5 Yangicha yondashuvlar va istiqbol yoʻli


Jahon savdo tashkiloti (JST) ga aʼzo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday taʼsir qiladi?


Download 1.14 Mb.
bet7/11
Sana01.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1317306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI

Jahon savdo tashkiloti (JST) ga aʼzo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday taʼsir qiladi?



3 Oct 2022



  1. Jahon savdo tashkiloti (JST) ga aʼzo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday taʼsir qiladi?

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga aʼzo bo‘lishi asosiy makroiqtisodiy muvozanatga qanday taʼsir ko‘rsatishini baholadi.
O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi uzoq davom etayotgan jarayon. 
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 97-maqsadida ham JSTga aʼzo bo‘lishining milliy iqtisodiyotga taʼsirini o‘rganishga alohida urg‘u berilgan.
O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi boshqa davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yana-da yaxshilash, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, tashqi raqobatbardoshlikni kuchaytirish, shu bilan birga bozor munosabatlariga o‘tish jarayonini tezlashtirish uchun zamin yaratishi mumkin. 
Ammo, tariflarning pasaytirilishi tufayli JST ga aʼzo bo‘lish mahalliy ishlab chiqarishning zaif tarmoqlariga salbiy taʼsir qilishi ham ehtimoldan yiroq emas. 
Tadqiqotda JSTga aʼzo bo‘lishning asosiy sharti sifatida O‘zbekistondagi tariflar darajasini JSTga aʼzo davlat bo‘lgan Qozog‘iston darajasiga tushirish ko‘zda tutilgan (tariflarning o‘rtacha darajasini amaldagi 7,4 foizdan 5,7 foizga tushirish).
Tahlil natijasida quyidagilar aniqlandi:

  1. Tariflar va ichki narxlarning pasayishi tufayli eksport jozibadorligi oshishi hisobiga eksport hajmi 0,06 foizga ortishi va ichki tovarlar taklifi 0,03 foizga kamayishi mumkin.

  2. Import hajmi 0,06 foizga ortadi va mahalliy tovarlarga bo‘lgan talab 0,03 foizga kamayadi.

  3. Davlat byudjeti daromadlarining qisqarishi hisobiga jami jamg‘armalar 0,35 foizga kamayadi.

  4. Jamg‘armalar hajmining kamayishi hisobiga investitsiyalar darajasi 0,16 foizga pasayishi mumkin.

  5. Ichki narxlarning pasayishi oqibatida isteʼmol hajmi 0,11 foizga ortadi.

Modelning dastlabki natijalaridan kelib chiqib aytish mumkinki, birinchi bosqichda O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi va buning natijasida tariflarning pasaytirilishi mahalliy mahsulotlarga bo‘lgan talabning maʼlum darajada pasayishiga olib keladi. 
Bu esa o‘z navbatida, mahalliy kompaniyalar faoliyati samaradorligini oshirish zaruratini keltirib chiqaradi. Aks holda xorijiy kompaniyalar bilan narx raqobatiga dosh bera olmaydigan samarasiz korxonalar bozordan chiqib ketadi.
Yangi sharoitga muammosiz o‘tishni taʼminlash va O‘zbekistonda milliy korxonalarni tashqi raqobat sharoitiga bosqichma-bosqich tayyorlash uchun yangi muhitni yaratish tavsiya etiladi. 
Xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan tariflarning bosqichma-bosqich pasaytirilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish, texnologik va kadrlar bazasini takomillashtirish orqali sifatni oshirish, korxonalarning narx siyosatini qayta ko‘rib chiqishi hamda isteʼmolchilarning didi va nimani maʼqul ko‘rishini tizimli ravishda o‘rganish uchun o‘ziga xos ishora bo‘ladi. 
Bunda yirik kompaniyalarning JSTga kirish shartlariga tayyorlik indeksini yillik baholash amaliyotini joriy etish samarali mexanizm bo‘lishi mumkin.
Shuni taʼkidlash kerakki, tadqiqotning ushbu bosqichida modelning dastlabki natijalari O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi umuman olganda qanday samara berishini ko‘rsatadi.


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling