5-tema. Oqıwshilar bilimin bahalawdıń zamanagóy usılları yamasa xalıq-aralıq bahalaw dástúrleri


Kambagʻallar maktabda har doim yomon oʻqiydi, muhtojlik - bu qismatmi?


Download 40.93 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi40.93 Kb.
#1162232
1   2   3
Bog'liq
5-tema

Kambagʻallar maktabda har doim yomon oʻqiydi, muhtojlik - bu qismatmi?
2012-yilda PISA masalalarini yechishda Shanxayning eng kam taʼminlangan oilalarida ulgʻaygan 15 yoshli oʻquvchilarning 10 foizi matematikadan AQSH va boshqa koʻpchilik mamlakatlarning eng yaxshi taʼminlangan oilalarida ulgʻaygan 15 yoshli oʻquvchilarning 10 foizidan koʻra yaxshiroq natijalarni koʻrsatdilar.
Shunday qilib, PISA – 2015 tadqiqotida Estoniya va Vyetnamning eng nochor oilalari farzandlarining 10 foizi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning oʻrtacha oʻquvchilari koʻrsatgan natijalarni namoyish etdilar.
2006-yildan 2015-yilgacha boʻlgan davrda Qoʻshma Shtatlarda ijtimoiy kelib chiqish va oʻquvchilarning oʻzlashtirishi oʻrtasidagi bogʻliqlik PISA da ishtirok etayotgan boshqa har qanday mamlakatdagiga nisbatan koʻproq susaydi. 2006-yilda 15 yoshli eng qashshoq amerikaliklarning har beshinchisi tabiiy fanlardan eng yaxshi natijalarga erisha oldi. 2015-yilda buni har uchinchi oʻquvchi uddaladi. Shunday qilib, ijtimoiy harakatchanlik haqidagi amerikacha orzuni hayotga tadbiq etishga qodir oʻquvchilar ulushi 10 yil ichida 12 foizga oʻsdi. Barcha sohadagi islohotlarni amalga oshirishdan avval, albatta, xalqaro tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish va natijalarni kuzatib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatlarda olib borilayotgan taʼlim siyosatining qay darajada samara berayotganligi xalqaro reytinglarda oʻz aksini topadi.
ICILS, ICCS, TEDS, TIMSS, PIRLS, PISA, TALIS kabi xalqaro baholash dasturlari orqali turli yoʻnalishlar boʻyicha reytinglar aniqlanadi va eʼlon qilinadi. Bu dasturlar orasida eng nufuzlisi PISA baholash dasturi boʻlib, undagi ishtirokchi-davlatlar soni 85 tani tashkil etadi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2021-yilda oʻtkaziladigan PISA xalqaro tadqiqotida bizning oʻquvchilar ham ishtirok etishi, xalqaro arenalarda Oʻzbekiston ham oʻzini munosib tarzda namoyon etishi uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning Farmoniga muvofiq mamlakatimizning 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturining reytingi boʻyicha jahonning 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishga erishishi ustuvor vazifa etib belgilanganligi ham mazkur tadqiqotda muvaffaqiyatli ishtirok etib borish masalasiga hukumat darajasida yuksak eʼtibor qaratilayotganligidan dalolatdir.
Mazkur tadqiqotning jozibasi nimada? U dunyo taʼlim tizimiga qanday taʼsir etmoqda? Mazkur savollarga javobni PISA tadqiqotining koʻp yillik tahlillariga asosan xalqaro ekspertlar, tadqiqotchilar mulohazalariga hamda PISA dasturining asoschisi va koordinatori, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Taʼlim departamenti rahbari janob Andreas Shlyayxerning “Jahon miqyosidagi taʼlim. XXI asr maktab tizimini qanday barpo etmoq kerak?” (“Worldwide Education. How to build a 21st-century school system?”) nomli noyob kitobidan olish mumkin.
PISAning boshlanishi. 1990-yillarning oxirida aynan taʼlim siyosatini ishlab chiqish uchun tadqiqotlarda aniq ilmiy yondashuvni qoʻllash gʻoyasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan oʻquvchilarning taʼlimdagi yutuqlarini baholash boʻyicha xalqaro dastur – PISA tadqiqotining yaratilishiga olib keldi.
PISAning maqsadi – taʼlim tashkilotlari va taʼlim siyosatini belgilaydigan shaxslarga sinf, maktab va butun mamlakat chegarasidan tashqariga nazar solishga yordam berishdir. U ishonchli maʼlumotlarni toʻplaydi va ularni oʻquvchilar haqidagi keng qamrovlimaʼlumotlar bilan birlashtiradi.
Bugun PISA tadqiqotlari – bu nafaqat mamlakatlarni qiyoslash, balki PISA tadqiqotida ixtiyoriy qatnashayotgan minglab taʼlim tashkilotlarini ham taqqoslashdir. Bu ularga oʻz natijalarini butun dunyo maktablari bilan qiyoslash imkonini beradi.
PISA tadqiqotlarida yuqori natijani koʻrsatish uchun oʻquvchilar fanlar chegarasidan chiqib fikrlashlari va yangi vaziyatlarda oʻz bilimlarini ijodiy qoʻllay olishlari lozim.
PISA tadqiqoti taʼlim sohasidagi islohotlarning oʻziga tortuvchi kuchi boʻla olishini isbotladi. Har uch yilda oʻtkaziladigan bu baholash taʼlim siyosatini belgilovchi shaxslarga murakkab islohotlarga oid qarorlarni tahliliy manba bilan mustahkamlab, qabul qilishga yordam beradi. Bugun PISA tadqiqoti vositasida jahon iqtisodiyotining 80 foizini tashkil etadigan 90 dan ortiq mamlakat bahs-munozara olib bormoqda.



Download 40.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling