5. Suv rejimi turli davrlarining yillik oqim hajmidagi hissasini aniqlash


to`rt manbai mavjuddir: yomg`irlar, qor qoplami, baland tog`lardagi asriy qor va


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana25.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1230422
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-амалий ГИДРОЛОГИЯ АМАЛИЙ МАШГУЛОТЛАР (1)

to`rt manbai mavjuddir: yomg`irlar, qor qoplami, baland tog`lardagi asriy qor va 
muzliklar, yer osti suvlari. 
Yuqorda aytilgan manbalardan hosil bo`lib, daryolarga qo`shiladigan suv 
miqdorlari turli hududlarda turlicha qiymatlarga ega bo`ladi. Uning miqdori esa
asosan, daryo havzasining iqlim sharoitiga bog`liq holda yil fasllari bo`yicha 
o`zgarib turadi. 
Daryolarning tuyinishida ayrim manbalarning qo`shgan hissalari miqdorini 
aniqlash ancha murakkab vazifa hisoblanadi. Chunki bir qator hududlarda yomg`ir 
va qor suvlarining kattagina qismi daryo tarmog`iga yer usti suvlari oqimi 
ko`rinishida emas, balki shu suvlarning yer osti qatlamlariga shimilishi natijasida 
hosil bo`lgan grunt suvlari sifatida qo`shiladi. Bunday hollar ayniqsa tog`li 
rayonlar uchun xarakterlidir. 
Odatda daryoning to`yinish manbalari miqdorini aniqlashda oqim 
gidrografidan foydalaniladi. 
Oqim gidrografini ayrim to`yinish manbalari bo`yicha vertikal bo`laklarga 
ajratib, tahlil qilish yordamida daryo suvining to`yinish manbalari miqdoran 
baholanadi. Bunday baholash birinchi marta taniqli gidrolog olim V.G.Glushkov 
tomonidan amalga oshirilgan. 
Oqim gidrografini to`yinish manbalariga bog`liq holda vertikal bo`laklarga 
ajratishning bir necha usullari mavjud. Eng oddiy usullardan biri shundan iboratki, 


52 
gidrografda bahor oldi va toshqin suv davrlari oralig`ida barcha kam suvli 
davrlardagi eng past nuqtalar to`g`ri chiziqlar bilan birlashtiriladi. 
Bunda daryoga qo`shiladigan yer osti suvlarining rejimini hisobga olmaslik 
birmuncha xatoliklarga olib keladi. Shu tufayli keyingi yillardagi tadqiqotlar 
natijasida daryolarga qo`shiladigan yer osti suvlari rejimini hisobga olishning bir 
qancha usullari yaratildi. 
Tog` daryolari uchun oqim gidrografini to`yinish manbalari bo`yicha 
vertikal bo`laklarga ajratish birmuncha qiyin. Chunki tog` daryolarida qor suvlari, 
yomg`ir suvlari, muzlik suvlari va yer osti suvlarining tekislik daryolariga 
nisbatan ancha murakkab bog`liqligi mavjud. Shuning uchun ham ularda to`yinish 
manbalarining hissasini baholash oqim gidrografi bilan birgalikda (kompleks 
holda) chizilgan yog`in va havo haroratining yil ichida tebranishi chizmalarini 
o`zaro solishtirgan holda amalga oshiriladi. Quyida daryolarning to`yinish 
manbalarini miqdoriy baholashni Chirchiq daryosining o`ng irmog`i-Ugom daryosi 
misolida ko`rib chiqamiz. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling