5-tema. Oqıwshilar bilimin bahalawdıń zamanagóy usılları yamasa xalıq-aralıq bahalaw dástúrleri


Download 40.93 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi40.93 Kb.
#1162232
  1   2   3
Bog'liq
5-tema


5-tema. Oqıwshilar bilimin bahalawdıń zamanagóy usılları yamasa xalıq-aralıq bahalaw dástúrleri (PISA, PIRLS, TIMSS)
Reje
1.Xaliqaraliq bahalaw dásturleri,biliw imkaniyatin aniqlawdiń zamanagóy usillari.
2.PISA,PIRLS,TIMSS dasturleri haqqinda maģliwmat.
3.PISA dasturiniń maqseti ham zàrùrligi.
4.PISA testleri ham olardiñ dùzilisi.
5.Oqiwshilardiń bilim sawatxanliģin bahalaw boyinsha Xaliqaraliq PIRLS ushin mólshellengen shiniģiw dapteri
Adebiyatlar
1. Mansurov U., Raxmatullaeva A. Tarix wqigish metodikasi. - T., 2019.
2. Tarix fani bwyicha Ózbekiston Respublikasi uzluksiz tálim dasturlari majmuasi. / Mualliflar jamoasi. - T., 2021.
3. Tarbiya fani bwyicha Ózbekiston Respublikasi uzluksiz tálim dasturlari maismuasi. / Mualliflar jamoasi. — T., 2021.
4. Muslimov N.A. vaboshq. İnnovatsion tálim texnologiyalari. Wquv metodik qullanma. - T.: Sano-standart, 2015. - 208 b.

Barcha sohadagi islohotlarni amalga oshirishdan avval, albatta, xalqaro tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish va natijalarni kuzatib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatlarda olib borilayotgan taʼlim siyosatining qay darajada samara berayotganligi xalqaro reytinglarda oʻz aksini topadi.


ICILS, ICCS, TEDS, TIMSS, PIRLS, PISA, TALIS kabi xalqaro baholash dasturlari orqali turli yoʻnalishlar boʻyicha reytinglar aniqlanadi va eʼlon qilinadi. Bu dasturlar orasida eng nufuzlisi PISA baholash dasturi boʻlib, undagi ishtirokchi-davlatlar soni 85 tani tashkil etadi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2021-yilda oʻtkaziladigan PISA xalqaro tadqiqotida bizning oʻquvchilar ham ishtirok etishi, xalqaro arenalarda Oʻzbekiston ham oʻzini munosib tarzda namoyon etishi uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning Farmoniga muvofiq mamlakatimizning 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturining reytingi boʻyicha jahonning 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishga erishishi ustuvor vazifa etib belgilanganligi ham mazkur tadqiqotda muvaffaqiyatli ishtirok etib borish masalasiga hukumat darajasida yuksak eʼtibor qaratilayotganligidan dalolatdir.
Mazkur tadqiqotning jozibasi nimada? U dunyo taʼlim tizimiga qanday taʼsir etmoqda? Mazkur savollarga javobni PISA tadqiqotining koʻp yillik tahlillariga asosan xalqaro ekspertlar, tadqiqotchilar mulohazalariga hamda PISA dasturining asoschisi va koordinatori, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Taʼlim departamenti rahbari janob Andreas Shlyayxerning “Jahon miqyosidagi taʼlim. XXI asr maktab tizimini qanday barpo etmoq kerak?” (“Worldwide Education. How to build a 21st-century school system?”) nomli noyob kitobidan olish mumkin.
PISAning boshlanishi. 1990-yillarning oxirida aynan taʼlim siyosatini ishlab chiqish uchun tadqiqotlarda aniq ilmiy yondashuvni qoʻllash gʻoyasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan oʻquvchilarning taʼlimdagi yutuqlarini baholash boʻyicha xalqaro dastur – PISA tadqiqotining yaratilishiga olib keldi.
PISAning maqsadi – taʼlim tashkilotlari va taʼlim siyosatini belgilaydigan shaxslarga sinf, maktab va butun mamlakat chegarasidan tashqariga nazar solishga yordam berishdir. U ishonchli maʼlumotlarni toʻplaydi va ularni oʻquvchilar haqidagi keng qamrovlimaʼlumotlar bilan birlashtiradi.
Bugun PISA tadqiqotlari – bu nafaqat mamlakatlarni qiyoslash, balki PISA tadqiqotida ixtiyoriy qatnashayotgan minglab taʼlim tashkilotlarini ham taqqoslashdir. Bu ularga oʻz natijalarini butun dunyo maktablari bilan qiyoslash imkonini beradi.
PISA tadqiqotlarida yuqori natijani koʻrsatish uchun oʻquvchilar fanlar chegarasidan chiqib fikrlashlari va yangi vaziyatlarda oʻz bilimlarini ijodiy qoʻllay olishlari lozim.
PISA tadqiqoti taʼlim sohasidagi islohotlarning oʻziga tortuvchi kuchi boʻla olishini isbotladi. Har uch yilda oʻtkaziladigan bu baholash taʼlim siyosatini belgilovchi shaxslarga murakkab islohotlarga oid qarorlarni tahliliy manba bilan mustahkamlab, qabul qilishga yordam beradi. Bugun PISA tadqiqoti vositasida jahon iqtisodiyotining 80 foizini tashkil etadigan 90 dan ortiq mamlakat bahs-munozara olib bormoqda.
PISA shok” – magʻrurlik chekindi
PISA dasturining eng muhim kashfiyotlaridan biri shuki, taʼlim tizimlari oʻzgarishi va yaxshilanishi mumkin. PISA maʼlumotlari ijtimoiy nochorlik va maktab bolalarining yomon natijalari oʻrtasida gʻayriixtiyoriy aloqa yoʻqligini isbotladi. Madomiki ayrim mamlakatlar oʻzlashtirishni koʻtarishga qaratilgan siyosatni olib borishi mumkin ekan, nega endi boshqa mamlakatlar bunday qilolmaydi? Germaniyada PISA – 2000 tadqiqoti natijalari atrofida boʻlgan bahslar oʻta shiddatli kechdi. Oʻquvchilarning kutilgan natijalarni mutlaqo aks ettirmaydigan past natijalari bilan toʻqnash kelgan siyosatchilar “PISA - shok” holatini boshdan kechirishdi.
PISA – 2000 natijalari mamlakatning turli ijtimoiy-iqtisodiy statusga ega boʻlgan maktablarining taʼlim natijalarida sezilarli darajada nomuvofiqliklar borligini koʻrsatdi. Ushbu tadqiqotlar Finlyandiyadagi maktablarning yuqori barqarorlikka ega ekanini koʻrsatgani Germaniyada chuqur taassurot uygʻotdi. Nemis maktablari oʻrtasidagi farq 50 foizga yetgan bir paytda, Finlyandiyadagi turli maktablar oʻquvchilarining natijalaridagi farq 5 foizdan oshmas edi. Boshqacha aytganda, Germaniyada bolani aynan qaysi maktabga berish juda muhim edi.
Nemis maktab tizimi anʼanaviy tarzda bolalarni oʻn yoshida turli yoʻnalishlar boʻyicha ajratadi. Bunda ularning baʼzi birlari akademik taʼlim yoʻlidan ketadi va intellektual xodim boʻlib yetishadi, boshqalari esa kasbiy yoʻldan ketadi va oqibatda intellektual xodimlarga ishlaydi. PISA tadqiqoti bunday saralash jarayoni koʻp narsada mavjud ijtimoiy-sinfiy tuzilmani mustahkamlaganini koʻrsatadi.
2000-yillarning boshida Germaniya taʼlim sohasiga moʻljallangan federal xarajatlarni amalda ikki barobar oshirdi. Ammo bahs-munozaralar keng koʻlamli islohotlarga hayot bagʻishladi, bu islohotlarning baʼzilari butun tizimni sezilarli darajada oʻzgartirib yubordi. Bolalarni erta yoshidan tarbiyalash keng tus oldi, maktablar uchun milliy taʼlim standarti joriy qilindi va kam taʼminlangan oʻquvchilarga, immigrantlarning bolalariga koʻproq yordam koʻrsatila boshladi. Toʻqqiz yildan keyin PISA natijalari taʼlim sifatida ham, taʼlim imkoniyatlarining tengligida ham Germaniyada sezilarli yaxshilanish roʻy berganini namoyish etdi.
Germaniya nisbatan qisqa muddatda oʻz taʼlim tizimini yaxshilagan yagona mamlakat emas. Janubiy Koreyaning oʻrtacha koʻrsatkichlari 2000-yildayoq yuqori edi, ammo koreyaliklarni elitaning tor doirasi vakillarigina PISA tadqiqotida oʻqish savodxonligi boʻyicha yuqori darajaga erishayotgani xavotirga solardi. Oʻn yildan kamroq muddat ichida Janubiy Koreya yuqori koʻrsatkichlarga ega oʻquvchilar sonini ikki barobarga oshira oldi.
Polsha maktab tizimini tubdan qayta qurish har xil maktab oʻquvchilarining oʻzlashtirishidagi tafovutlarni qisqartirish, kuchsiz maktablar koʻrsatkichlarini oshirish va ularning umumiy samaradorligini ikki barobarga koʻtarish imkonini berdi. Portugaliya, xuddi Kolumbiya va Peru singari oʻzining tarqoq maktab tizimini mustahkamladi va umumiy oʻzlashtirishni yaxshilay oldi.
Mamlakatlarning PISA reytingidagi nisbiy oʻrni asosan ijtimoiy va madaniy omillarni aks ettiradi, deb taʼkidlaydiganlar ham taʼlimni yaxshilash mumkinligini tan olishga majbur boʻldi.
Estoniya va Finlyandiya Yevropadagi pedagoglar va siyosatchilar uchun mashhur sayohat yoʻnalishiga aylandi. Bu mamlakatlarda oʻquvchilar 6 yoshga toʻlgandan keyin maktabga boradi va boshqa mamlakatlarga qaraganda bir oʻquv yilida mashgʻulotlarga kam vaqt sarflaydi. Ammo oʻn besh yoshida bu oʻquvchilar oʻzlarining ijtimoiy-iqtisodiy statuslariga qaramay dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biriga erishadilar. Va amalda bu mamlakatlar maktablar oʻrtasidagi oʻzlashtirishda hech qanday tafovutlarsiz aʼlo darajadagi taʼlim sifati va barcha maktablar taʼlim tizimidagi taʼlim imkoniyatlari tengligini rivojlantirishning uddasidan chiqmoqdalar.
PISA ilk raundlari davomida yuqori samaradorlikka ega va tez takomillashayotgan taʼlim tizimlarining koʻpchiligi Sharqiy Osiyoda ekani maʼlum boʻldi. Bu natijalar Gʻarbda hammaga rasm boʻlib qolgan, koʻpincha bu Osiyo mamlakatlaridagi muvaffaqiyatni oʻquvchilarga yuqori bosim oʻtkazishga va oʻquv materialini yuzaki, tushunmasdan yodlab olishga qaratilganiga yoʻyadigan fikrga qarshi chiqdi.
PISA reytingida gʻalabaga erishish uchun yod olish kamlik qiladi. 2012-yilda muammolarni hal qilish boʻyicha ijodiy koʻnikmalarni baholash uchun PISA oʻzining dastlabki testlarini taqdim etdi. Koʻp kuzatuvchilar, ular reyting jadvallarini ostin-ustun qilib yuboradi yoki, hech boʻlmasa, Sharqiy Osiyoning ancha-muncha past natijalarini namoyish etadi, deb bashorat qilishdi. Ammo birinchi oʻringa bir avlod yetishib chiqqan davrdayoq rivojlanayotgan mamlakatdan zamonaviy industrial davlatga aylangan Singapur chiqdi. Garchi bizning tasavvurimizda Singapurdagi fuqarolik jamiyati hozirgacha fuqarolarning siyosiy jarayonlarga aralashuvi cheklanganligi bilan ajralib tursada, Singapurdagi taʼlim Gʻarbda deyarli sezilmagan tinch revolyutsiyani boshidan kechirdi. Hozirgi paytda mamlakat oʻz taʼlim muassasalarining sifati boʻyicha ham, innovatsion taʼlim strategiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etishda pedagoglarning ishtirok etish darajasi boʻyicha ham peshqadamlik qiladi.
Yaponiya PISA boʻyicha eng yaxshi natijalarni koʻrsatgan mamlakatlardan biri boʻldi, biroq tadqiqotda oʻquvchilar odatda oʻquv fanining mazmunini asliday aytib berish talab qilinadigan masalalarni juda yaxshi uddalashlariga qaramay, tadqiqot oʻz bilimini yangi sharoitlarda qoʻllashni talab etadigan ochiq turdagi topshiriqlarni ancha yomon bajarishlarini koʻrsatdi.
Yaponiya taʼlim sifatini baholash milliy tizimiga PISA topshiriqlariga oʻxshash ochiq javobli topshiriqlar kiritildi. Bu kiritilgan yangilik oʻquv jarayonining oʻzgarishida ijobiy aks etdi. 2006-yildan 2009-yilgacha Yaponiyada Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo mamlakatlar ichida ochiq topshiriqlardan iborat boʻlim natijalarida eng tezkor yaxshilanish yuz berdi.
Amerika Qoʻshma Shtatlarda, aksincha, PISAning birinchi tadqiqotlariga nisbatan kam eʼtibor qaratildi. Ammo bu vaziyat 2006-yilda oʻtkazilgan tadqiqot natijalari eʼlon qilinganidan soʻng oʻzgardi. Amerikalik taʼlim rahnamolari oʻz hamkasblari – eng samarali jahon taʼlim tizimi vakillari bilan hamkorlik qilish uchun sayohat qila boshladilar.
Faqat 2009-yildagina 2009-yildan 2015-yilgacha Taʼlim vazirligini boshqargan Arne Dunkan uning natijalariga astoydil eʼtibor qaratdi. Vazirning Race to the Top (“Choʻqqi tomon poyga”) deb nomlangan tashabbusi Amerika shtatlari oʻrtasidagi raqobatni kuchaytirishga emas, shtatlar rahbarlarini eng samarali jahon taʼlim tizimlarini oʻrganishga undashga qaratilgan edi.
Germaniyada hatto PISA dasturiga bagʻishlangan juda mashhur telekoʻrsatuv ham paydo boʻldi. Bu koʻrsatuv professional bahs-munozaraning taʼlim, jamiyat va iqtisodiyot muammolarining ommaviy muhokamasiga aylanishiga imkon yaratdi.
2000-yildagi tadqiqotlarning birinchi davrida qatnashgandan keyin toʻqqiz yil oʻtib Braziliya oʻqish savodxonligi sohasida eng katta oʻsishni namoyish qildi. Meksikada ham xuddi shunday tajriba oʻtkazildi.
1960-yillarda AQSHda maktabni muvaffaqiyatli tugatgan yoshlar soni juda koʻp boʻlib, u taʼlim sohasida yetakchi mamlakat edi. Umumtaʼlim maktablariga kiritilgan investitsiyalar mamlakat iqtisodiy rivojining garovi boʻldi. Ammo 1970-1980-yillarda boshqa mamlakatlar AQSH dan oʻzib keta boshladi. 1990-yillarga kelib maktab bitiruvchilarining koʻrsatkichlari boʻyicha AQSH birinchi oʻrindan oʻn uchinchi oʻringa tushib qoldi. Bunda Amerika Qoʻshma Shtatlarning taʼlim koʻrsatkichlari shiddat bilan orqaga qaytmadi, biroq rivojlanish dinamikasini saqlab qololmadi.
Aksincha, 1960-yillarda Janubiy Koreyadagi turmush darajasini bugungi Afgʻonistonning turmush darajasi bilan qiyoslasa boʻlar edi, mamlakat juda past taʼlim darajasiga ega edi. Hozir Janubiy Koreyada maktabni muvaffaqiyatli tugatgan oʻsmirlarning ulushi eng yuqori. Janubiy Koreya oʻzini yuqori texnologiyali iqtisodiyotga ega mamlakatga aylantirdi va bunga taʼlim tizimi mustahkam asos boʻldi.

Download 40.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling