50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi
Download 0.85 Mb.
|
9-синф адабиет конспект янги
qo‘chqor — traktorchi
Alomat — robot Olimjon — olim qumri — Qo‘chqorning xotini Sharofat — qo‘shni ayol Turobjon — Qo‘chqorning o‘g‘li birinchi sahna Qishloqdagi oddiy, kamtarona hovli. To‘g‘rida bir necha ustunli peshayvon, o‘ngda pastakkina ko‘cha eshik, oldinroqda yog‘och kara vot. Sahnadagi har jihoz, har bir buyumda nimadir yetishmaydi: eshikd eraza romlarining yarmi bo‘yalgan, qolganining rangi o‘chib ketgan, yog‘och karavotning bitta oyog‘i yo‘q, ko‘rpa-yostiqlarga yamoq tushgan, piyolalarning labi uchgan yoki chegalangan, choynakning jo‘mragiga tunuka kiygizilgan va hokazo. Peshayvon ustuniga Qo‘chqor arqon bilan chandib tashlangan, usti-boshi, aft-angori bir ahvolda. Shu ko‘yi uxlab qolgan bo‘lsa kerak, avval sekin qimirlab qo‘yadi, so‘ng ko‘zini ochmay esnaydi. Oyoq-qo‘lining o‘ziga bo‘ysinmayotganiga hayron bo‘lib, bir-ikki chiranib ko‘radi. qo‘chqor: — (Uy tomonga) Ho‘-o‘, tirikmisan?.. (Yana chira nib ko‘radi.) Yechib qo‘y darrov, ho‘!.. Qumri, deyapman! Jahlim chiqsa nima bo‘lishini bilasan-a? (O‘zicha) Iye, bir balo bo‘lganmi bunga?.. (Baqirib) Oxirgi marta aytayapman: agar hozir yugurib kelib, qo‘limni bo‘shatmasang...Ichkaridan Qumri chiqadi. U o‘ttiz-o‘ttiz bech yoshlarda, lekin yoshiga nisbatan ancha katta ko‘rinadi. qumri: — (Arazli.) Nima qilasiz? qo‘chqor: — Qo‘yvoraman! qumri: — (Xo‘rligi kelib.) Nima? qo‘chqor: — Pattangni qo‘lingga tutqazaman! qumri: — (Eriga birpas ta’na aralash qarab turadi-da, dordagi kiyim-kechaklarni yig‘ishtira boshlaydi.) Hozir eridan patta so‘rab o‘tiradigan zamon emas. qo‘chqor: — Iye, bepatta ketaveraman, de hali? Hech bo‘lmasa bitta qo‘limni bo‘shatib qo‘y, nomard! qumri: — Bitta qo‘lingizni bo‘shatganim bilan foydasi yo‘q. qo‘chqor: — Nega foydasi bo‘lmas ekan? Qashinib olaman... qumri: — Qayeringiz qichishyapti? Ayting, o‘zim qashib qo‘yaman. qo‘chqor: — (Bu gapni kutmagan edi, dovdirab qoldi.) Sening bo‘ying yetmaydi... qumri: — Ixtiyoringiz... (Kiyim-kechaklarni katta ro‘zg‘or sumkasiga joylay boshlaydi.) qo‘chqor: — Menga qara, o‘zing bog‘ladingmi, yo bitta-yarimtasi qarashvordimi? qumri: — (Yig‘lamsirab.) Sizga bas kelib bo‘larkanmi!.. Bunaqa vaqtda traktor bo‘p ketasiz-ku. qo‘chqor: — Kim keldi? qumri: — Qishloqning yarmi keldi. Baqirib dunyoni boshingizga ko‘tardingiz. Olti kishi arang epladi-ya! (Ichkariga kirib ketadi.) Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling