Mavzu: Korxonaning moliyaviy resruslari
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Korxonaning moliyaviy resruslari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonaning moliyaviy resruslari. Reja: 1.Korxonalarni moliyaviy soxasi va moliya bozori. 2.Kredit turlari.
- 5.Korxonaning moliyaviy axvolini baxolash. 1. Korxonalarni moliyaviy soxasi va moliya bozori.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO‘LIMI Iqtisodiyot yo‘nalishi 19.83 -guruh talabasi Axunova Nafisaning Moliya fanidan Mavzu: Korxonaning moliyaviy resruslari. Bajardi: Axunova Nafisa M U S T A Q I L I SH I Korxonaning moliyaviy resruslari. Reja: 1.Korxonalarni moliyaviy soxasi va moliya bozori. 2.Kredit turlari. 3.Aktsiyalarni chiqarish va joylashtirish. Aktsiyalarni sotish va sotib olish. 4.Lizing va lizing operatsiyalari. 5.Korxonaning moliyaviy axvolini baxolash. 1. Korxonalarni moliyaviy soxasi va moliya bozori. Bozor iktisodieti sharoitida tovar-pul munosabatlari-amal qilishi moliyaviy zaruriyatni ifodalaydi. Muomala doirasida tovar xarid kilinadi, sotiladi va bu jarayon yana takrorlanadi. Savdo firma va korxonalarning xo’jalik faoliyati tovar etkazib beruvchilar, bank, byudjet, xaridorlar, savdo xodimlari va boshqalar bilan bo’ladigan turli- tuman pul munosabatlaridan tarkib topadi. Pul mablaglarining rejali ravishda vujudga keltirilishi, tuplanishi va sarflanishini ifodalovchi iqtisodiy munosabatlar moliyani anglatadi. Moliya markazlashgan va markazlashtirilmagan fondlarni tashkil etish va foydalanish bilan boglikpul munosabatlarini o’z ichiga oladi. Markazlashtirilgan fondlarga davlat byudjeti, banklari, omonat kassalari, sug’o’rta organlari resurslari kiradi. Markazlashtirilmagan fondlarga davlat mulkidan boshqa mulk shaklidagi banklar, omonat kassalari, sug’o’rta firmalari, korxonalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish fondlari, mexnatga xak tulash fondlari, amortizao’iya, sug’o’rta, tavakkalchilik fondlari kiradi. Odatda moliya ikki vazifani: taksimot va nazorat vazifalarini bajaradi. Korxonalar o’z mablaglari etishmagan xolda zarur mablagni bankdan qarz olishi mumkin. Moliya bozori - bu pul bozoridir. Bu bozorni xamma agentlari - pul agentlaridir. Moliya bozorlarida boshqa bozorlardagidek sotuvchi va xaridorlar mavjud. Moliya bozorida ayirboshlanadigan tovarlar moliyaviy talablar bo’yicha ifodalangan. Moliyaviy majburiyat - bu kelgusida pulni tulashni buyniga olish, bugungi moliyaviy bozorda olinayotgan pulni kelgusida tulash. Moliyaviy vositachi rolini bank uynaydi. Moliyaviy bozor ishtirokchilari ikki guruxga bo’linadi: 1. Xarakatdagi sektor. 2. Moliyaviy vositachilar. Korxona doimo o’z foydasidan: * davlatga soliq; * bank krediti foizini; * ako’ionerlarga dividend tulashi zarur. Moliyaviy soxada yutuk keltiruvchi omillarga: vakt omili; tavakkalchilik omili; inflyao’iya omillari kiradi. Vakt omili muvaffakiyat imkoniyatlarini oshiradi va yomon natijalar extimolining pasaytiradi. Moliyaviy muxitni katta noanikligi tovarlar va xizmatlarga bo’lgan narx darajasini doimiy usishiga - inflyao’iyaga olib keladi. Inflyao’iya foiz stavkasiga, moliviy bozorlarga, investorlar daromadlariga. Korporao’iyalari loyixalariga, firmani kapital qo’yilmalariga, ya’ni barcha molyaviy muxitga ta’sir ko’rsatadi. Vakt omili bilan birgalikda olib boriladi. Tavakkalchiliksiz tadbirkorlik faoliyati bo’lishi mumkin emas. Tavakkalchilikni bir necha guruxlarga bo’lish mumkin: birinchidan, pulni xarid koboliyati tushib ketishi bilan boglik bo’lgan tavakkalchilik, boshqacha aytganda bu inflyao’iyali tavakkalchilikdir; ikkinchidan, moliyaviy tavakkalchilik, firmani moliyaviy xolati va xulk- atvoriga boglik bo’ladi; uchinchidan, operao’ion tavakkalchilik, sizni tovarlar va xizmatlar bozoridagi nostadilligini aniklaydigan mavkedir. Bu urinda uchta turdagi investorlarni ajratish mumkin: tavakkalchilikni yoktirmaydigan; unga neytral karaydigan; tavakkalchilikni yaxshi deb xisoblaydigan. Bozor munosabatlari rivojlanib, uning elementlari tobora kuprok tadbik etilayotgan, iqtisodiyot islox etilib, aktsiyadorlik jamiyatlarining soni usib borayotgan, bank ishi xar tomonlama rivojlanib, takomillashib kelayotgan, xalqaro aloqalar kengayib, mamlakat jaxon iqtisodiyot tizimiga kirib borayotgan sharoitlarda moliyaviy aktivlar tobora kuprok rusum bo’lib boradi. Moliyaviy bozorning eng muxim tomonlaridan biri shuki, bu bozor yuqori samara beradigan iqtisodiyotni faollik bilan shakllantirib boradi. Moliyaviy bozor sarmoyalarning safarbar etilishini ragbatlantirib, bush turgan pul mablaglarini iqtisodiyotdagi turli soxalar o’rtasida Qayta taksimlanishni ta’minlab beradi. Moliyaviy bozor rentabel korxonalarga mablag berib turish orqali samarali iqtisodiyot shakllanib borishiga yul ochadi. Xozirgi zamon moliya bozorini kup sonli moliya muassasalari yoki vositachilar tashkil qiladi. Bu - sotuvchilar va xaridorlar ya’ni, sotiladigan va xarid kilinadigan tovar, pul va boshqa moliya aktivlari mavjud bo’lgan bozor. Ular vaktinchalik foydalanish uchun (majburiyatli qarzlar shaklida) yoki butunlay (aktsiyaga) berilishi mumkin. Shu bilan birga, moliya bozorlari pul mablaglari jamgarmalarining egalaridan qarz oluvchilarga boradigan kuplab turli-tuman yullar bilan ta’minlanib turadi. Iqtisodiy adabiyotda ular ikkita asosiy guruxga ajratiladi. Birinchi guruxga pul mablaglari bevosita jamgarmalarining egalaridan qarz oluvchilarga boradigan mablag bilan bevosita moliyalash yullari kiradi. Ular o’z navbatida ikki turga bo’linadi: kapital moliyalash - unga muvofik tadbirkor mablagni mulkning bir kismiga almashtirish xisobiga oladi (oddiy aktsiya) va qarz olish yuli bilan moliyalash - unga muvofik firma mablagni oldindan kelishilgan foiz bo’yicha keyin tulash va firmaga egalik qilish huquqini olmaslik haqidagi sharti bilan oladi (obligao’iya). Bu barcha kimmatli kogozlar, kimmatli kogozlar bozorining rivojlanishi va faoliyat ko’rsatishini belgilaydi. Bevosita mablag bilan ta’minlashga omonatchilarning mablaglarini moliya muassasalariga: tijorat banklari, sug’o’rta va trast kompaniyalari, pensiya fondlari va xokazolarga kuyishga doir barcha operatsiyalar kiradi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling