5. Suv rejimi turli davrlarining yillik oqim hajmidagi hissasini aniqlash


ma’lumotlardan foydalanib yer osti suvlari, yomg`ir suvlari, qor suvlari


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana25.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1230422
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-амалий ГИДРОЛОГИЯ АМАЛИЙ МАШГУЛОТЛАР (1)

ma’lumotlardan foydalanib yer osti suvlari, yomg`ir suvlari, qor suvlari, 
muzlik suvlarning hissasini aniqlash. 
 
Ishning maqsadi. Mazkur amaliy mashg`ulotning maqsadi talabalarni 
daryolarning to`yinish manbalarini miqdoriy baholash usullarini to`la o`zlashtirib 
olishlariga imkon berish hamda ularni amalda qo`llashga o`rgatishdir. 


51 
Ishning nazariy asoslari 
Tayanch atamalar va iboralar: daryolarning to`yinish manbalari, yomg`ir 
suvlari hisobiga to`yinish, erigan qor suvlari hisobiga to`yinish, muzliklarning 
erishi hisobiga to`yinish, yer osti suvlaridan to`yinish, daryolarni to`yinish 
manbalariga ko`ra tasniflash, SHuls koeffitsienti, gidrografni vertikal bo`laklarga 
ajratish.
Yer kurrasidagi barcha daryolar to`yinishining asosiy manbai atmosfera 
yog`inlaridir. Yer sirtiga yomg`ir ko`rinishida tushgan atmosfera yog`inlari yer 
yuzasida oqim hosil qiladi va daryolar to`yinishining bevosita manbai bo`ladi. 
Agar yog`in qor ko`rinishida yog`sa, u yer sirtida yig`ilib, havo harorati 
ko`tarilgach, eriydi. Qorning erishidan hosil bo`lgan suvlar ham daryolar 
to`yinishida qatnashadi. 
Yer yuzasining baland tog`li qismiga yoqqan qorlar bir yoz mavsumida 
erib ulgurmaydi. Natijada u yerdagi qor zaxirasini boyitib, muzliklar, doimiy 
qorliklarning paydo bo`lishiga olib keladi. Ana shu baland tog`lardagi asriy 
qorliklar va muzliklar suvi daryolar to`yinishining yana bir manbai hisoblanadi. 
Yomg`ir suvlari, qor va muzliklarning erishidan hosil bo`lgan suvlarning 
bir qismi yer ostiga sizilib, grunt va yer osti suvlariga qo`shiladi. Yer osti va grunt 
suvlari ham daryo o`zaniga sekin astalik bilan qo`shiladi, natijada daryolarda 
doimiy suv bo`lishi ta’minlanadi. Shunday qilib, daryolar to`yinishining quyidagi 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling