5– Tajriba ishi Mavzu: Mavxum qaynash qatlamining gidrodinamikasi Ishdan ma qsad


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana11.05.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1452978
  1   2   3   4
Bog'liq
5-tajriba (1)



5– Tajriba ishi 
Mavzu: Mavxum qaynash qatlamining gidrodinamikasi
 
Ishdan ma
qsad: Mavxum qaynash qatlamining gidrodinamikasini o‘rganish. 
Nazariy qism. 
Suyuqlik oqimi istalgan tezliklarda, faqat pastdan yuqoriga xarakat
qilgandagina, donador qatlam orqali suyuqlik xarakati qonuniyatlari ushbu jarayon 
uchun taallu
qlidir. Suyuqlik oqimining yuqori chegarasi qatlam qo‘zg‘almas xolati 
bilan belgilanadi. 
5.1-rasmda qattiq zarrachalar qatlamining pastdan yuqoriga ko‘tariluvchi oqim 
tezligiga bog‘liqlik 3 xolati tasvirlangan. 
Gaz taksimlash to‘ri orqali pastdan yuqoriga qarab kichik tezlik bilan gaz yoki 
suyuqlik oqimi yuborilsa, donador qatlam quzgalmas xolatida qoladi (5.1a-rasm). 
Bunda oqim tezligi o‘zgarishi bilan qatlam (solishtirma yuza, govakdilik va xokazo) 
ning xarakteristikalari o‘zgarmaydi. Qatlam orqali utayotgan gaz (yoki suyuqlik) 
oddiy, filtrlanib xarakatlanadi. 
Lekin, gaz (yoki suyuqlik) oqimining tezligi asta - sekin oshirib borilsa, 
tezlikning ma’lum bir kritik qiymatida qatlamlagi zarrachalar og‘irligi bilan 
oqimning gidrodinamik bosim kuchi tenglashadi. Bunda 
qatlamning quzralmas 
xolati buziladi va uning govakliligi, balandligi ko‘payib boradi. SHu vaktda qatlam 
zarrachalari siljib boshlaydi va qatlam okuvchanlikka ega bo‘lib boshlaydi. Agar 
gaz oqimi tezligi yanada oshirilsa, qatlam kengayadi, zarrachalar xarakati 
faollashadi, lekin gidrodinamik muvozanat xali xam buzilmaydi. Bu xol qatlamning 
mavxum qaynash jarayoniga o`tganligini ko`rsatadi, ya’ni bugun qatlam xudsi 
qaynayotgandek bo‘lib kurinadi (5.1 6-rasm). Qatlamning bunday xolatida qattiq 
zarrachalar intensiv, tartibsiz, turli yunalishlarda xarakat kiladi. 
5.1-rasmQattiq zarrachalar qatlami orqali (suyuqlik) harakati. 
a – qo‘zg‘almas qatlam ; b- mavhum qaynash qatlami ; 
v – qattiq zararchalarning oqim bilan chiqib ketishi. 


Agar gaz oqimining tezligi yanada oshirilsa, qatlam g‘ovakliligi va balandligi 
keskin ko‘payib boradi. Gaz tezligi ma’lum bir kritik qiymatga etganda mavxum 
qaynash qatlami buziladi. Bunda gidrodinamik bosim kuchlari qatlam zarrachalari 
og‘irlik kuchidan oshib ketadi va qattiq zarrachalar gaz oqimi bilan birga uchib 
chiqa boshlaydi (5.1 v-rasm). Gaz oqimi bilan qattiq zarrachalarning yoppasiga 
uchib chika boshlash xodisasi pnevmotransport deb nomlanadi va sanoatda 
sochiluvchan materiallarni uzatish uchun ishlatiladi. 
5.2-rasmda donador qatlam balandligi va gidravlik qarshiligining oqim soxta 
(kurilma ko‘ndalang kesim yuzasiga nisbatan xisoblangan tezlik) tezligidan 
bog‘liqdik grafiklari keltirilgan. 
Qatlam qo‘zgalmasligi buzilib, mavxum qaynash xolatiga o‘tish paytidagi tezlik 
mavxum qaynashning boshlanish tezligi yoki birinchi kritik tezlik deb nomlanadi va 
w
mk
xarfi bilan belgilanadi. 
Agar, gaz oqimi tezligini w
mk
gacha oshirib borilsa donador qatlam gidravlik 
karshiligi ortib boradi (3.38b-rasm). Lekin, w
0
qiymati oshishi bilan qatlamning 
balandligi umuman o‘zgarmaydi (3.38a-rasm AVS chizik).Oqimning gidrodinamik 
bosim kuchi qattiq zarrachalar qatlami og‘irlik kuchiga teng bo‘lganda mavxum 
qaynash jarayoni boshlanadi. Lekin, amalda V nukgadagi tegishli bosimlar farki 
bevosita mavxum qaynash boshlanishiga (S nuqta) oid ∆R dan, ya’ni qatlamni 
mavxum qaynash xolatida ushlab turish uchun zarur gidrodinamik bosim kuchidan 
ko‘prok bo‘ladi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling