50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi
IV. Mustahkamlash. Savol va topshiriqlar ustida ishlash
Download 0.85 Mb.
|
9-синф адабиет конспект янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
- Milliy va umummadaniy kompetensiya
- I. Tashkiliy qism
IV. Mustahkamlash. Savol va topshiriqlar ustida ishlash
V. Uyga vazifa. 53-59-betlarni mazmunini so’zlashga tayyorlanish. VI. Baholar tahlili O’TIBDO’___________H.Qosimov Sana___________________9-sinf Adabiyot 10-dars Dars mavzusi: Alisher Navoiyning “ Xamsa “ asari. “Farhod va Shirin” dostoni. Darsning maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish 2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni komil inson qilib tarbiyalash. 3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish. O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish; Milliy va umummadaniy kompetensiya: badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish. Darsning usuli: an’anaviy. Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar. Darsning borishi. I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish: b) davomatni aniqlash: v) she’riy daqiqa. II. O’tgan mavzuni so’rash. a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida) b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati) III.Yangi mavzu bayoni. XAMSA “FARHOD VA SHIRIN” (dostondan parchalar) “Xamsa”ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht mavzusidadir. Hajmi 5782 bayt. Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Muallif bu asarni “shavq dostoni” deb ataydi. Sababi unda ishq kuylanadi, ishq talqin qilinadi, ishq ulug‘lanadi. Bu shunday ishqki, u insonni poklaydi, ezgulik sari yetaklaydi, unga o‘zligini tanitadi, bir so‘z bilan aytganda, komillik sifatlarini tarbiyalaydi. Chunki u odamga, olamga, butun borliqqa mehr bilan, muhabbat bilan yo‘g‘rilgan va oxir borib Yaratganning o‘ziga ulashib ketadigan ishqdir. Binobarin, dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o‘ylari ifoda etilgan. Ijodda o‘ziga xoslikka intilgan adib o‘zigacha bo‘lgan bu doston an’anasiga ijodiy yondashadi. Doston Navoiygacha “Xusrav va Shirin” shaklida mashhur edi. Ularda markaziy timsol shoh Xusrav edi. Lekin u komillikdan yiroq, ishqda beqaror, muhabbatdan toj-taxtni ustun bilguvchi xudbin shaxs. Shuning uchun Navoiy uni Shirinning muhabbatiga ham, yozilajak dostonidagi yetakchi timsol darajasiga ham loyiq ko‘rmaydi. U Farhodni bosh qahramon qilib oldi va bu bilan dostonning qurilishini, mazmunini tamomila o‘zgartirdi. Mazkur o‘zgarish xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik edi. Yozib jon mus’hafidan ikki oyat, Debon Farhod-u Shirindin hikoyat degan shoir o‘z dostoniga “Farhod va Shirin” nomini beradi. Dostonning asosiy voqealari ovozasi olamni tutgan, qudrat-u shavkatda, davlat-u shuhratda yagona Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshlanadi. Birdan-bir orzusi farzandlik bo‘lish edi. Maqsadiga yetish uchun ko‘p nazrlar qildi, talay tangalar sochdi, o‘g‘ilsizlarning ko‘nglini oldi, otasizlarga otalik qildi. Xayriyalari zoye ketmadi. Alloh iltijolarini ijobat qilib, unga o‘g‘il ato etdi. Shabistonida1 tug‘di2 bir yangi oy3, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy4. Ochildi bog‘ida bir otashin vard, Demaykim vard5, balkim shu’layi dard. Kiyurdi ilgiga davron nigine6, Nigin o‘rnida la’li otashine, Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling