51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati
Ikki pallalilarning xilma-xilligi. Ikki pallalilar 30 000 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik turlari dengizlarda yashaydi. Ular orasida eng yirigi tridaknaning og‘irligi 250 kg ga yetadi. Ustritsa, taroqcha va midiyalar (33-rasm) go‘shti uchun ovlanadi; deng iz marvariddorlaridan marvarid olinadi. Ayrim mamlakatlarda marvariddorlar, midiyalar va ustritsalar ko‘paytiriladi. Baqachanoq lichinkasi baliqlarda parazitlik qiladi. Sho‘rlangan suvlarda tarqalgan dreysenalar
ko‘payib, suv o‘tkazadigan quvurlarni ishdan chiqarishi mumkin. Mamlakatimiz havzalarida baqachanoqlar va dreysenalar uchraydi. Ikki pallali mollyuskalar suvdagi mikroorganizmlar va mayda organik zarralarni filtrlab oziqlanishi tufayli suv havzalarining tozalanishiga yordam beradi.
Tarqalishi va ahamiyati. Baqachanoqlar tinch oqar suvlarda uchraydi. O‘rta Osiyoning Sirdaryo va Amudaryo havzasida joylashgan ko‘llarda keng tarqalgan. Ular 15 yil davomida voyaga yetadi. Baqachanoq ba’zi bir suvda yashovchi sut emizuvchilar va qushlar uchun oziq hisoblanadi.Ikki pallali molluskalarga baqachanoq bilan birga sadafdorlar, ustritsalar, dengiz taroqchalari,marvariddorlar, «kema qurti» kiradi. Sadafdorlardan sadaf, marvarid- dorlardan marvarid olinadi. Ikki pallali molluskalar orasida yog‘och, hatto toshlarning ichiga o‘yib kiradigan, dengiz portlari va qirg‘oq bo‘yi inshootlarini buzadiganlari ham bor. Yog‘ochni o‘yuvchi «kema qurti» kemalarning yog‘ochlik qismiga, yog‘ochdan yasalgan port inshootlariga katta ziyon keltiradi.
29-rasm. Ikki pallali mollyuskalar:1-perlovitsa; 2-dreysena; 3-midiya;4-ustritsa
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
52-mavzu 8-laboratoriya mashg‘uloti.Baqachanoqning tashqi va ichki tuzilishini o‘rganish.
53-mavzu Molyuskalar tipi. Boshoyoqli mollyuskalar sinfi. Boshoyoqli mollyuskalar, tashqi va ichki tuzilishi va ahamiyati. Mollyuskalarning kelib chiqishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |