Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlar Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy ta’limoti


Download 375.45 Kb.
bet1/3
Sana21.11.2023
Hajmi375.45 Kb.
#1793248
  1   2   3
Bog'liq
Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlar 1

Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlar

Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy ta’limoti.

Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy ta’limoti.

 

Reja:

 

O‘rta Osiyo mutafakkirlari bozor haqida.

Abu Ali Ibn Sino bozor haqida.

Abu Nasr Forobiy ehtiyoj haqida.

A.Navoiy moddiy manfaat haqida.

Almashuv, oldi-sotdi va meros olishdagi o‘zaro munosabatlar.

  • 1.O‘rta Osiyo mutafakkirlari bozor haqida.
  • Erkin bozorda xaridorlar va sotuvchilar ixtiyoriy bitim tuzadilar. Bitim predmeti tovarlar yoki xizmatlar bo‘ladi.
  • Umumiy ta’rif bo‘yicha, tovar o‘zining iste’moli uchun emas, balki ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsulidir. Bunday mahsulotni ishlab chiqarish ibtidoiy davrning ma’lum bosqichida shakllangan, natijada natural xo‘jalik asta-sekin yemirilib, bozor kelib chiqqan. Tovar xo‘jaligi paydo bo‘lganda ichki bozor paydo bo‘ladi, bu bozor xo‘jaligining rivojlanishi natijasida vujudga keladi, ijtimoiy mehnat taqsimotinining rivojlanish darajasi bozorning rivojlanish darajasini belgilaydi.
  • Bozor oldi-sotdi orqali almashuvga doir ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yig‘indisidir. Insoniyat uchun bozor munosabatlari yangilik emas, u bir necha ming yillar davomida bozor sharoitida rivojlanib kelyapdi. 70 yildan ko‘proq davr mobaynida cheklangan iqtisodiy munosabatlar sharoitida yashagan bizning xalqimiz uchungina bozor munosabatlari yangilik bo‘lib tuyulishi mumkin. Modomiki, bozor munosabatlarining tarixiy ildizlari chuqur ekan, ularni o‘rganish uchun Sharq, xususan Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ta’limotiga murojat qilish maqsadga muvofiqdir
  • Somoniylar, Qoraxoniylar markazlashgan mustaqil davlatlarining mo‘g‘ul bosqinchilaridan ozod bo‘lgandan keyin Markaziy Osiyoda Temuriylar davlatining tashkil topishi, ularning Xitoy, Hindiston, Oltin O‘rda, Eron, Turkiya va Arab mamlakatlari bilan savdo, madaniy aloqalarini kengayishi iqtisodiyot va ilm-fanning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bu davrda Markaziy Osiyo Sharq ilg‘or ijtimoiy tafakkurining markaziga aylandi. Bu zaminda butun olamga mashhur mutafakkirlar-Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, shoirlar va davlat arboblari Alisher Navoiy, Zaxiriddin Bobur va boshqa ko‘plab shoirlar yashab ijod qildilar
  • Tabiiyki, Sharq mutafakkirlarining o‘sha davrdagi iqtisodiy qarashlari ilmiy nazariyalarning tugallangan tizimi darajasiga yetmagan, ular odatda boshqa masalalarga qo‘shilib ketgan. Shunga qaramasdan, Sharq xalqlari iqtisodiy qarashlarini shakllanishida ularning ahamiyati kattadir. O‘sha davrda iqtisodiy g‘oyalarni shakllanish xususiyati shunday ediki, ular ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan chambarchas qo‘shilib ketgan edi.
  • Ibn Sinoning fikricha «hayvonlar tabiat ne’matlari bilan kun ko‘radilar, odamga esa tabiat ne’matlari kamlik qiladi, odamga oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy kerak. Hayvon tabiat ne’matlarini o‘zlashtirib oladi, odam esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyni o‘z mehnati bilan yaratadi. Ana shu maqsadda odam dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi.
  • Hunar jamiyat turmushining asosi ekanligini ta’kidlab, Ibn Sino: «Odamni o‘z quvvatini saqlab turishga, ovqatga bo‘lgan ehtiyoji hammaga olloh taolo ko‘rsatgan hunarlarni egallashni taqozo etadi. Odamlar hayotga munosabatlariga qarab ikki xil bo‘ladilar. Birinchi xili, turmush sharoitini yaxshilashga harakat qilmaydi, ikkinchi xili, turmushini yaxshilash maqsadida hunarga muhtojlik sezadi. Shuning uchun ular savdo va hunarmandchilik yordamida o‘zlariga ozuqa topadilar.»2 - deb yozgan edi. Umuman jamiyat turmush sharoitini yaxshilash uchun Ibn Sino har kimning o‘z foydasi uchun mehnat qilishi lozim deb hisoblagan.
  •  
  • 3.Abu Nasr Forobiy ehtiyoj haqida.
  • Iqtisodiy masalalalar bo‘yicha qiziqarli fikrlarni, buyuk qomusiy olim Abu Nasr Farobiy ( 873-950) bayon qilgan. O‘zining zamondoshlari kabi u bozorning aniq ta’rifini bermagan, biroq uning ayrim elementlari haqida fikr bildirgan. Masalan, uning ehtiyojga bergan ta’rifi diqqatga sazovordir: «O‘z tabiatiga ko‘ra har - bir odam shunday yaratilganki, u yashashi va kamolga yetishishi uchun juda ko‘plab narsalarga muhtoj bo‘ladi, ularga bir o‘zi erisha olmaydi va ularga erishishi uchun u kishilar jamoasiga muhtoj bo‘ladiki, ularning har biri uning biror-bir hojatini chiqaradi. Har-bir odam boshqa odamga nisbatan xuddi shunday ahvolda bo‘ladi.»3
  • 4.A.Navoiy moddiy manfaat haqida.
  • Mashhur o‘zbek shoiri va mutaffakkiri Alisher Navoiy (1441 - 1501) tarixning harakatlantiruvchi kuchlari haqida fikr yuritib, moddiy manfaat va aqlni, insonlarning qilmishini belgilovchi asosiy omildir, deb hisoblagan. Bunda uning fikricha, birinchi omil ayrim kamdan kam uchraydigan mustasnolardan tashqari ustunlik qiladi. Shunday qilib, u insonlarning qilmishini ma’naviyat emas moddiy manfaat belgilaydi degan xulosaga kelgan. Asarlardan birida Navoiy: «Insonlar zarurat sezmasalar harakat qilmaydilar.
  • Odamlar o‘z manfaatidan kelib chiqib harakat qiladi, foyda chiqadigan narsaga intiladi. Bilginki, odam natijasi foydasiz bo‘lgan ishni qilmaydi.»4 Garchi iqtisodiy ilm bilimdoni bo‘lmasa ham, Navoiy ayrim odamlargina emas, balki butun kishilik jamiyatining qilmishida moddiy manfaat hal qiluvchi omil ekanligini yaxshi tushungan. U: «Xalqning to‘qligi, qoniqishi har qanday boshqa murakkab muammolarni hal qiladigan ne’matdir. Unga asosan butun dunyoni zabt etish mumkin,»5 deb yozgan.
  • Navoiyning fikricha, moddiy boylikning manbai dehqonlar va hunarmandlar mehnatidir. Ayniqsa dehqon mehnatini u juda yuksak baholagan, chunki dehqon «yer bag‘rini ochib, g‘alla ekadi, rizq - nasibaga yo‘l ochadi, hayot go‘zalligi undan, dunyo ahlining quvonchi undan»6 - deb yozgan. Darhaqiqat, aholining oziq-ovqatga ehtiyojini qondirishda dehqonchilik hal qiluvchi ahamiyatga ega.
  • Ammo ishlab chiqarish kuchlari rivojlangan sari, qishloq ishlab chiqarishi mahsuldorligi o‘sib borgan sari jamiyatning dehqonchilikka mehnat sarfi kamayib boradi, ko‘proq mehnat resurslari sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, fan-madaniyatni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Download 375.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling