Bayonnomasi №11 Xiva shahar kun tartibi


Download 20.79 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi20.79 Kb.
#1015508
Bog'liq
Bayonnoma


Xiva shahar 15-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan boshlang’ich sinflar uslub birlashma yig’ilish

B A Y O N N O M A S I № 11
____________________ Xiva shahar

KUN TARTIBI:

  1. 4-sinflarda “Ertaklar-yaxshilikka yetaklar” mavzusida 4-sinflar o’rtasida o’tkazilgan bellashuv to’g’risida.



QATNASHGANLAR:
Maktab direktori: G. Matkarimova, BSBDO’: M.Pirnazarova va boshlang’ich sinf o’qituvchilari.

ESHITILDI:
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori G. Matkarimova so’zi tinglandi. Ko’rik tanlovda 4-“A”, 4-“B”, 4-“D” sinf o’quvchilari ishtirokida “Ertaklar-yaxshilikka yetaklar” mavzusida ko’rik tanlov bo’lib o’tdi. 4-“A”, 4-“B”, 4-“D” sinf rahbarlari Rahmonova Nargiza, Bobojonova Momojon, Polvonova Nilufarlar tashkillashtirgan ko’rik tanlov yaxshi faol o’tdi. Sahna bezaklari, o’quvchilarning formasi tadbirga mos bezatilgan. O’quvchilar ona tili, o’qish faniga, kitobga bo’lgan qiziqishlarini namoyish qildilar. Ertaklar asosida sahna ko’rinishlari, qiziqarli topshiriqlar, she’rlarni ifodali o’qish, maqollar va milliy raqslar namoyish qilindi. O’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirishda tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’rik tanlov natijasiga ko’ra, 4-“A” sinf o’quvchilari 86 ball to’plab I-o’rinni egalladilar. 4-“B” sinf o’quvchilari 82 ball to’plab II-o’rinni, 4-“D” sinf o’quvchilari 80 ball to’plab III-o’rinni egalladilar.
Shundan so’ng BSBDO’: M. Pirnazarova so’zi tinglandi.
O’qituvchilar Rahmonova Nargiza, Bobojonova Momojon, Polvonova Nilufarlar sinflar bo’yicha o’tkazgan ko’rik tanlov haqiqatdan ham o’quvchilarni o’qish, ona tili faniga bo’lgan qiziqishlarini, mehrini oshirishga qaratilgan. O’quvchilarning mustaqil ijodiy ishlari namoyish qilindi. O’quvchilar kitobni ulug’lash, kitob mutoalasining afzalliklari, ertaklar yaxshilikka yetaklashi, ezgulik hamisha g’olib bo’lishini sahna ko’rinishlari orqali namoyish qildilar.
Boshlang’ich sinflar bo’yicha direktor o’rinbosari Pirnazarova Maryambibi o’z so’zida fikr, mulohazalarini bildirdi. 4-sinf o’quvchilari ishtirokidagi ko’rik tanlov juda mazmunli o’tdi. O’quvchilarning kitob mutoalasiga bo’lgan qiziqishlarini orttirib yanada ko’proq ertak kitoblar o’qishga undadi. Tanlovda namoyish qilingan ertaklar, sahna ko’rinishlari barchada yaxshi tassurot qoldirdi.
Yuqoridagilarni hisobga olib yig’ilish:
QAROR QILADI:

  1. Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori G. Matkarimova so’zi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Ko’rik tanlov natijasiga ko’ra 4-“A” sinf o’quvchilari 86 ball to’plab I-o’rinni egalladilar. 4-“B” sinf o’quvchilari 82 ball to’plab II-o’rinni, 4-“D” sinf o’quvchilari 80 ball to’plab III-o’rinni egallagan hisoblansinlar, va maktab ma’muriyati tomonidan fahriy yorliq bilan taqdirlansinlar.

  3. 4-“D” sinf o’qituvchisi Polvonova Nilufar maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlansin.

Maktab direktori: G. Matkarimova



BSBDO’: M. Pirnazarova

Uslub birlashma rahbari: N. Rahmonova
Download 20.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling