50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 0.85 Mb.
bet81/125
Sana13.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1090472
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125
Bog'liq
9-синф адабиет конспект янги

I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.


II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
III. Yangi mavzu bayoni
Ma’lumki, ruh o‘ta murakkab tushuncha. Uni sezgi muchalarining birortasi bilan his qilish mumkin emas. Ruhiyatga daxldor narsalarni ko‘ngil bilan tuyish mumkin xolos. Demak, ruh odamning ko‘ngliga tegishli narsa ekan. Inson aqli ruhni to‘la tushunishga ojizlik qiladi. Qur’oni Karimda ham run­ning izohini odam tushunolmasligi ta’kidlangan. Lekin har bir odam o‘zida aqldan tashqari yana qandaydir bir qudrat ham borligini biladi. Shuning uchun ba’zan odam aqliga ma’qul kelmasa-da, ko‘ngliga o‘tirishgan ishni qilgisi keladi. Ayni shu holat badiiy asarlarning qahramonlarida ham o‘z aksini topishi kerak. Ya’ni adabiy qahramonlarning xatti-harakatlarigina emas, balki ko‘ngil kechinmalari ham ularninig tabiatlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Qachondir qilingan ish, aytilgan fikr, so‘zlangan so‘z eskirishi mumkin, lekin inson ruhiyatininig xususiyatlari hech qachon eskirmaydi. Shuning uchun ham badiiy ijodda odam ruhiyati tasviriga katta e’tibor qaratiladi.
Siz badiiy asarlarda inson ruhiyatininig tushuntirib berish qiyin bo‘lgan jihatlari tasviriga ko‘p marta duch kelgansiz. Chunonchi, raqibini yiqitolmagan Alpomishga qarata Oybarchin tomonidan aytilgan: «Qizlar sizni narmoda deb aytadi, Qizlarning aytgani menga botadi. Mardlar olishmaydi siltab ota-di, Maydon bo‘lsa, ish ko‘rsatib ketadi” so‘zlar yigit ruhiyatini ostin-ustun qilib yuborgani va shu vaqtgacha eplolmagan dushamnini ko‘kka otgani sizga ma’lum. Yoki birovga qo‘pol gapirishni bilmaydigan Otabekninig uch yovuz dushmanga qarshi yolg‘iz jangga kirishi ham uning ruhiyatida kechayotgan jarayonlarga mos.
Siz hozirgina tanishgan «Ulug‘bek xazinasi» romanidagi har bir personajning qilgan ishi, aytgan gapi uning ruhiy holatiga mos keladi. Qanchalar yovuz va shuhratparast bo‘lmasin, otasiga tig‘ ko‘tarish Abdullatif uchun ham oson kechmaydi. Asarda o‘g‘liga qarshi kurashishi lozim otaning ham, ota halokatiga sabab bo‘lgan bolaninig ham ruhiyati juda ta’sirli va ishonarli ko‘rsatilgan. Yozuvchi o‘tmishda nima bo‘lganini aytibgina qo‘ymaydi, balki otmishdagi yovuzlikni sodir etganlar yoki undan jabr ko‘rganlar qanday sezimlarni kechirganliklarini, qanday ruhiy holatga tushganliklarini ham ishonarli ko‘rsatib beradi. Ayni shu holat bu romanning ta’sirchanligini ta’minlagan. Negaki, gap voqeada emas. Sababi, bo‘lar ish bo‘lgan, voqealar eskirgan, lekin qahramonlarning ruhiy holatlari hech qachon eskirmaydi. Ularning haqqoniy tasviri barcha davrlardagi kishilarga ta’sir qilaveradi.
Badiiy ijodda ruhiy tahlilning o‘rni katta. U yoki bu badiiy asar insonning ruhiyatini qanchalik teran va ishonarli aks ettirishiga qarab baholanadi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling