5 Yangicha yondashuvlar va istiqbol yoʻli


Global beqarorlik sharoitida O‘zbekistonning JST va YeOIIga qo‘shilish bo‘yicha pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak?


Download 1.14 Mb.
bet10/11
Sana01.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1317306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI

Global beqarorlik sharoitida O‘zbekistonning JST va YeOIIga qo‘shilish bo‘yicha pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak?

JST yoki YeOIIdan istalgan bittasiga a’zo bo‘lish ikkinchisiga a’zo bo‘lishni osonlashtiradi va O‘zbekiston savdo siyosatini hozirgiga qaraganda sezilarli darajada erkinlashtiradi. Biroq, birinchi JSTga a’zo bo‘lish mamlakatga ustunroq mavqe berishi ehtimoli yuqori, deb yozadi iqtisodchi Mirkomil Xolboyev.


Кириллчада15 iyun 2022, 09:00 Kolumnistlar Iqtisodiyot
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda mamlakatlar bir-birlariga nisbatan tashqi savdoni erkinlashtirish siyosatiga o‘ta boshlashdi — xuddi Napoleon urushlaridan keyingi davrda globalizatsiyaning birinchi to‘lqini vujudga kelgandek. Xususan, tadqiqotlarga ko‘ra, Napoleon urushlaridan keyingi davrda transport xarajatlari va tashqi savdoga nisbatan siyosiy cheklovlarning barqaror qisqarib borishi resurslar va tovarlarning erkin harakatiga zamin yaratgan. Keyinroq, Birinchi jahon urushigacha davom etgan mazkur integratsiyalashuv jarayonlari tarixda globalizatsiyaning birinchi to‘lqini sifatida e’tirof etilgan.
Mutaxassislar orasida tashqi savdoning erkinlashtirilishi mamlakatlar o‘rtasida turli mojaro va urushlar yuzaga kelishi ehtimolini kamaytiradi hamda mamlakatlar o‘z qiyosiy ustunliklaridan foydalangan holda, mavjud salohiyatini yuzaga chiqarishiga imkon yaratadi va, pirovardida, farovonlikning oshishi va iqtisodiy o‘sishning tezlashishiga xizmat qiladi, degan qarashlar mavjud. Shu nuqtai nazardan, Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda dunyo miqyosidagi jadal o‘sish sur’atlari yuqoridagi qarashlarning isboti, deyish mumkin.
XX asrning oxiriga kelib — 1995 yilda, salkam o‘n yil davom etgan muzokaralardan so‘ng, davlatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini tartibga solish, xalqaro savdoning bir ma’romda va imkon qadar erkin amalga oshirilishini ta’minlashga mas’ul xalqaro tashkilot — Jahon savdo tashkilotiga asos solindi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillardan boshlab Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish istagini bildirgan hamda 1994 yilda tashkilotga kirish maqsadida ariza topshirgan. Biroq, oradan shuncha yillar o‘tishiga qaramasdan, haligacha mazkur tashkilotga a’zo bo‘lib kirmagan. 2017 yildan keyingi davrda tashkilotga qo‘shilish masalasi yana kun tartibiga qaytdi, ayni paytda a’zo bo‘lish istagi kuchaygan, bu boradagi sa’y-harakatlar jonlangandek tasavvur uyg‘ota boshladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling