5.Almashuv, oldi-sotdi va meros olishdagi o‘zaro munosabatlar. - 5.Almashuv, oldi-sotdi va meros olishdagi o‘zaro munosabatlar.
- Musulmon huquqshunoslari almashuvda, oldi-sotdida, meros olishda va boshqa holatlarda odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni ko‘rib chiqqanlar. Ular oddiy almashuvni tovarlar oldi-sotdisidan farq qilganlar. Almashuvda har ikki tomonning huquq va majburiyatlari bir xil hisoblangan. Oldi-sotdida esa farqlangan. Oldi-sotdida bitim ishtirokchilari bir-biriga foyda keltirishi zarur deb hisoblangan.
- Oldi-sotdida tomonlarning o‘zaro munosabatlarini musulmon huquqshunoslari, shaxsiy majburiyat va shaxsiy huquq bilan bog‘lab tushuntirganlar. Urug‘doshlik davriga mansub bo‘lgan jamoatchilik tamoyili o‘rniga Islom huquqida kiritilgan shaxsiy majburiyat tamoyili Sharq ilmiy tafakkurida ilg‘or o‘rin tutdi.
Urug‘doshlik tushunchalari bo‘yicha butun narsagina xaqiqiy birlik hisoblangan. «Musulmon huquqida mana shu birlikda o‘zining shaxsiy burchlari va shaxsiy javobgarligi bilan shaxsiy ahamiyat kasb etuvchi alohida inson ajratib olindi. Burchlar bilan birga shaxsiy huquq favqulotda yorqin namoyon bo‘ldi.»7 - Urug‘doshlik tushunchalari bo‘yicha butun narsagina xaqiqiy birlik hisoblangan. «Musulmon huquqida mana shu birlikda o‘zining shaxsiy burchlari va shaxsiy javobgarligi bilan shaxsiy ahamiyat kasb etuvchi alohida inson ajratib olindi. Burchlar bilan birga shaxsiy huquq favqulotda yorqin namoyon bo‘ldi.»7
- Musulmon huquqshunoslari shaxsiy huquqning paydo bo‘lish shartlarini, mulkka ega bo‘lish imtiyozlarini, mukofotlar, nafaqalar, meros olish huquqini belgilab bergan. Bu huquqlar muayyan shaxs bilan bog‘lanib ularni sotish yoki boshqa kishiga berishga yo‘l qo‘yilmagan.
5-15 asrlarda Markaziy Osiyo va Sharqda yashab ijod qilgan mutafakkirlarining iqtisodiy ta’limotini umumlashtirish quyidagi xulosalarga olib keladi: - 5-15 asrlarda Markaziy Osiyo va Sharqda yashab ijod qilgan mutafakkirlarining iqtisodiy ta’limotini umumlashtirish quyidagi xulosalarga olib keladi:
- 1) Odamlarning ko‘pchiligini, sa’yi-harakatini belgilovchi asosiy omil, moddiy manfaatdir;
- 2) Odamlar o‘rtasidagi o‘zaro yordamning asosi-o‘zaro ehtiyojlarni qondirishdir;
- 3) Jamiyat - ehtiyojlarini birgalikda qondirishga asoslangan mehnat jamoasidir;
- 4) Jamiyatlar turmush tarziga qarab farqlanadi, turmush tarzi esa yashash vositalariga erishish usullariga qarab belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |