34-rasm. Har xil qisqichbaqasimonlar: 1 – dafniya; 2 – siklop; 3 – zaxkash; 4 – krevetka; 5 – kamchatka krabi
Ahamiyati. Qisqichbaqasimonlarning bir qancha turlari: omarlar, langustlar, krablar (kamchatka krabi), krevetkalar ovlanadi. Ayniqsa, kamchatka krabi va krevetkalarni ovlash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ularning tanasi va oyoqlaridagi muskullar iste’mol qilinadi. Biroz mayda qisqichbaqasimonlar esa baliqlarning eng muhim ozig‘i hisoblanadi. Hatto dengiz va okeanlarning eng yirik sut emizuvchi hayvonlari (kitlar) ham asosan mayda qisqichbaqasimonlar — kalanuslar bilan oziqlanadi. Chuchuk suvlarda yashaydigan yirik qisqichbaqasimonlardan daryo qisqichbaqasi suv havzalarida ko‘p uchraydi. Qisqichbaqalar qaynatib pishirilgandan keyin yoki qaynab turgan suvga botirib olingandan keyin oyoq musk- ullari shimiladi. Qisqichbaqalar o‘zi yashayotgan joylarda baqalar, bal- iqlar va boshqa hayvonlar o‘limtiklarini yeb, suv havzalarini ozalaydi. Chuchuk suvlardagi mayda qisqichbaqasimonlardan yonlab suzarlar, suv xo‘tikchasi, dafniya va sikloplar, baliqlar va ayniqsa ularning chavoqlariuchun muhim oziq hisoblanadi. Quritilgan dafniyalar akvarium ba- liqlariga oziq sifatida sotiladi. Dafniyalar suvdagi bakteriyalar va mayda suv o‘tlari bilan oziqlanib, suv havzalarini tozalaydi. Bitta dafniya bir kecha - kunduzda 4,8—40,8 mln bakteriyani yutishi mumkin.Zaxkashlar o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi. Ular o‘simlik qoldiqlarini parchalab, tuproqni chirindilarga boyitadi. Zaxkashlar in qazish bilan tuproqni yumshatib, g‘ovak qiladi; tuproq qatlamlarini aralashtiradi, qayta ishlangan tuproqlar suvni yaxshi o‘tkazadi.
60-mavzu 9-laboratoriya mashg‘uloti. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi, tana qoplami, tana bo‘limlari, harakatlanishini o‘rganish.
Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi:Daryo qisqichbaqasining tashqi va tana qoplami, tana bo‘limlari, harakatlanishini o‘rganish.
Kerakli materiallar va jihozlar:Daryo qisqichbaqasining tashqi va ichki tuzilishi aks ettirilgan jadvallar,yorilgan qisqichbaqa preparati,fiksirlangan va tirik qisqichbaqalar,qo’l lupalari ,vannachalar,preparoval ninalar turli qisqichbaqasimonlarning rasmlari, mikropreparatlar, rangli proyeksion rasmlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |