5. Suv rejimi turli davrlarining yillik oqim hajmidagi hissasini aniqlash
to`rt manbai mavjuddir: yomg`irlar, qor qoplami, baland tog`lardagi asriy qor va
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
3-амалий ГИДРОЛОГИЯ АМАЛИЙ МАШГУЛОТЛАР (1)
to`rt manbai mavjuddir: yomg`irlar, qor qoplami, baland tog`lardagi asriy qor va
muzliklar, yer osti suvlari. Yuqorda aytilgan manbalardan hosil bo`lib, daryolarga qo`shiladigan suv miqdorlari turli hududlarda turlicha qiymatlarga ega bo`ladi. Uning miqdori esa, asosan, daryo havzasining iqlim sharoitiga bog`liq holda yil fasllari bo`yicha o`zgarib turadi. Daryolarning tuyinishida ayrim manbalarning qo`shgan hissalari miqdorini aniqlash ancha murakkab vazifa hisoblanadi. Chunki bir qator hududlarda yomg`ir va qor suvlarining kattagina qismi daryo tarmog`iga yer usti suvlari oqimi ko`rinishida emas, balki shu suvlarning yer osti qatlamlariga shimilishi natijasida hosil bo`lgan grunt suvlari sifatida qo`shiladi. Bunday hollar ayniqsa tog`li rayonlar uchun xarakterlidir. Odatda daryoning to`yinish manbalari miqdorini aniqlashda oqim gidrografidan foydalaniladi. Oqim gidrografini ayrim to`yinish manbalari bo`yicha vertikal bo`laklarga ajratib, tahlil qilish yordamida daryo suvining to`yinish manbalari miqdoran baholanadi. Bunday baholash birinchi marta taniqli gidrolog olim V.G.Glushkov tomonidan amalga oshirilgan. Oqim gidrografini to`yinish manbalariga bog`liq holda vertikal bo`laklarga ajratishning bir necha usullari mavjud. Eng oddiy usullardan biri shundan iboratki, 52 gidrografda bahor oldi va toshqin suv davrlari oralig`ida barcha kam suvli davrlardagi eng past nuqtalar to`g`ri chiziqlar bilan birlashtiriladi. Bunda daryoga qo`shiladigan yer osti suvlarining rejimini hisobga olmaslik birmuncha xatoliklarga olib keladi. Shu tufayli keyingi yillardagi tadqiqotlar natijasida daryolarga qo`shiladigan yer osti suvlari rejimini hisobga olishning bir qancha usullari yaratildi. Tog` daryolari uchun oqim gidrografini to`yinish manbalari bo`yicha vertikal bo`laklarga ajratish birmuncha qiyin. Chunki tog` daryolarida qor suvlari, yomg`ir suvlari, muzlik suvlari va yer osti suvlarining tekislik daryolariga nisbatan ancha murakkab bog`liqligi mavjud. Shuning uchun ham ularda to`yinish manbalarining hissasini baholash oqim gidrografi bilan birgalikda (kompleks holda) chizilgan yog`in va havo haroratining yil ichida tebranishi chizmalarini o`zaro solishtirgan holda amalga oshiriladi. Quyida daryolarning to`yinish manbalarini miqdoriy baholashni Chirchiq daryosining o`ng irmog`i-Ugom daryosi misolida ko`rib chiqamiz. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling