5. Stanoklarda detallar sirtini shakllantirish. Harakatlar tasnifi Reja
Download 164.76 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1. Stanoklarda detallar sirtini yasash
- 5.2. Yasovchi chiziqlarni olish usullari.
5.Stanoklarda detallar sirtini shakllantirish. Harakatlar tasnifi Reja: 1. Stanoklarda detallar sirtini yasash 2. Yasovchi chiziqlarni olish usullari. 3. Harakatlarning funksioanal vazifasi bo’yicha tasnifi. 5.1. Stanoklarda detallar sirtini yasash Detal aniq geometrik chiziqlar bilan cheklangan fazoviy sirtdan iboratdir. Uni quyish, shtamplash, yo’nish, qirqish va boshqa usullarda tashkil etish mumkin. Fazoviy detal sirtini qaysi usulda olinishidan qattiy nazar, konstruktor tomonidan fikran olinishi zarur bo’lgan idial yuzasi va sifat ko’rsatkichlari bilan farqlanadi. Metall qirqish dastgohlarida qirqish usulida olingan yuza shakli, o’lchami va g’adir – budirligi ideal holatidan og’gan bo’ladi. 5.1-rasm. Sirtlarni hosil qilish sxemalari Yuzani bitta chiziqni ikkinchisiga nisbatan xarakatlantirilgandagi izi deb qarash mumkin. Ularni biri hosil etuvchi bo’lsa, ikkinchisi uni yo’naltiruvchisi deb tasavur etish kerak. Ikkala chiziq o’z navbatida tashkil etuvchi hisoblanib, hosil etuvchi - yo’naltiruvchi, yo’naltiruvchi- hosil etuvchi bo’lishi mumkin. Masalan, tsilindrik yuzani to’g’ri chiziqni aylana bo’ylab yo’naltirilgan izi (5.1a-rasm), yoki aylanma xarakatni to’g’ri chiziq bo’ylab yo’naltirilgan qoldiq izi deb qarash mumkin (5.1b-rasm). To’g’ri tishli tsilindrik g’ildirakning tishini yon yuzasini evolventa chiziqni to’g’ri chiziq bo’ylab (5.1g-rasm), yoki to’g’ri chiziqni evolventa bo’ylab deb tasavur etish kerak (5.1v-rasm). Shunday qilib, geometrik nuqtai nazardan, yuzani hosil bo’lish jarayonini bitta hosil etuvchi chiziqni ikkinchisiga nisbatan xarakatini inkosi deb tushinish kerak. 5.2. Yasovchi chiziqlarni olish usullari. Yuzalarni qirqib ishlov berishda kesuvchi asbobni turi va kesuvchi qismini shakli hamda geometriyasiga qarab shakl hosil etuvchi chiziqlarni olish usullari to’rta turga bo’linadi: a) nusxa ko’chirish; b) aylanib o’tish; v) iz qoldirish; g) urinma. 5.2-rasm. Shakl hosil qiluvchi chiziqlarni olish usullari Nusxa ko’chirish usulida shakl hosil etuvchi chiziq kesuvchi asbobni kesuvchi qismini shakli yoki uni profili ko’rinishida bo’ladi, ya’ni ishlov berilayotgan yuza, aynan, kesuvchi asbobni kesuvchi qismining shaklini yoki uni profili ko’rinish nusxasini oladi (5.2-rasm, a). Bu hol ishlov berish jarayonida shakldor keskichlardan yoki nusxa moslamasidan foydalanilganda qo’llaniladi. Nusxa ko’chirish usulida shakl hosil etuvchi xarakatning zaruriyati bo’lmaydi, chunki yuza shakli shakldor keskich yoki nusxa moslamasida berilgan bo’ladi. Aylanib o’tish usulida shakl hosil etuvchi chiziq kesuvchi asbobni kesuvchi qismini dumalanashidan yoki ularni o’zaro dumalanishlaridan hosil bo’ladi (5.2- rasm, b). Aylanib o’tish usulida shakl hosil etuvchi chiziqni olish uchun bitta, lekin har doim murakkab shakl hosil etuvchi xarakat - aylanib o’tish xarakati talab etiladi. Iz qoldirish usulida shakl hosil etuvchi chiziq yuza bilan kesuvchi qirrani uchrashuvchi nuqtasi ko’rinishida hosil bo’ladi (5.2-rasm, v). Iz qoldirish usulida shakl hosil etuvchi chiziqni olish uchun bitta oddiy yoki hosil etiluvchi chiziqni shakliga nisbatan murakkab shakl hosil etuvchi xarakat zarur bo’ladi. Urinma usulida shakl hosil etuvchi chiziq yuza bilan aylanuvchi asbobni ko’p sonli kesuvchi qirralarni uchrashuvchi nuqtalari ko’rinishida hosil bo’ladi (5.2- rasm, g). Bunda shakl hosil etuvchi chiziq kesuvchi asbob va zagotovkani o’qi bo’ylab aylanishida sodir etladi. Bu usul shakl hosil etuvchi chiziqni ko’p sonli kesuvchi qirralar orqali kesiluvchi nuqtalar hosil etuvchi frezalar va jilvirlovchi doiraviy toshlar uchun xarakterli hisoblanadi. Urinma usulida shakl hosil etuvchi chiziqni olish uchun ikkita, bazida esa uchta shakl hosil etuvchi xarakatlar talab etiladi. Download 164.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling