Mavzu: Korxonaning moliyaviy resruslari


Oddiy va imtiyozli aktsiyalar


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana13.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1354501
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Korxonaning moliyaviy resruslari.

Oddiy va imtiyozli aktsiyalar. Oddiy aktsiyalar xissadorlarning umumiy 
yigilishida ovoz huquqini beradi, bunday aktsiyalar bo’yicha olinadigan 
dividendlarning xajmi xissadorlik jamiyatining bir yil davomida ishlagan ishiga 
boglik, boshqa biron-bir narsa bilan kafolatlanmagan. Oddiy aktsiyalarning 
egalari boshqa kimmatli kogozlarning egalariga nisbatan kuprok mas’uliyatini 
zimmaga olganlikdari tufayli bunday aktsiyalar bo’yicha olinadigan dividendlar 
yuqorirok qilib belgilanadi. 
Imtiyozli aktsiyalar ularning egasiga umumiy yigilishda (ba’zi xollardan 
tashkari) ovoz huquqini bermaydi. Bunday aktsiyalarning imtiyozligi shundayki, 
bir tomondan, jamiyatning xo’jalik faoliyati (daromadi) qanday bo’lishidan 
kat’iy nazar, kafolatlangan dividendlarni olishi mumkin bulsa, ikkinchi 
tomondan, xissadorlik jamiyatining faoliyati tugatilganda aktsiyalar qiymati 
bo’yicha to’lovlar birinchi navbatda ana shunday aktsiyalarga tulanadi. Imtiyozli 
aktsiyalarning umumiy nominal qiymati jamiyat nizom fondining 10 foizidan 
oshmasligi kerak. 
Aktsiyada ko’rsatilgan pul summasi aktsiyaning nominal narxi hisoblanadi. 
Bu qiymat aktsiyaning dastlabki baxosi bo’lib, bundan keyin uning bozorda 
xarakat qilishi uchun jiddiy axamiyatga ega emas, u faqat aktsiya egasi sarmoya 
ulushining xajmini ifodalaydi. Kupchilik mamlakatlarda, ayniksa, xissadorlik 


mulki etakchi urin tutgan mamlakatlarda (masalan, AQSh) aktsiyalar nominal 
narxi ko’rsatilmagan xolda chiqariladi. Ularda faqat nizom fondi ma’lum 
xissalarga bo’linganligi ko’rsatilgan. 
Ayrim iktisodchilar xaridor aktsiyaga kancha pul tulashni lozim deb bilsa, 
aktsiyaning narxi xuddi ana shunchadir, deb xisoblashadi. Birok kupchilik 
mamlakatlarda aktsiyaning nominal narxi ko’rsatiladi. 
Aktsiyalarda nominal narxining ko’rsatilishi fond bozori endigina 
rivojlanayotgan bizning respublikamizda xam o’z axamiyatini saqlaydi. 
Birinchidan, nomnal aktsiya egasiga ruxiy ta’sir ko’rsatadi, unga bu shunchaki 
mavxum majburiyat emas, balki balki ma’lum bir xajmdagi mulkchilik unvoni 
deb xisoblash asosini beradi. Bundan tashkari, chiqarilgan aktsiyalarning 
nominal narxidan xissadolik jamiyatining nizom fondi vujudga keladi, aktsiyalar 
nominalsiz chikishi ularni xisobga olishni kiyinlashtiradi. Nixoyat, aktsiyalar 
ikkilamchi bozorda sotiladigan ijobiy laj (nominal narx va kurs narxi o’rtasidagi 
fark) sarmoyadorlarga kompaniya ishlarining axvoli haqida ba’zi bir xulosalar 
chiqarish imkonini beradi. 
Turli mamlakatlarda aktsiyalarning minimal nominal narxi xar xil qilib 
belgilangan. Masalan, Olmoniyada narxi - 50 marka, Frantsiyada - 100 frank, 
Yaponiyada - 100 ien va xokazo. O’zbekiston Respublikasining Qonunchiligiga 
ko’ra, aktsiyalarning minimal nominal narxi - 100 sumdir. 
Aktsiyaning bozorda sotiladigan baxosi uning kursi sanaladi. Bu aktsiya 
qiymatining asosiy shaklidir. Aktsiya kursi aktsiyaning xakikiy narxini 
aniklaydi. Kurs aktsiyalar bo’yicha olinadigan dividendga bohlik. Aktsiya 
kursining nominal narxdan yuqorida bo’lishi kajem deb nomlanadi va aksincha, 
kursning aktsiya nominal narxidan pastda bo’lishi esa dizajno deyiladi. 
O’zbekiston Respublikasi xududida kimmatli kohozlarni, jumladan, aktsiyalarni 
muomalaga chiqarish (depozit sertifikatlari va veksellardan tashkari) va ularni 
ro’yxatdan utkazish qoidasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiklanadi. Kimmatli 
kogozlar bozorining faoliyati xamda ushbu kimmatli kogozlarga egalik kiluvchi 
sarmoyadorlarning huquqlari va burchlari "Kimmatli kogozlar bozori va fond 


birjasi to’g’risida", "Aktsiyadorlik jamiyatlar va aktsiyadorlarning huquqlarini 
ximoya qilish to’g’risida" gi Qonunlarda belgilanib qo’yilgan. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling