5-tema. Oqıwshilar bilimin bahalawdıń zamanagóy usılları yamasa xalıq-aralıq bahalaw dástúrleri


O‘zbekiston maktablari milliy reytingi


Download 40.93 Kb.
bet3/3
Sana04.02.2023
Hajmi40.93 Kb.
#1162232
1   2   3
Bog'liq
5-tema

O‘zbekiston maktablari milliy reytingi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan respublika maktablar milliy reytingi ishlab chiqilgan. 2019 yilgi reytingning birinchi pog‘onasini Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 27-maktab band etgan. Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 1-maktab ikkinchi, Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 30-maktab uchinchi o‘rindan joy olgan. Reyting tuzishda 9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasi, oliy va birinchi toifadagi o‘qituvchilar ko‘rsatkichi va so‘rovnomalar natijalari asosidagi to‘plangan ballar hisobga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 5 sentyabrdagi «Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»ga farmoni asosida 2019 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumta'lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha reytingini tuzish vazifasi yuklatilgan. Ushbu farmon ijrosi yuzasidan umumta'lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha milliy reyting tizimi ishlab chiqilgan. Mazkur reyting kelgusida xalqaro maydonda, O‘zbekiston Respublikasining PISA-2021 xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlik jarayoniga ham xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Top-20talikdagi qolgan o‘rinlar quyidagicha joylashgan:
4-o‘rin – Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani 66-maktab;
5-o‘rin – Namangan viloyati, Pop tumani, 7-maktab;
6-o‘rin – Xorazm viloyati, Gurlan tumani, 41-maktab;
7-o‘rin – Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, 37-maktab;
8-o‘rin – Namangan viloyati, Namangan tumani, 23-maktab;
9-o‘rin – Namangan viloyati, Uychi tumani, 23-maktab;
10-o‘rin – Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, 26-maktab;
11-o‘rin – Xorazm viloyati, Shovot tumani, 28-maktab;
12-o‘rin – Xorazm viloyati, Gurlan tumani, 30-maktab;
13-o‘rin – Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar 10-maktab;
14-o‘rin – Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, 5-maktab;
15-o‘rin – Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, 4-maktab;
16-o‘rin – Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, 28-maktab;
17-o‘rin – Xorazm viloyati, Xiva shahar, 2-maktab;
18-o‘rin – Xorazm viloyati, Gurlan tuman, 23-maktab;
19-o‘rin – Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, 10-maktab;
20-o‘rin – Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani, 58-maktab;
Eng yaxshi 20ta maktab qatoridan Sirdaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablari joy ololmagan. Jumladan, Samarqand viloyatining eng yaxshi ball olgan maktabi ro‘yxatning 51-o‘rnidan joy olgan bo‘lsa, Sirdaryo vakili 61-, Qoraqalpog‘istonning eng yaxshi maktabi 100-o‘rinda joylashgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2019/2020 o‘quv yilida umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash doirasida nazorat ishlari va so‘rovnomalar o‘tkazildi.
So‘rovnomalarni o‘tkazishda xalqaro tajribalardan foydalanilgan bo‘lib, o‘rganishlar davomida O‘zbekiston tuman va shaharlaridagi maktablarda ta’lim sifati tahlil qilindi. Asosiy mezon sifatida quyidagi 4 ta ko‘rsatkich e’tiborga olingan:
 bitiruvchi o‘quvchilarning (11-sinf) umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarlik darajasi va sifat ko‘rsatkichi (35 ball);
 9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasi (25 ball);
 oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi (20 ball);
 umumta’lim muassasasining o‘quvchilari va pedagog jamoasi o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalari (20 ball).
Joriy qilinayotgan reyting indikatorlarida jami natijaning 60 foizi o‘quvchilar bilim darajasini aks ettiradi.
Yuqoridagi indikatorlar asosida respublikaning 992 ta (jamiga nisbatan 10%) umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (maktablar) faoliyati tahlil qilindi. 1 iyul holatiga ko‘ra tayyorlangan reyting natijalari bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari egalladi. Eng quyi o‘rinlardan Sirdaryo, Toshkent viloyati va Surxondaryo viloyatlari joy oldi.
Umumiy reyting bo‘yicha eng yuqori 20 talikdan Andijondan 6 ta, Farg‘onadan 4 ta, Xorazmdan 2 ta, Qoraqalpog‘istondan 2 ta, Namangandan 2 ta, Buxorodan 1 ta, Samarqanddan 1 ta, Qashqadaryodan 1 ta, Surxondaryodan 1 ta maktab joy.
Eng oxirgi 20 talikka Qashqadaryodan 5 ta, Surxondaryodan 4 ta, Samarqanddan 3 ta, Toshkent viloyatidan 2 ta, Sirdaryodan 2 ta, Toshkent shahridan 1 ta, Andijondan 1 ta, Qoraqalpog‘istondan 1 ta, Buxorodan 1 ta maktab kirgan.
Download 40.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling