51-mavzu Ikki pallali mollyuskalarning xilma-xilligi. Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati Ikki pallalilarning xilma-xilligi


O‘rgimchaksimonlarning umumiy xarakteristikasi.-


Download 1.6 Mb.
bet11/38
Sana09.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1347125
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
O‘rgimchaksimonlarning umumiy xarakteristikasi.-O‘rgimchaksimon lar—quruqlikda yashashga moslashgan bo‘gimoyoqlilar. Ularning 36000 dan ko‘proq turi ma’lum. Ko‘pchilik o‘rgimchaksimonlarning tanasi boshko‘krak va qorindan iborat. Lekin ular orasida tanasi yaxlit bo‘lgan kanalar ham bor. O‘rgimchaksimonlar o‘pka yoki havo o‘tkazuvchi naychalartraxeyalar yordamida nafas oladi. Ularning og‘iz organlari bir juftdan xelitseralar va pedipalpalardaniborat. Xelitserasi uchi tirnoqqa o‘xshash o‘tkirlashgan bo‘lib, o‘ljasi terisini teshish uchun xizmat qiladi. Pedipalpa (oyoqpaypaslagich) larning ustki qismi tuyg‘u, asosiy bo‘g‘imi esa jag‘ vazifasini bajaradi. Yurish oyoqlari 4 juft, bosh qismidagi oyoqpaypaslagichlari tuyg‘u vazifasini bajaradi. Ularning mo‘ylovlari va murakkab fasetkali ko‘zlari bo‘lmaydi. Ko‘rish organi bir necha juft oddiy ko‘zchalardan iborat. O‘rgimchaksimonlarning tipik vakili butli o‘rgimchak hisoblanadi
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi.Butli o‘rgimchak tanasi bir-biridan aniq ajralib turadigan yaxlit bosh, ko‘krak va qorin qismlarga bo‘lingan.Boshida to‘rt juft oddiy ko‘zchalari bo‘ladi. O‘rgimchakning boshi va ko‘zchalari harakatsiz bo‘lib, bu ko‘zlar turli tomonga qarab yo‘nalgan va tevarak atrofdagi buyumlarning hammasini ko‘ra oladi. Boshining pastki qismida og‘zi joylashgan. Jag‘larning ichidan o‘tgan naycha zahar bezi bilan bog‘langan. Bu bez ishlab chiqargan sekret o‘ljasini o‘ldirish vadushmandan o‘zini himoya qilish uchun zarur. Jag‘larning ostida joylashgan bir juft paypaslagichlar ko‘rinishidan yurish oyoqlariga o‘xshash bo‘lib, mayda tuklar bilan qoplangan. Tuklar tuyg‘u vazifasini bajaradi. Ko‘krak qismi bosh bilan qo‘shilib ketgan; unda to‘rt juft oyoqlari joylashgan.Butli o‘rgimchakning qorin qismi yumaloq va silliq; uning orqa tomonida oqish butsimon chizig‘i bo‘ladi.
Butli o‘rgimchakning tutqich to‘ri, o‘rgimchak ovi, oziqlanishi.Qornining keyingi uchida to‘r hosil qiladigan uch juft so‘gallari bor; bularga o‘rgimchak bezlarining uchi kelib ochiladi. Bezlardan chiqadigan suyuqlik havoda tez qotib, to‘r hosil qiladi. O‘rgimchak orqa oyoqlari yordamida bu iplarni bir- biriga qo‘shib, bitta umumiy ipga aylantiradi.To‘rni urg‘ochi o‘rgimchaklar to‘qiydi. Buning uchun u dastlab to‘rning radial iplarini tortadi; keyin ularning har birini ingichka ip bilan halqa shaklida aylantirib o‘rab chiqadi. Butli o‘rgimchak to‘rini o‘tlar yoki butalar shoxlari orasiga quradi. To‘rning shakli g‘ildirakka o‘xshaydi. (39-rasm).


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling