50Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 0.85 Mb.
bet86/125
Sana13.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1090472
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   125
Bog'liq
9-синф адабиет конспект янги

IV. Mustahkamlash.
V. Uyga vazifa. 220-224-betlarni o’qib kelish.
VI. Baholar tahlili.

Sana:3.02.2020. 9-sinf adabiyot




Dars mavzusi: Amir Temur ruhiy holatining mohirona tasviri
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish
2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish .
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish.
O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara
Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish:
b) davomatni aniqlash:
v) she’riy daqiqa.


II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida)
b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati)
III. Yangi mavzu bayoni
«Sohibqiron» dramasida Amir Temur janglarda emas, balki ko‘proq o‘ylar girdobida aks ettiriladi. Asarda Temurning murakkab tabiati uning Amir Husayn, sulton Boyazid, amirlar, o‘g‘illariga munosabatini ko‘rsatish mobaynida yorqin aks etgan. Amir Temur tajribali hukmdor va o‘ychil faylasuf sifatida davlatni ushlab turguvchi tayanchlarni: «Mo‘l xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar», — deya belgilaydi. Uning jahongirlik tabiati suruvda bitta cho‘pon bo‘lganiday, xalqni ham bir podshoh boshqarishi kerakligi borasidagi qanoatida namoyon bo‘ladi. Dramada jahongirning fuqarolarga munosabati: «Hukmdorlar seva turib fuqarolarni, Umid hamda qo‘rquv ichra saqlashi darkor», — degan qarashida aks etadi.
A. Oripov Temurni o‘z yo‘lining to‘g‘ri-noto‘g‘riligini aniqlashga tinmay urinadigan, bosgan har bir qadami xususida fikr yuritadigan kishi sifatida ko‘rsatadi. Shuning uchun ham
Temurning: «Unutmagil, muzaffarman haqligim uchun», — degan so‘zlari o‘quvchiga qahramon fikrlash tarzining mantiqiy hosilasiday ta’sir qiladi.
Asarda Amir Temurning o‘z dushmanlari gunohlarini ham kechira oladigan shaxs ekani sulton Boyazid, haddidan oshgan kimsani jazosiz qoldirmasligi Amir Husayn, ezgu amalli kishilarni taqdirlashi Hofiz Sheroziy va Qosimbek timsollari orqali ishonarli aks ettirilgan. Dostonda Boyazidning Amir Temurga yozgan xatidagi haqoratlar uni urushga kirishishga majbur etishi ishonarli tasvirlangan: «Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur bilib qo‘yki, xotunlaring uch taloq bo‘lgay. Agar seni yenga olmay chekinsam ortga Unda mening xotunlarim bo‘lsin uch taloq». Muallif hech bir musulmon chidashi mumkin bo‘lmagan bunday odobsizlikka Temurning jang bilan javob berishi tabiiyligini tarixiy haqiqatga ham mos holda ko‘rsatadi.
A. Oripov asar bosh qahramonini o‘ylar og‘ushida aks ettiradi. Temur xato qilib, birovlarning umriga zomin bo‘lishdan qo‘rqadi. Ammo o‘zini buyuk bir tarixiy missiyaning ijrochisi deb biladi: «Nega ko‘pdir nayrangbozu kazzob kimsalar? Nega bosgan yer yuzini buncha ko‘p illat? Men zaminni tozalashim kerak ulardan». Jahongir jangovor yurishlarida doim biror xalqqa qarshi emas, balki yovuz hukmdorga qarshi qo‘shin tortadi. Shu tariqa, muallif sohibqiron faoliyatining axloqiy asoslarini aks ettiradi.
Drama bilan to‘liq tanishgan kitobxon Amir Tеmurning Ahmad Yassaviy bilan uchrashuvi asarning eng ta’sirli lavhalaridan biri ekanligiga amin bo‘ladi. Hazrat Sultonimning: “Ayt-chi, tеmur, sеn bеsabab qon to‘kkanmisan?” — dеgan so‘rog‘iga javob bеrish jahongirga oson kеchmaydi. Sohibqiron islomiy tartiblar o‘rnatish, adolatni qaror topdirish uchun qon to‘kkani haqida o‘ylaydi. Olamni kuch bilan bosib olgandan, odamlar dilini haq so‘z bilan zabt etish to‘g‘riroqligi haqidagi ∘kr Yassaviy hazratlarining shaxsiyatini ifoda etadi. Xullas, asarda Amir Tеmur timsoli o‘zi va eli haqida tinimsiz o‘ylaydigan odam sifatida puxta talqin etilgan.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling