50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi
Download 0.85 Mb.
|
9-синф адабиет конспект янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
- Milliy va umummadaniy kompetensiya
- I. Tashkiliy qism
Uyga vazifa. Takrorlash
O’TIBDO’___________H.Qosimov Sana___________________9-sinf Adabiyot 8-dars Dars mavzusi: Alisher Navoiy hayoti va ijodi Darsning maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish 2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarimizga axloqiy tarbiya berish. 3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish. O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish; Milliy va umummadaniy kompetensiya: badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish. Darsning usuli: an’anaviy. Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar. Darsning borishi. I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish: b) davomatni aniqlash: v) she’riy daqiqa. II. O’tgan mavzuni so’rash. a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida) b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati) III.Yangi mavzu bayoni. Sharqda xamsachilikning o‘ziga xos tarixi va an’anasi mavjud. «Xamsa» yozishni ozarbayjonlik ulug‘ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. Lekin u bu asarini avvaldan niyat qilib, ma’lum bir reja asosida yaratmagan. Nizomiy 1173—1179-yillarda Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga bag‘ishlab «Maxzan ul-asror» («Sirlar xazinasi») nomli hamdnoma yozadi. 1180—1181-yillarda Iroq hukmdori To‘rg‘ul II ning iltimosiga ko‘ra «Xusrav va Shirin» dostonini yaratadi. 1188-yilda Shirvonshohlardan Axsatan I Nizomiyga «Layli va Majnun» dostonini yozishni buyuradi. 1196- yilda hukmdor Alovuddin Ko‘rpa Arslonning topshirig‘i bilan shoh Bahrom haqida «Haft paykar» («Yetti go‘zal») maydonga keldi. 1196—1201- yillarda «Iskandarnoma» yaratiladi. Shu tariqa 1173-1201- yillar oralig‘ida — 28 yil davomida muallifning besh dostoni dunyo yuzini ko‘rdi. Shundan so‘ng adibda turli yillarda bitilgan bu dostonlarni jamlab, yagona bir nom bilan atash fikri tug‘ilgan va «Panj ganj» («Besh xazina») nomi bilan mashhur bo‘lgan birinchi «Xamsa» vujudga kelgan. Nizomiydan yuz yildan so‘ng asli shahrisabzlik turkiy urug‘lar avlodidan bo‘lgan Xusrav Dehlaviy (1253-1325) o‘zining «Xamsa»sini 1299-1301-yillarda yozib tugalladi. U «Matla’ ul-anvor» («Nurlarning boshlanmasi»), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Hasht behisht» («Sakkiz jannat»), «Oyinayi Iskandariy» («Iskandar oynasi») dostonlarini yaratib, Nizomiy ishini davom ettirdi va natijada adabiyotda xamsachilik an’anasi paydo bo‘ldi. Shunga ko‘ra har bir asar «Xamsa» deb atalmog‘i uchun: a) besh dostondan tashkil topmog‘i; b) birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo‘lmog‘i; d) ikkinchi doston Xusrav va Shirin munosabatlariga bag‘ishlanmog‘i; e) uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog‘i; f) to‘rtinchi doston shoh Bahrom va beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog‘i shart edi. Dehlaviydan qariyb 200 yil keyin yana bir buyuk xamsanavis maydonga chiqdi. Bu Navoiy edi. Alisher Navoiyning «Xamsa»si boshqalardan farqli ravishda muallifning ona tilisida-turkiy tilda yozildi. Buni o‘zbek kitobxonlarining ortib borayotgan ehtiyoji, o‘zbek adabiy tili va adabiyotining taraqqiysi hamda istiqboli talab qilar edi. Bunday ulkan, katta jasorat talab qiladigan mas’uliyatli ishga daho ijodkor Navoiygina jur’at qila olardi. Adibning fikricha, xalqqa uning o‘z tilida, unga manzur bo‘lgan asar yaratishi lozim. Shuning uchun «Layli va Majnun» dostoni xotimasida Nizomiy va Dehlaviyni ta’riflar ekan, turkiy (o‘zbek) tilda «Xamsa» yozishning sababini shunday izohlaydi: ...Gar nuktalari jahonni tutti, G‘avg‘olari ins-u jonni tutti. Chun forsiy erdi nukta shavqi, Ozroq edi andi turk zavqi. Ul til bila nazm bo‘ldi malfuz, Kim forsiy anglar o‘ldi mahfuz. Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat. Kim shuhrati jahonga to‘lg‘ay, Turk eliga dog‘ bahra bo‘lg‘ay... Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling