalo uch guruhga bo‘linib olamiz.Bunda oldindan tayyorlab qo‘yilgan gullar rasmi bizga yordam beradi.O‘quvchilar tanlagan gullarining rangiga qarab guruhga bo‘linishadi.Sinf “Bilimdonlar”, “Chaqqonlar”, “Topqirlar” guruhlariga bo‘linib manzilga otlanishadi.(Manzara tushirilgan rasm havola etiladi.Unda kuz manzarasi,tog’-toshlar, daraxt va ko‘m-ko‘k zilol suv tasvirlangan).Daraxt shoxidagi mevalarda xat yashiringan bo‘lib,uch guruhdan 1 tadan o‘quvchi xatlarni olishadi.Xatda yozilgan so‘zlarning juftini topish topshirig’i qo‘yiladi.

“Bilimdonlar”, “Chaqqonlar”, “Topqirlar”


Issiq-… ko‘rpa-… ….-quloq
Sabzi-… - chuchuk uzun- …
Egri-… do‘st-… …-oyoq
Javoblar xulosalanadi.Ishtirokchilar o‘z javoblari yuzasidan juft so‘zlar qoidasini keltirib chiqaradilar.
Ma’nosi bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli ikki o‘zakning qo‘shiluvidan tashkil topgan so‘zlar juft so‘zlardir.Juft so‘z o‘zaklari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.Agar juft so‘zlar –u, -yu yuklamalari bilan bog’lansa, birinchi so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Guruh a’zolari oldindan tayyorlab qo‘yilgan rag’bar kartochkalari bilan taqdirlanishadi.
O‘qituvchi:-bolalar, manzilimizga olib boruvchi navbatdagi tilsimni bartaraf etishda bizga ushbu sehrli markerlar yordamga keldi(o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘yilgan markerlarni ko‘rsatadi).Bulardan foydalangan kishi xatosiz va chiroyli yozadi.Sayohatni davom ettirishimiz uchun yo‘limizni to‘sib turgan tog’ tepasidagi noto‘g’ri berilgan juft so‘zlarning juftligini topib yozishimiz lozim.Guruhlardan chiqqan o‘quvchilar o‘qituvchi yordamida tog’ choqqisidagi yashirin ( ko‘tariladigan qilib joylashtirilgan) savollarni olishadi. Xatolar tuzatiladi:

1-guruh “Bilimdonlar”





Yosh

qiz

Ota

qari

O‘gil

kichik

Katta

ona

2-guruh “Chaqqonlar”



Kecha

keldi

Baland

non

Osh-u

past

Bordi

kunduz

3-guruh“Topqirlar”



Keldi

qalam

Daftar

ketdi

Qing’ir

chuyda

Mayda

qiyshiq

Xatolar tuzatilgach ,tahlil etilib,o‘quvchilar rag’batlantiriladi.Sayohatchilar yo‘lda davom etishadi.


O‘qituvchi: -o‘quvchilar,yo‘limizda zilol suvli daryo uchradi,undan o‘tish uchun ham sinovdan o‘tishimiz kerak ( o‘qituvchi yozuv taxtasidagi manzaraga ishora qiladi).To‘g’ri javoblarimiz bizga ko‘prik vazifasini o‘taydi.
Har bir guruhdan ikki nafardan qatnashchi chiqadi. Savollar tanlov asosida olinadi:
1.Juft so‘zlar deb nimaga aytiladi?
2.Ular tarkibi necha xil bo‘ladi?
3.Ikkinchi qismi yakka qo‘llanmaydigan juft so‘z toping.
4.Juft so‘zlarning ma’nolari haqida nimalar bilasiz?
5.Har ikkala qismi bir so‘z turkumiga oid juft so‘zlar ayting.
6.Yuklamalar ishtirok etganda juft so‘zlarda nima o‘zgarish bo‘ladi?
Ushbu savol –javob orqali olingan bilimlar yana bir bor mustahkamlanadi.O‘qituvchi umumlashtiruvchi fikr berib boradi.

O‘qituvchi:-aziz bolajonlar,sayohatimiz davomida qiziqarli to‘siqlardan o‘tib,”Bilimlar qasri”ga ham yetib kelibmiz.Bu yerda siz-u bizni juda katta xazina kutib turibdi.Bu xazina ushbu qasrning yuragi hisoblanadi.Xazinaga erishish,qasrga kirish uchun quyidagi test sinovidan o‘tishimiz lozim.


Testlardan namuna


1.Juft so‘zlar qanday paydo bo‘ladi?
A.Bir-biriga yaqin so‘zlarning qo‘shiluvudan
B.Ma’nosi bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli ikki o‘zakning qo‘shiluvidan
S.Ma’nosi jihatdan bir-biriga qarama-qarshi so‘zlardan.
D.Bir xil so‘z turkumlaridan

2.Qaysi juft so‘zlar o‘rnini almashtirib qo‘llash mumkin?


A.Ust-bosh,sabzi-piyoz,aka-uka
B.Qozon-tovoq,eson-omon,katta-kichik
S.Erkak-ayol,baland-past,yaxshi-yomon
D.Sabzi-piyoz,ayol-erkak,upa-elik

3.Qaysi qatorda juft so‘z berilmagan?


A.Qult-qult,g’ir-g’ir,goh-goh
B.Sihat-omonlik,katta-kichik,soqol-mo‘ylov
S.Nari-beri,zo‘r-bazo‘r, oldi-qochdi
D.Son-sanoq,ola-kula,go‘sht-yog’

Testlarning javoblari tekshiriladi,o‘qituvchi va o‘quvchilar birgalikda muhokama qiladilar


(testlarning bajarilishi vaqtida o‘qituvchi qolgan o‘quvchilarga qo‘shimcha mashqlar berib ,vaqtdan unumli foydalanishi mumkin).
O‘qituvchi:-ana o‘quvchilar test sinovidan ham o‘tib oldik.Qasrga kirishdan oldin sizlar bilan bugungi olgan bilimlarimizni xulosalab olsak.



Download 37.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling