5. Xolbeka deb kelgan odamni tutib qatl qildirishga farmon bergan kim?


-SINF ADABIYOT TEST 2-qism (EVRIKA uchun)


Download 19.47 Kb.
bet2/2
Sana26.03.2023
Hajmi19.47 Kb.
#1297621
1   2
8-SINF ADABIYOT TEST 2-qism (EVRIKA uchun)

1. Nodira fors-tojik tilidagi asarlariga qanday taxallus qo’lladi? A) Nodira B) Mohlaroyim C) Maknuna D)Uvaysiy


2. “Oltin medal” she’rining muallifi kim?
A) Nodira B) M. Shayxzoda C) Mirtemir D) G’. G’ulom
3. “Saylov qo’shiqlari” to’plamining muallifini aniqlang?
A) G’. G’ulom B) Shayxzoda C) Oybek D) Nodira
4. Oybekning “Mukammal asarlar to’plami” necha jildni tashkil etadi? A) 10 B) 20 C) 8 D) 4
5. Qaysi ijodkor o’z yurtining ozodligi uchun mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashgan Xorazm shohining jasoratini madh etgan? A) M. Shayxzoda B) G’. G’ulom C) Oybek D) U. Nosir
6. Nodiraning qaysi g’azalida ham Amir Umarxonga, ham Yaratganga ishora bor?
A) “Eshit” B) “Oqibat” C) “Etib ket” D) “Vasl uyin”
7. “Toshkentnoma” dostonining muallifi kim?
A) G’. G’ulom B) M. Shayxzoda C) U. Nosir D) Oybek
8. Oybekning ilk she’ri? A) “Tuyg’ular” B) “Cholg’u tovushi” C) “Front bo’ylab” D) “Ko’ngil kuylari”
9. M. Shayxzodaning “Nurmat otaning tushi” asarining janri?
A) hikoya B) qissa C) roman D) doston
10. “Bizning ko’chada ham bayram bo’lajak” she’rining muallifi kim?
A) Nodira B) G’. G’ulom C) M. Shayxzoda D) Mirtemir
11. “Jaloliddin Manguberdi” dramasida suvda aksimni ko’rsam, cho’chib, qayta nazar solmayman deb kim aytgan? A) cho’pon B) chol C) Yaroqbek D) mo’g’ul askari
12. Nodiraning qaysi g’azalidagi radif turkiy so’z?
A) “Oqibat” B) “Eshit” C) “Etib ket” D) “Nodiraman”
13. Oybekning shoir sifatida shakllanishida kimning ta’siri kuchli?
A) Navoiy B) Cho’lpon C) Shayxzoda D) onasi
14. “Jaloliddin Manguberdi”da kim el xarob, umid sarob, davlat turob, ko’nglim kabob degan?
A) devonasifat chol B) mo’g’ul askari C) cho’pon D) Temur Malik
15. G’. G’ulom “Sog’inish” she’rida nima yetim bo’taga qiyoslangan?
A) yer B) quyosh C) karvon D) kiprik
16. Nodiraning qaysi g’azalida lirik qahramon gapni to’g’ridan to’g’ri yorga murojaatdan boshlaydi? A) “Etib ket” B) “Vasl uyin” C) “Oqibat” D) “Eshit”
17. “Jaloliddin Manguberdi”da kim mani boshimga tushgan kunni fil ko’rsa o’lmasa, erib sichqon bo’lurdi,-deydi? A) Temur Malik B) chol C) cho’pon D) Amir Badriddin
18. “Olovli yo’llar” to’plamining muallifini aniqlang?
A) Oybek B) Shayxzoda C) G’. G’ulom D) Mirtemir
19. G’.G’ulomning “Sog’inish” she’rida otadan nima meros?
A) boylik B) hissiyot C) hunar D) jahl
20. “Jaloliddin Manguberdi”da kimning farzandlaridan biri tiriklay ko’milgan, biri qaynayotgan xum suviga solingan, , biri ot dumiga bog’langan?
A) chol B) cho’pon C) Nasaviy D) Yaroqbek
21. Oybekning “Na’matak” she’rida nima vahshiy? A) shamol B) qor C) na’matak D) tosh
22. Nodiraning qaysi g’azalida g’azalning boshidan oxirigacha biror joyda “yor” so’zi ishlatilmagan? A) “Eshit” B) “Oqibat”C) “Etib ket” D) “Vasl uyin”
23. “Jaloliddin Manguberdi”da kallalardan bir minor bo’lganini Sultonbegimga kim aytadi?
A) Nasaviy B) chol C) Amir Badriddin D)Qodog’on no’yon
24. Oybekning “Na’matak” she’rida nima yum-yum yig’laydi?
A) tosh B) quyosh C) shamol D) qor
25. “Sog’inish” she’rida loyqa xayolot deganda ma’no ko’chish turi?
A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
26. “Jaloliddin Manguberdi”dramasida kim otasining xuni uchun qasoskor?
A) Yaroqbek B) Qodog’on no’yon C) Elbars pahlavon D) Amir Badriddin
27. Nodira qaysi g’azalida yorni shahga, o’zini benavoga o’xshatgan?
A) “Eshit” B) “Oqibat” C) “Vasl uyin” D) “Etib ket”
28. Uyqu ilonining bolg’alarda parchalanishi Oybekning qaysi she’rida?
A) “Na’matak” B) “O’zbekiston” C) “Cholg’u tovushi” D) “Kuylar”
29. “Jaloliddin Manguberdi”da kim qilich bilan qalam ikovi sherik, degan?
A) Nasaviy B) Jaloliddin C) Yaroqbek D) Elbars pahlavon
30. “Sog’inish” she’rida qaysi meva haqida ko’p gapirilgan?
A) olma B) uzum C) anor D) shaftoli
31. Shayx San’onning tarso (xristian) qizga oshiqligi qaysi asarlarda tasvirlangan? A) F. Attorning “Mantiq ut-tayr” va Navoiyning “Lison ut-tayr” B) Sheroziyning “Gulzor” va Navoiyning “Mahbub ul-qulub” C) Nodiraning “Firoqnoma” va Navoiyning “Mezon ul-avzon” D) Lutfiy g’azali va Navoiyning “Hayrat ul-abror”
32. “Jaloliddin Manguberdi”da Sultonbegim Jaloliddinga esdalikka nima tuhfa beradi?
A) to’n B) uzuk C) oltin D) kitob
33. Institut kursisini o’par qiz-juvon misralari kimning ijodida?
A) G’. G’ulom B) M. Shayxzoda C) Oybek D) Mirtemir
34. “Sog’inish” she’rining lirik qahramoni kim? A) ota B) ona C) do’st D) yor
35. “Jaloliddin Manguberdi”da kim mo’g’ullarga oqsoch bo’lishdan baliqlarga yem bo’lishni afzal biladi? A) Sultonbegim B) ona C) Yaroqbek D) chol
36. Kimning ijodida shoir dunyo qarshisida o’z yurtini yonib prezentatsiya(taqdimot) qiladi?
A) G’. G’ulom B) Oybek C) M. Shayxzoda D) Nodira
37. Nodiraning qaysi g’azalida umrni mazmunli, samarali o’tkazish g’oyasi ilgari surilgan?
A) “Eshit” B) “Etib ket” C) “Doda keldim” D) “Oqibat”
38. “Jaloliddin Manguberdi”da onaning qabri -Vatan, tobuti-daryo, kafani-ko’pik ekanini kim aytgan? A) Sultonbegim B) Jaloliddin C) Nasaviy D) Yaroqbek
39. Kimning ijodida o’zbek xalqining bir tomchi qonida bahosi osmonga teng kulcha oltin qudrati yashiringaniga izoh berilgan? A) Oybek B) G’. G’ulom C) Nodira D) M. Shayxzoda
40. Zolimning maqomi-qudrati, zulmi oxiri zaiflashib, kuchdan qoladi. Lovullab yonayotgan olov ham bir kun kulga aylanishi kimning ijodida keltirilgan?
A) G’. G’ulom B) Nodira C) Lutfiy D) Bedil
41. “Jaloliddin Manguberdi”da kim beshta og’ir yarasi borligidan aziyat chekib, o’ladi?
A) Jaloliddin B) Sultonbegim C) Nasaviy D) Badriddin
42. Nodira qaysi g’azalida ko’zimning maktabidan hayrat darsini ravon et,-deb ko’z yoshga murojaat etgan? A) “Eshit” B) “Oqibat” C) “Doda keldim” D) “Etib ket”
43. Qaysi ijodkor o’zi e’tirof etganidek, hali savodi chiqmasdan she’r mashq qila boshlagan?
A) Nodira B) M. Shayxzoda C) Oybek D) G’. G’ulom
44. Kimlar Jaloliddin Manguberdi hayotini yozib qoldirishgan? A) Navoiy”Majolis un-nafois”, Jomiy “Salomon va Absol” B) Nasaviy “Tarixi Jaloliya”, Mirxond “Ravzat us-safo” C) Xondamir “Makorim ul-axloq”, Bobur “Boburnoma” D) Xorazmiy “Gul va Navro’z”, Mirxond “Ravzat us-safo”
45. Bir lahza mazmunini butun bahorga qiyoslagan ijodkor?
A) Nodira B) Lutfiy C) M. Shayxzoda D) G’. G’ulom
46. Nodira dunyoni nima degan? A) hayratxona B) xasratxona C) ko’l D) ekinzor
47. Jaloliddin Manguberdi haykalini kim ishlagan?
A) Jabborov B) Quryozov C) Hamzatov D) Ahmarov
48. Diana ma’budi-ibodatxonaga o’t qo’yib tarixda nom qoldirgan kim?
A) Gitler B) Gerostat C) Kir II D) Azbarxo’ja
49. Biror voqea-hodisa, tarixiy fakt, adabiy yoki afsonaviy qahramon nomini tilga olish yoki unga ishora qilish qanday badiiy san’atni yuzaga keltiradi?
A) irsoli masal B) talmeh C) tazod D) tajnis
50. Jaloliddin Manguberdi portretini kim chizgan?
A) Jabborov B) Ch. Ahmarov C) Hamzatov D) T. Quryozov
51. Lahzaga haykal qo’ygan ijodkor? A) Bedil B) G’. G’ulom C) Shayxzoda D) Mirtemir
52. She’rda yoki nasriy asarda maqol, hikmatli so’zdan foydalanish nima deyiladi?
A) talmeh B) tajnis C) tazod D) irsoli masal
53. G’. G’ulom qaysi she’rida g’uncha ochilguncha fursatni kapalak umriga qiyoslaydi?
A) “Sog’inish” B) “Vaqt” C) “Vatan kutadi” D) “Kuzatish”
54. Arabchadan olingan bo’lib, “jinsdosh”, “shakldosh” so’zlarni she’rda qo’llash qanday san’at hisoblanadi? A) talmeh B) tajnis C) irsoli masal D) tazod
55. “Vaqt” she’rida ba’zan nima ming yulduz so’nishiga yetadi? A) bir nafas B) g’uncha ochilishi C) kapalak umri D) tiriklik ko’rki
56. Yo qoshingdin necha bir o’q ko’z tutay, Otki, o’rusig’a oning ko’z tutay. Necha ko’rgach o’zga mahvashlar qoshin, Yangi Oy ko’rgan kishidek ko’z tutay. Baytdagi shakldosh so’zlar ma’nosi? 1) kutay 2) ko’zimni tutay 3) qaray A) 1,2,3 B) 2,3,1 C) 3,2,1 D) 1,3,2
57. G’. G’ulomning qaysi she’rida globusdagi nuqta bitta vatan erur deyilgan?
A) “Kuzatish” B) “Vaqt” C) “Sog’inish” D) “Bilib qo’yki, seni vatan kutadi”
58. “Echki qo’shig’i” ma’nosini beruvchi janr? A) ballada B) drama C) tragediya D) komediya
59. “Abulfayzxon” tragediyasining muallifini aniqlang?
A) Behbudiy B) Fitrat C) M. Shayxzoda D) U. Nosir
60. “Romeo va Juletta”, “Boris Godunov”, “Otello”, “Gamlet” asarlarining janrini aniqlang?
A) komediya B) doston C) roman D) tragediya



Download 19.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling