IV. Mustahkamlash.
1. Qo‘chqorning ro‘zg‘origagi har bir jihozda nimaningdir yetishmasligiga e’tibor berib, sababini izohlang. Bu holat tasvirining badiiy vazifasini tushuntiring.
2. Asar qahramonining o‘z ayoliga qanday muomala qilayotganiga e’tibor qiling. Asarda o‘zbek oilalaridagi munosabatlarning qanchalik hayotiy aks ettirilganini izohlang.
3. Birinchi sahnadagi xatti-harakati va gap-so‘zlariga qarab Qo‘chqor timsoliga tavsif bering. Uning sodda, topqir, gapga chechan, hazilkash, maqtanchoq va boshqa jihatlarini matndan aniqlang.
4. Qo‘chqor tomonidan aytilgan: „Bo‘pti, kechirdim, qo‘lni yech“ degan gap personajning o‘sha paytdagi holatiga qanchalik mos kelishi haqida fikr ayting.
V. Uyga vazifa. 259-275-betlarni o’qib kelish.
VI. Baholar tahlili.
O’TIBDO’__________________________H.Qosimov
Sana_______________ 9-sinf adabiyot
Dars mavzusi: “Temir xotin” komediyasi.
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |