50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 0.85 Mb.
bet47/125
Sana13.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1090472
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   125
Bog'liq
9-синф адабиет конспект янги

II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
III.Yangi mavzu bayoni.
G‘AZALLAR
Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar,
Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar.
Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram,
Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar1.
Nastaran1 yuvib yuzni, yosuman2 tuzib o‘zni,
Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar.
Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutoshti olamg‘a,
Tog‘lar chekib larza, titradi biyobonlar3.
Qumrilar qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah,
Sarv-u gul uza doim tortar oh-u afg‘onlar.
Bulbul o‘qug‘och yig‘lab subhidam xazon faslin,
G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar4.
Kechtilar vafo ahli qolmayin tutib savsan5,
Kiydi ko‘k qilib sunbul zul捯ni parishonlar.
Kuymasun bu savdoda ne uchun dimog‘imkim,
Ranj-u g‘ussada dono, kechsa shod nodonlar.
* * *
Furqatning „Fasli navbahor o‘ldi, ketibon zimistonlar“ g‘azali – tabiat lirikasining namunasi. Unda ko‘klam kelishi bilan tabiatda ro‘y berayotgan go‘zal o‘zgarishlarni g‘oyat sinchiklab kuzatgan shoirning qalb kechinmalari aks etgan. Birinchi baytda shoir bahor kelib, zimistonlar ketgan ekan, do‘stlarini g‘animat bu damlarda gulistonlarda sayr etishga chaqiradi.
Mumtoz adabiyotda uzoq intiq kutib, orzuga yetgan damlardan oldingi intizorlik davrini qorong‘ulik sifatida tasvirlash o‘ziga xos an’ana. Masalan, Navoiy Farhodning tug‘ilishini “Shabistonida tug‘di bir yangi oy” deb tasvirlaydi. Misrada “shabiston” so‘zi xoqonning o‘g‘il ko‘rguncha bo‘lgan davrdagi farzandsizlik hasratida o‘tkazgan yillarni ifodalaydi. Ogahiy bahor kelgunga qadar hukm surgan azobli qish kunlarini soyaga mengzaydi: “Ko‘tardi yer yuzidin soya navrjo‘z”. Shuning uchun ham shoir o‘tkinchi umrni go‘zallik qo‘ynida ezgulik bilan kechirishni istaydi. Chunki bahorgina emas, umr ham o‘tkinchi – “g‘animat”. Matla’dan so‘ng shoir o‘zini muvozanatdan chiqargan, hayajonga solgan ko‘klam manzarasini chizishga tutinadi. Ko‘z oldingiz da dilbar bahor tongining latif manzarasi namoyon bo‘ladi: subhiy shabnamlardan ko‘m-ko‘k maysalarning yashnab turishi, bahor buluti onda-sonda tashlab turgan tomchilar va Yaratganning san’atiga lol-u qoyil oshufta ko‘ngil... O‘zbek tilining ifoda imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan shoir shunchaki axborot berib qolmay, g‘azalxonda kuchli his-tuyg‘u uyg‘otishga erishadi:
Subhidam tushib shabnam, bo‘ldi sabzalar xurram,
Gul uza tomib kam-kam, yog‘di abri naysonlar.
Furqat ko‘klam manzarasini o‘z holicha tasvirlamaydi, uni jonlantiradi. U atrofdagi har bir unsurni – masalan, nastaran, yosuman va nargis gullarini dilga yaqin kishiga munosabati nuqtayi nazaridan tasvirlaydi. Ularda „yoronlar“, ya’ni yor-jo‘ralarga intizorlik, intiq-
lik ko‘radi. Kishi ko‘zini quvontirayotgan bahoriy ko‘katlar shunchaki go‘zal emas, balki yaqinlarni kutib olishga hozirlik ko‘rayotganligi sabab go‘zaldir:
Nastaran yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni,
Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar.
Ko‘klamning eng sara chechaklari sara odamlar – yoronlarni kutib olishga hozirlik ko‘rishadi. Furqat tabiatni tinimsiz harakatda ko‘rsatadi. Ko‘klam manzarasi, undagi o‘zgarishlarni, almashinishlarni jonli tasvirlaydi:
Bir sahar edim uyg‘oq: o‘t tutashdi olamga,
Tog‘lar chekibon larza, titradi biyobonlar.
Tabiat go‘zalligiga oshufta lirik qahramon uygo‘q bir saharda chaqmoq chaqdi – butun olamga o‘t tutashganday bo‘ldi. Ketidan momaqaldiroq gumburlab tog‘lar larzaga keldi, biyobonlarni titratib yubordi. Shoir jonlantirish orqali g‘oyat go‘zal lavha yaratgan.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling