5-sinif Mavzu: Sharqonqa shahar tasvirining eskizini ishlash


Download 9.27 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi9.27 Kb.
#1587848
TuriKompozisiya
Bog'liq
5-sinif

5-sinif

Mavzu: Sharqonqa shahar tasvirining eskizini ishlash.

Ta’limiy maqsadi: Sharq me’morchiligiga oid bo’lgan ma’lumotlar bilan tanishish, turli rangda me’morchilikga oid kompozisiya ishlash, rang, badiiy bezak, tabiat uyg’unligini hosil qilish. F.K. Tasvir yoki haykalning bosqichlari ketma-ketligini to`g`ri bajarish kompitensiyasi: Tasir ishlashda asosiy va hosila ranglarni to`g`ri qo`llay oladi.

Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni ranglarga nisbatan his-tuygularini tarbiyalash. T.K. Milliy va umummadaniy kompetensiya: Vatanga sadoqatli,badiiy va san`at asarlarini tushunadi

Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning bilimlarini, go’zallikni ko’ra olishini rivojlantirish. T.K. o`zini o`zi rivojlantirish kompetensiyasi: Hayot davomida o`qib-o`rganadi.

Dars turi : Yangi bilim beruvchi

Dars metodi: ,ko`rsatish,tushuntirish.aqliy hujum.

Darsning jihozi: rasmli plakatlar,

Darsning borishi:

I Tashkiliy qism


  1. Salomlashish b) davomatni aniqlash v)darsga hozirlik ko`rish.

II O’tilgan mavzuni takrorlash.

___Tabiat obrazi manzarasini tasvirlashning sharti nimada?

___ Tabiat obrazi manzarasida masofa qanday vositalar yordamida beriladi?

III Yangi mavzu bayoni

Biz bilamizki har bir xalqning o’z milliy uylari, shaharlari bor. Xuddi o’z geraldikasi kabi sharq xalqlarining shaharlari ham boshqalardan o’zining tuzilishi, qurilishi bilan farq qiladi. O’rta Osiyo xalqlari shaharlari ochiq ranglarda, issiq ko’rinishli, mahobatli qilib qo’rilgan gumbazli, minorali imoratlardan iboratdir. Mana bu suratlarni ko’ring “Samarqand” seriyasidagi asarlar, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz shaharlaridagi imoratlarning ko’rinishlari Xitoy, Yaponiya, Koriya, Hindiston me’moriy binolari ko’rinishlaridan tubdan farq qiladi. Lekin, shularning hammasi sharqona shahardir. Me’morchilik ham tasviriy san’atning alohida turi bo’lib rassomlar ijodida katta rol o’ynaydi. Manzarachi rassomlar shaharlarni tabiatga qo’shib kelajak avlod tarixdan xabardor bo’ladilar. Bular millatning davomiyligini ham taminlaydi. Rassom Rashid Temurovning “Bibixonim havlisida bahor”, “Samarqand”, “Registon ansambili” kabi asarlari xuddi shunday vatanparvarlik bilan yaratilgandir.Asliddin Isayevning “Buyuk ipak yo’li” asari katta devoriy surat bo’lib u ham sharq xalqlari tarijidan olib yaratilgan. Unda o’tmish xalqlarimizning xayot tarzi aks ettirilgan. Sizga ham “Sharqona shahar” mavzusida surat ishlash topshirilmoqda. Bunda siz o’zingiz yana qanday sharqona shaharni tasovvur etasiz kompozisiya yaratasiz.Mana bu siz ko’rib turgan suratlar sizga uxshagan o’quvchilarning chizgan shu mavzudagi suratlari. Siz ham shular kabi yangi sharqona shaharlarni ijod qilishingiz kerak bo’ladi. Buning uchun avvalo qog’oz varag’iga tula joylashtirib olishni bajarish lozim.Qog’ozning hyech qayeri ochiq, buyoqsiz qoldirilmaydi. Qog’ozda ufq chizig’I, oldindagi narsalarning o’z o’rnida berilishi, shahar mehmonlari, zamonoviy texnika va qurilishlar bilan uyg’unlashib borishi ham mumkin. Daraxtlar, uylar, kuchadagi gullarning ham barchasi. Suratni men turt bosqichda ishlab kursataman, lekin bularning hammasi bir joyda qilib siz uzingiz kompozisiya yaratasiz. Mana bu suratda sizga kursatish uchun turt bosqichli kurgazma qilingan


IV Darsni mustahkamlash.

___Sharqona shahar eskizini tasvirlashda nimalarga e`tabor berish kerak?

___Sharqona uslubda qurilgan zamonaviy obidalarni ayting?

V Darsga xulosa chiqarib o`quvchilar baholanadi.

VI Uyga vazifa Rasm ishlab kelish.



Shermamatov Odilbek
Download 9.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling