51. Subyektning hisob siyosati mazkur standartning 16 50-bandlarida keltirilgan prinsiplar asosida belgilanishi kerak
Moliyaviy hisobotlarning asosiy identifikatsiyalangan rekvizitlari
Download 16.21 Kb.
|
1 2
Bog'liqHisob siyosati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobot davri va hisobot sanasi
- Moliyaviy hisobotni taqdim etish
Moliyaviy hisobotlarning asosiy identifikatsiyalangan rekvizitlari
57. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotlarning bir xil turdagi shakllarida aniq identifikatsiyalangan bo‘lishi kerak. 58. Quyidagi axborotlar moliyaviy hisobotlarning har bir sahifasida iloji boricha to‘liq aks ettirilishi kerak: 58.1. Subyektning nomi, mulk shakli, yuridik manzili, bo‘ysunishi, identifikatsiya raqami va subyektni aniqlash uchun boshqa rekvizitlar; 58.2. Moliyaviy hisobotlar yakka korxonalarni yoki korxonalar guruhini o‘z ichiga oladimi; 58.3. Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar bilan qamrab olingan davr. 59. Taqdim etilgan hisobot axborotini to‘g‘ri tushunish uchun quyidagi rekvizitlar ham yoritib berilishi va zarur bo‘lganda takrorlanishi kerak: 59.1. Moliyaviy hisobotlar o‘lchangan valyuta va agar bir necha valyutadan foydalanilgan bo‘lsa, ular ifodalangan valyutalar; 59.2. Moliyaviy hisobotlarda raqamlarni ko‘rsatish uchun foydalanilgan aniqlik darajasi, masalan, raqamlar minglar hisobida ko‘rsatilganmi yoki millionlar hisobidami va hokazo. Hisobot davri va hisobot sanasi 60. 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan kalendar yil moliyaviy hisobotning hisobot davri hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. Moliyaviy hisobot kalendar yildan farqli davr uchun, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda oy yoki chorak uchun tuzilishi mumkin. (60-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) 61. Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot sanasi hisobot davrining so‘nggi kalendar kuni hisoblanadi. Chunonchi subyektning yillik buxgalteriya balansi uchun 31-dekabr hisobot sanasi hisoblanadi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi yillik hisobot uchun 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo‘lgan davr hisobot davri hisoblanadi. Moliyaviy hisobotni taqdim etish 62. Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi: 62.1. Subyektning mulk egalariga (davlat mulkini boshqarishga vakolatli organlarga, ishtirokchilarga, ta’sischilarga) — ta’sis hujjatlariga muvofiq; 62.2. Davlat soliq xizmati organlariga — subyekt ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha; 62.3. Davlat statistika organlariga; Oldingi tahrirga qarang. 62.4. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq — boshqa organlarga. (62.4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son) 63. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi 15-fevraldan kechiktirmay topshiradi. 64. Vazirliklar, idoralar, boshqa boshqaruv organlari va ayrim subyektlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobot taqdim etishning boshqa muddatlarini belgilaydi. 65. Subyekt bilan bir shaharda joylashgan mahkamalarga moliyaviy hisobotni taqdim etish vaqti uni amalda tegishli joyga topshirish kuni, boshqa shahardagilar uchun esa pochta korxonasi shtempelida ko‘rsatilgan sana uni jo‘natish kuni hisoblanadi. Hisobotni taqdim etish sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri kelib qolgan hollarda taqdim etish muddati dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuniga o‘tkaziladi. Download 16.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling