51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


Download 1.6 Mb.
bet2/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Tashqi tuzilishi. Boshoyoqlilar ochiq dengizlarda faol hayot kechi- radigan, murakkab tuzilgan hayvonlar. Odatda ularning chig‘anog‘i bo‘lmaydi, chig‘anoq qoldig‘i mantiyasi ostida saqlanib qolgan. Gavdasi bilateral simmetriyaga ega bo‘lib, bosh va tana bo‘limlaridan iborat. Pay­paslagichlari, ya’ni oyoqlari soni sakkiz yoki o‘nta bo‘lib, og‘iz teshigini o‘rab turadi. Paypaslagichlari ko‘p sonli so ‘rg‘ichlar bilan ta’minlangan (30-rasm).

30-rasm. Boshoyoqli mollyuskalar: A – kalmar; B – sakkizoyoq; D – karakatitsa
Boshining ikki yonida juda yirik ikkita ko‘zlari bor. O‘noyoqli boshoyoqlilar paypaslagichlaridan ikkitasi boshqalariga nisbatan uzun bo‘ladi. Bu paypaslagichlarning uchki qismi kengaygan bo‘lib, tutuvchi paypaslagichlar deyiladi. Boshoyoqli paypaslagichlardagi so‘rg‘ichlari yordamida o‘lja tutishi yoki biron narsaga yopishib olishi mumkin.Mantiya bo‘shlig‘i. Mantiya bo‘shlig‘ining og‘iz teshigi yaqinida ikkita mantiya teshiklari joylashgan. Boshoyoqlilar tanasini juda qalin, muskulli mantiya o‘rab turadi. Qorin tomonida mantiya tanadan ajralgan bo‘lib, mantiya bo‘shlig‘ini hosil qiladi. Mantiya teshiklari mantiya bo‘shlig‘ini tashqi muhit bilan bog‘lab turadi. Boshining asosida, ya’ni mantiya teshiklari ustida muskulli konussimon voronka joylashgan. Mantiya muskullari bo‘shashganida mantiya teshiklaridan kirgan suv mantiya bo‘shlig‘ini to‘ldiradi. Mantiya muskullari qisqarganda esa mantiya teshiklari bekilib, suv konussimon voronka orqali mantiya bo‘shlig‘idan bosim ostida otilib chiqadi. Suv bosimi reaktiv dvigatel singari molluskani orqaga suradi.Boshoyoqlilar jabrasi mantiya bo‘shlig‘ida joylashgan. Bu bo‘shliqqa orqa chiqaruv teshigi, jinsiy bezlar va ayirish naylari ochiladi.
Chig‘anog‘i.Faqat sodda tuzilgan qadimgi boshoyoqlilarning spiral buralgan chig‘anog‘i bo‘ladi. Hozirgi boshoyoqlilarning chig‘anog‘i faol hayot kechirish ta’sirida yo‘qolib ketgan. Ayrim boshoyoqlilar (masalan, karakatitsa, kalmar)ning chig‘anog‘i kichik plastinka shaklida mantiya ostida saqlanib qolgan.
Ichki skeleti. Boshoyoqlilarning bosh miyasini tog‘aydan iborat bosh chanog‘i o‘rab turadi. Xuddi shunday skelet ko‘zlari va muvozanat or- ganlarini o‘rab turadi. Tog‘ay skelet paypaslagichlari asosida ham bo‘ladi.Hazm qilish sistemasi. Og‘zi paypaslagichlari o‘rtasida joylashgan. Og‘iz bo‘shlig‘i ustki va ostki tomonida ikkita yo‘g‘on jag‘lari, halqumida qirg‘ichli tili joylashgan. So‘lak bezlari yo‘li ham halqumga ochiladi. Jag‘lari oziqni tutib turish va maydalash uchun xizmat qiladi. Halqum ancha uzun qizilo‘ngachga, qizilo‘ngach esa xaltaga o‘xshash oshqozonga ochiladi. Oshqozonga jigar yo‘li ham ochiladi. Oshqozondan so‘ng ingichka ichak va keyingi ichak joylashgan. Boshoyoqlilar yirtqichhayvonlar; o‘ljasini (qisqichbaqasimonlar va baliqlar) paypaslagichlari yordamida tutadi.
Siyoh xaltasi.Ayrim boshoyoqlilarning yirik noksimon siyoh xaltasi bo‘ladi. Xaltaning yo‘li orqa ichakning keyingi qismiga ochiladi. Mol­luskalar xavf tug‘ilganida suvga qora siyoh chiqarib quyuq tuman hosil qiladi va o‘zi qochib ketadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling