5 Yangicha yondashuvlar va istiqbol yoʻli


Tarixi va tuzilishi qanday?


Download 1.14 Mb.
bet3/11
Sana01.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1317306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI

Tarixi va tuzilishi qanday?
Mavzuni kengroq ochib berishda mazkur tashkilotning tarixi va tarkibiy tuzilishiga alohida toʻxtalib oʻtish joiz. JSTga 1995-yil yanvarda asos solingan. 1994-yil 15-apreldagi Marokash deklaratsiyasida «uning natijalari jahon iqtisodiyotini mustahkamlaydi va butun dunyoda savdoni, investitsiyalarni kengaytirib, ishchi kuchi bandligi, daromadlarning oʻsishiga olib keladi. Shuningdek, u jamoaviy bahslar, muzokaralar va taqdimlash orqali mamlakatlar orasidagi savdo aloqalarini rivojlantiruvchi platforma hisoblanadi», deb yozib qoʻyilgan.
1994-yildagi mahsulotlar savdosi haqidagi bitim, xizmatlar savdosi haqidagi bosh bitim, intellektual mulk haqidagi bitim Jahon savdo tashkilotining tarkibiy qismlariga kiradi. Mazkur hujjatlar aʼzo mamlakatlarning parlamentlari tomonidan tasdiqlangan.
1995-yildan faoliyatini boshlagan bu tashkilotga ayni vaqtda aʼzo boʻlgan 164 davlat uchun yangi bozorlar ochiq hisoblanadi. Oʻndan ziyod turli yoʻnalishdagi bitimlar uning normativ-huquqiy bazasini tashkil etyapti. Mazkur hujjatlar talabini bajarish tashkilotning barcha aʼzolari uchun majburiy sanaladi. Aʼzo boʻlishni istagan davlatlar oʻz milliy qonunchiligini ularga muvofiqlashtirishi kerak.
Tashkilotda qarorlar ishtirokchi mamlakatlar yordamida konsensus — umumiy ovoz berish orqali qabul qilinadi. Nizomda qaror koʻpchilik ovozlar evaziga qabul qilinishi belgilab berilgan boʻlsa-da, hozir bunday voqea tashkilot tarixida yuz bermadi. Qarorlar qoidaga koʻra,ikki yilda bir marta chaqiriladigan Vazirlar konferensiyasi tomonidan qabul qilinadi. Borayotgan ishlar borasida javobgar boʻlgan Bosh kengash yigʻinlarini tashkilotning maʼmuriy qarorgohi joylashgan Jeneva shahrida bir yilda bir marta oʻtkazadi. Yigʻilishlarda tashkilotga aʼzo mamlakatlar vakillari, elchilar ishtirok etadi. Bosh kengash qoshida nizolarni hal etish va savdo siyosati tahlillari bilan shugʻullanadigan organlar bor (jami 650 xodim ishlaydi). Bundan tashqari, uning tarkibida savdo va rivojlanish boʻyicha qoʻmita, savdo balansi borasida cheklovlar oʻrnatuvchi qoʻmita hamda byudjet, moliya va maʼmuriy masalalar bilan shugʻullanadigan qoʻmita faoliyat yuritadi. Bosh kengashdan quyi pogʻonada yana uchta kengash: tovarlar savdosi boʻyicha kengash, xizmatlar savdosi boʻyicha kengash va intellektual mulk huquqi boʻyicha kengash faoliyat yuritadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling