5-variant iqtisodiy o’sishga omillar pul taklifining kengaytirilgan modeli mandel fleming modeliga tasnif bering


Download 1.19 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1471462
Bog'liq
5-variant

5-variant. 1.iqtisodiy o’sishga omillar. 2.pul taklifining kengaytirilgan modeli. 3.mandel fleming modeliga tasnif bering.

Tayyorladi: hamdamov asilbek

Guruh: BT-90


Oʻsish (iqtisodiyotda) — mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish hajmining oldingi yil (davr)larga nisbatan koʻpaygan miqdorda takrorlanishi. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yildan yilga aholi sonining koʻpayishi, kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy Oʻsishni shart qilib qoʻyuvchi asosiy sabablardandir. Iqtisodiy Oʻsish aholi turmush darajasini oshirishga, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Iqtisodiy Oʻsish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarishning ilgʻor tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy Oʻsish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil qoʻpaytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi.
Iqtisodiy Oʻsish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy holatini ifodalaydi. Real YAIM hajmining oʻzgarishi mamlakat iktisodiyoti holati va dinamikasi toʻgʻrisida maʼlumot bersada, iqtisodiy Oʻsishni toʻliq aks ettirmaydi. Masalan, mamlakat aholisining Oʻsish surʼati 3% ni, real YAIM ning Oʻsish surʼati ham 3% ni tashkil etdi. Bunday holatda, garchi YAIM hajmi oʻsgan boʻlsada, kishilarning daromadlari oʻzgarmay qoladi. Shu sababli iqtisodiy Oʻsishni toʻlaroq aks ettirish uchun boshqa bir koʻrsatkich — aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan real YAIMning oʻzgarishi qoʻllaniladi.
Iqtisodiy Oʻsishning sifat omillari ham mavjud boʻlib, ularga mehnat, kapital va yer (tabiiy) resurslari unumdorligi kiradi. Sifat omillari hisobiga yuz beradigan iqtisodiy Oʻsish intensiv oʻsish deb yuritiladi.
Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat kilinadi va
(M/P)s darajasida kayd kilingan deb olamiz. Agarda M -pul taklifiniP-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zaxirasi mikdorini ko`rsatadi. (M/P) s = M*/P* Bu erda: M - pul taklifi darajasini bildiradi; P – baxolar darajasi (ushbu modelda ekzogen o`zgaruvchi )ni ko`rsatadi. 18-chizma real pul taklifi mikdoridagi foiz stavkasiga boglik bo`lmagan vaziyatni ko`rsatadi. SHuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda ko`rsatayotganimizdek vertikal chizik ko`rinishiga ega bo`ladi. Bu xolat foiz stavkasi kanchalik o`zgarishiga karamasdan real pul taklifi mikdori o`zgarmasdan kolgan vaziyatni aks ettiradi. Baxolar darajasini xam barkaror deb kabul kilamiz. Bu xolatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda Ms to`gri chizik ko`rinishiga ega bo`ladi. Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proportsional egri chizik ko`rinishiga ega. Muvozanat nuktasida pul talabi va taklifi o`zaro teng, (19-chizma). O`zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining o`zgarishi natijasida iktisodiy agentlar o`z aktivlari tarkibini o`zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta`sir etib uni o`zgartirish zarur va mumkindir.
 Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli  Ichki muvozanat - inflyatsiya jarayonlari mavjud bo’lmagan ( yoki uning barqaror past darajasidagi) to’liq bandlik sharoitida talab va taklifning balanslashganligidir. Qisqa muddatli davrda ichki muvozanat muammosi, birinchi navbatda, byudjet-soliq va pul-kredit siyosati vositasida yalpi talabni tartibga solish orqali ta’minlanadi. 
Tashqi muvozanat qayd qilingan, yoki suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida to’lov balansining nolga teng qoldig’ini ta’minlab turilishni anglatadi. Alohida holatlarda bu muammo ikki o’zaro mustaqil qismga bo’linadi: a) joriy operatsiyalar balansining belgilangan holatini ta’minlab turish; b) valyuta zahiralarining aniq belgilangan miqdorini saqlab turish. Tashqi va ichki muvozanatni ta’minlab turish usullari bir xil: byudjet-soliq va pul-kredit siyosati. Ayrim hollarda mustaqil usul sifatida almashinuv kursi siyosati ham ajratib ko’rsatiladi. 
Mandell-Fleming modeli tovar va xizmatlar bozori IS-LM modeliga qaraganda ko’proq tasvirlab beradi va sof export uchun yangi termin qo’shadi. Ayniqsa, tovarlar bozori quyidagi tenglama bilan ifodalanadi. Y=C(Y-T) + I(r) + G + NX

E’tiboringiz uchun rahmat

Tayyorladi: hamdamov asilbek

Guruh: BT90


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling