5. Stanoklarda detallar sirtini shakllantirish. Harakatlar tasnifi Reja


Download 164.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.01.2023
Hajmi164.76 Kb.
#1143326
  1   2


5.Stanoklarda detallar sirtini shakllantirish. Harakatlar tasnifi 
Reja: 
1. Stanoklarda detallar sirtini yasash 
2. Yasovchi chiziqlarni olish usullari. 
3. Harakatlarning funksioanal vazifasi bo’yicha tasnifi. 
5.1. Stanoklarda detallar sirtini yasash 
Detal aniq geometrik chiziqlar bilan cheklangan fazoviy sirtdan iboratdir. Uni 
quyish, shtamplash, yo’nish, qirqish va boshqa usullarda tashkil etish mumkin. 
Fazoviy detal sirtini qaysi usulda olinishidan qattiy nazar, konstruktor tomonidan 
fikran olinishi zarur bo’lgan idial yuzasi va sifat ko’rsatkichlari bilan farqlanadi. 
Metall qirqish dastgohlarida qirqish usulida olingan yuza shakli, o’lchami va g’adir 
– budirligi ideal holatidan og’gan bo’ladi. 
5.1-rasm. Sirtlarni hosil qilish sxemalari 
Yuzani bitta chiziqni ikkinchisiga nisbatan xarakatlantirilgandagi izi deb 
qarash mumkin. Ularni biri hosil etuvchi bo’lsa, ikkinchisi uni yo’naltiruvchisi deb 
tasavur etish kerak. Ikkala chiziq o’z navbatida tashkil etuvchi hisoblanib, hosil 
etuvchi - yo’naltiruvchi, yo’naltiruvchi- hosil etuvchi bo’lishi mumkin. Masalan, 
tsilindrik yuzani to’g’ri chiziqni aylana bo’ylab yo’naltirilgan izi (5.1a-rasm), yoki 
aylanma xarakatni to’g’ri chiziq bo’ylab yo’naltirilgan qoldiq izi deb qarash 
mumkin (5.1b-rasm). To’g’ri tishli tsilindrik g’ildirakning tishini yon yuzasini 
evolventa chiziqni to’g’ri chiziq bo’ylab (5.1g-rasm), yoki to’g’ri chiziqni 
evolventa bo’ylab deb tasavur etish kerak (5.1v-rasm). Shunday qilib, geometrik 
nuqtai nazardan, yuzani hosil bo’lish jarayonini bitta hosil etuvchi chiziqni 
ikkinchisiga nisbatan xarakatini inkosi deb tushinish kerak. 
5.2. Yasovchi chiziqlarni olish usullari. 
Yuzalarni qirqib ishlov berishda kesuvchi asbobni turi va kesuvchi qismini 
shakli hamda geometriyasiga qarab shakl hosil etuvchi chiziqlarni olish usullari 
to’rta turga bo’linadi: 
a) nusxa ko’chirish; 
b) aylanib o’tish; 


v) iz qoldirish; 
g) urinma. 
5.2-rasm. Shakl hosil qiluvchi chiziqlarni olish usullari 
Nusxa ko’chirish usulida shakl hosil etuvchi chiziq kesuvchi asbobni 
kesuvchi qismini shakli yoki uni profili ko’rinishida bo’ladi, ya’ni ishlov 
berilayotgan yuza, aynan, kesuvchi asbobni kesuvchi qismining shaklini yoki uni 
profili ko’rinish nusxasini oladi (5.2-rasm, a). Bu hol ishlov berish jarayonida 
shakldor keskichlardan yoki nusxa moslamasidan foydalanilganda qo’llaniladi. 
Nusxa ko’chirish usulida shakl hosil etuvchi xarakatning zaruriyati bo’lmaydi, 
chunki yuza shakli shakldor keskich yoki nusxa moslamasida berilgan bo’ladi. 
Aylanib o’tish usulida shakl hosil etuvchi chiziq kesuvchi asbobni kesuvchi 
qismini dumalanashidan yoki ularni o’zaro dumalanishlaridan hosil bo’ladi (5.2-
rasm, b). Aylanib o’tish usulida shakl hosil etuvchi chiziqni olish uchun bitta, lekin 
har doim murakkab shakl hosil etuvchi xarakat - aylanib o’tish xarakati talab 
etiladi. 
Iz qoldirish usulida shakl hosil etuvchi chiziq yuza bilan kesuvchi qirrani 
uchrashuvchi nuqtasi ko’rinishida hosil bo’ladi (5.2-rasm, v). Iz qoldirish usulida 
shakl hosil etuvchi chiziqni olish uchun bitta oddiy yoki hosil etiluvchi chiziqni 
shakliga nisbatan murakkab shakl hosil etuvchi xarakat zarur bo’ladi. 


Urinma usulida shakl hosil etuvchi chiziq yuza bilan aylanuvchi asbobni ko’p 
sonli kesuvchi qirralarni uchrashuvchi nuqtalari ko’rinishida hosil bo’ladi (5.2-
rasm, g). Bunda shakl hosil etuvchi chiziq kesuvchi asbob va zagotovkani o’qi 
bo’ylab aylanishida sodir etladi. Bu usul shakl hosil etuvchi chiziqni ko’p sonli 
kesuvchi qirralar orqali kesiluvchi nuqtalar hosil etuvchi frezalar va jilvirlovchi 
doiraviy toshlar uchun xarakterli hisoblanadi. Urinma usulida shakl hosil etuvchi 
chiziqni olish uchun ikkita, bazida esa uchta shakl hosil etuvchi xarakatlar talab 
etiladi. 

Download 164.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling