5. Bajarilgan ishning tahlili.
Ushbu amaliy mashg`ulotda o`rganilayotgan daryo gidrografidan quyidagi
to`yinish manbalari aniqlandi:
a) qor suvlarining hissasi;
b) muzlik suvlarining hissasi;
v) yomg`ir suvlarining hissasi;
g) yer osti suvlarining hissasi.
Ularning yig`indisi sifatida yillik oqim miqdori hisoblandi. Asosiy
hisoblashlar natijalari maxsus tayyorlangan 7.1-jadvalda jamlandi. Ushbu
jadvaldan hamda V.L.SHuls koeffitsienti(
),
IX
VII
W
larning qiymatlarini hisoblash
va oqim eng ko`p bo`lgan oylarni aniqlash natijalaridan ko`rinib turibdiki,
o`rganilayotgan Ugom daryosi 1970 yilda dastlabki ikkita mezon bo`yicha qor-
muzlik suvlaridan to`yinadigan daryolar turiga, uchinchi mezon bo`yicha esa qor
suvlaridan to`yinadigan daryolar turiga mansubdir.
Bunday natija qariyb 50 yil muqaddam amalga oshirilgan V.L.SHuls tasnifining
takomilga yetmaganidan dalolat beradi. Mazkur tasnifdan ancha keyinroq,
aniqrog`i o`tgan asrning 60-yillarida amalga oshirilgan O.P.SHcheglova tasnifi
bo`yicha Ugom daryosi qor-yomg`ir suvlari hisobiga to`yinadigan daryolar turiga
kiritiladi. Bu xulosa haqiqatga ancha yaqinroqdir.
Sinov savollari
1. Daryolar qanday manbalar hisobiga to`yinadi?
2. Daryolarning iqlimiy tasnifida ular qanday guruhlarga ajratiladi?
3.Daryolarning to`yinish manbalari bo`yicha M.I.Lvovich tasnifida
qanday mezonlar qabul qilingan?
4. O`rta Osiyo daryolarining to`yinish manbalariga ko`ra qanday
tasniflarini bilasiz?
5. O`rta Osiyo daryolarining to`yinish sharoitiga bog`liq holda V.L.SHuls
tasnifi bo`yicha qaysi turga mansubligini ko`rsatuvchi mezonlarni ayting.
6. O`rta Osiyo daryolarining to`yinish sharoitiga bog`liq holda
55
Do'stlaringiz bilan baham: |